Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining Yuridik boshqarmasi tomonidan navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi o‘tkazildi

Ushbu siyosiy-maʼrifat soati "21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ga bag‘ishlandi. Tadbirda ona tilimizning boy tarixi, unga davlat tili maqomi berilishi va rivoj topishi uchun qilingan saʼy-harakatlar, bugungi kundagi holati va qadr-qimmati haqida so‘z bordi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etadi. Shu bilan birgalikda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy o‘quv yurtida o‘zbek tili va adabiyoti o‘rganilmoqda. Ayni vaqtda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Siyosiy maʼrifat soatiga mehmon sifatida taklif qilingan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining bo‘lim boshlig‘i U.Boboyorov mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini taʼminlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV va ITB vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Hamkorlik strategiyasi 2023-2026 yillarni o’z ichiga olgan

Maktabgacha ta’lim vazirligi(MTV) va Islom Taraqqiyot Banki(ITB) vakillari o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan “Hamkorlik strategiyasi”ni ishlab chiqish hamda “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bayonnomasi imzolandi. Loyiha doirasida 200 ga yaqin davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlarni yaratish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan 50 mln. AQSH dollariga teng qarz mablag‘lari jalb etiladi. Loyiha 2023-2027 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzokboy Begimkulov mehmonlarga O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar va kelajakdagi maqsadlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuvda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan, delegatsiya rahbari Ibrohim Shukri janoblari tomonidan maktabgacha ta’lim sohasi, ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish Islom taraqqiyot banki uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi va bu yo‘nalishda Islom taraqqiyot banki hamisha hamkorlikka tayyorligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Yig’ilishda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishdagi O‘zbekiston tajribasini Islom taraqqiyot bankiga a’zo boshqa davlatlarga ham tatbiq qilish mumkinligi aytib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida Islom taraqqiyot banki rahbariyati va vakillari YUNESKO shafeligida joriy yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkaziladigan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi”da ishtirok etishga taklif etildi.Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

Ushbu kunga belgilangan yakuniy, Respublika bosqichiga viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan 70 nafar mutaxassis tarbiyachilar saralab olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich kasbiy ko'rik tanlovining Respublika bosqichiga start berilishidan oldin so’zga chiqib, qatnashchilarga omad tiladi. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovi 2019-yildan beri bosqichma-bosqich tarzda tuman (shahar) va viloyat miqyosida o‘tkazilib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 16-maydagi 113-son buyrug‘i bilan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq ishtirokchilar endilikda 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining faoliyati davomida erishgan yutuqlari va tajribalarini namoyon etishlari mumkin. Bular: “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”; “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi”; “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”; “Eng yaxshi loyiha muallifi”; “Mohir qo‘l ustasi” Nominatsiyalarni ko’paytirishdan maqsad, tizimda mehnat qilayotgan tarbiyachi-metodistlarni ham amaliy, ham ham nazariy, ham ruhan qo'llab quvvatlashdir. Ma’lumot uchun, kasbiy ko‘rik-tanlovning mutlaq g'olibi bo'lgan o‘rta maxsus ta’limini olgan MTT tarbiyachilariga oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun yo'llanmalar taqdim qilinadi. Tanlovning Respublika bosqichida g'olib bo'lgan tarbiyachilar tegishli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga taqsimlanib, tanlovdan tashqari test sinovlarisiz hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida o'qishga qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarga eshitish apparatlari tarqatildi

"Zamin” fondi tomonidan o’tkazilayotgan "Men eshitishni xoxlayman" nomli xayriya aksiyasida eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarga eshitish apparatlari topshirildi. Jumladan, Namangan viloyatida 17 nafar bog’cha tarbiyalanuvchilariga 34 ta eshitish apparatlari berilgan. Andijon viloyatida esa 7 nafar bog’cha tarbiyalanuvchisiga 14 nafar eshitish apparatlari topshirildi.   Shuningdek, Farg’ona viloyatida ham shunday xayrli ish amalga oshirildi. Viloyatda eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bog’cha yoshidagi bolalaring 25 nafariga 49 dona eshitish apparatlari taqdim qilindi. O’tgan xayriya tadbirida Maktabgacha ta'lim Vazirligi hamda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun, mazkur eshitish apparatlari mutlaqo bepul bo’lib, shifokor ko’rigidan o’tgan eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarga beriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Siyosiy-ma’rifat soati”da MTV xodimlariga qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi

Maktabgacha ta’lim vazirligining bugungi ma’naviyat soatida ortda qolgan haftada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, o’tgan haftada “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–387-son, 06.10.2022 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalariga va mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga mablag‘lar ajratilishi belgilangan. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidentining “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (PQ–388-son, 10.10.2022 y.) ham qabul qilindi. Qarorda mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish maqsad qilingan. “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–390-son, 12.10.2022 y.) ham o’tgan haftada qabul qilindi. “Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ–392-son, 12.10.2022 y.) ham o’tgan hafta qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi. Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini to‘lash talabi bekor qilinadi. Ortda qolgan haftada Hukumat qarori bilan (582-son, 07.10.2022 y.) “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi” nizom tasdiqlandi. Qarorda murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko‘nikmalarini o‘rgatish hisoblanishi belgilab ko’rsatilgan. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Mazkur qabul qilingan hujjatlar dayjestidan so’ng Vazirlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Endi bog'chalarda ham Dzyudo o'rgatiladi

Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi, O’zbekiston Dzyudo Federatsuyasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida Memorandum imzolandi. Memorandumga maktabgacha ta’lim tizimiga oid “maktabgacha dzyudo” dasturi ham kiritilgan. Unga ko’ra, Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi (IJF) 10 tagacha maktabgacha taʼlim tashkilotini tatami va dzyudochilar bilan taʼminlaydi. Bunda har bir bog’cha oʻquv tatamisi bilan ta’minlaydi hamda har 30 nafar bolaga bir nafardan dzyudochi biriktiriladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi esa hamkorlikda 25 tagacha bog’chani tatami, dzyudochilar va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlaydi. Shuningdek, Vazirlik Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan tatami va yana ko’plab sport jihozlari uchun yuk tashish, logistika va import bojlarini moliyalash va ta'minlashni kafolatlaydi. Bundan tashqari, MTV bog’cha yoshidagi tarbiyalanuvchilar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha yuqori saviyada musobaqalar tashkil etadi va o‘tkazib boradi. Sportni rivojlantirish vazirligining Memorandumda ko’rsatilgan vazifasi “Maktabgacha dzyudo” va “Maktablarda dzyudo” dasturlari asosida tashkil etilgan seksiyalarga trenerlar yetkazib berishdir. Shu qatorda, Vazirlik trener va instruktorlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ham hamkorlarga yordam beradi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha yuqori saviyada musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish ham Sportni rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi “Maktabgacha dzyudo” va “Maktablarda dzyudo” dasturlari asosida tashkil etiladigan guruhlarni sport jihozlari bilan ta’minlaydi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport musobaqalari va shu turdagi boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashadi.  Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahorat darslari va treninglar tashkil etish, “Maktabgacha dzyudo” va “Maktablarda dzyudo” dasturlari sport seksiyalari uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish ham mazkur Federatsiya bajarishi kerak bo’lgan funksiyalar tarikibiga kiritilgan. Hamkorlik Memorandumida belgilab olingan dasturlarni izchillikda jarayonga tadbiq etish 2025 yilning 31-dekabriga qadar etib ko’rsatilgan.  Mazkur hamkorlikdan ko’zlangan maqsad, O’zbekistonda maktabgacha yoshda, maktab davrida hamda maktabdan keyingi davrlarda ham dzyudo sport turini rivojlantirib borishdir. Shu bilan birga, Memorandum maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, mamlakatimizda Dzyudo imidjini ko’tarishga yordam beradi. O’zbekiston Dzyudo Federatsiyasi 2022-yil 31-dekabrgachaXalqaro Dzyudo Federatsiyasiga dzyudo boʻyicha bolalar komissiyasi tomonidan taqdim etiladigan formatga muvofiq loyiha rejasini topshirishi aytilgan. Bundan keyin O’zbekiston Dzyudo Federatsiyasi har ikki oyda Dasturning borishi to'g'risida Xalqaro Dzyudo Federatsiyasini xabardor qiladi va aloqa uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan foto va video materiallar bilan ta'minlaydi. Har olti oyda esa Federatsiya Xalqaro hamkoriga rasmiy hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobot Dasturga jalb qilingan bolalar va maktablar soni, mumkin bo'lgan hamkorliklar va olingan natijalardan iborat bo’ladi. Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi istalgan vaqtda ushbu Memorandumni bekor qilishga haqli hisoblanadi. Albatta, ma’lum asoslar bilan.  Jumladan: - loyiha belgilangan sanada boshlanmasa yoki qabul qilib bo’lmaydigan kechikishlar kuzatilsa; - Dasturlar aniq bajarilmagan bo’lsa; - O'zgartirilgan qoidalar yoki moliyaviy sabablarga asos qilib olinsa. Memorandum 2022 yil 13-oktabrda hamkorlar tomonidan imzolandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sirdaryoda “Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Ma’naviyat festivali” karvoni bu safar Sirdaryo viloyatiga safar qildi. Guliston shahri 17-sonli MTMda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida o‘tkaziligan tadbirda “Zukko Bolajon” fotoalbomining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.  “Ma’naviyat festivali”da O‘zbekiston xalq artistlari, ziyolilar, olimlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ham qatnashib, bog‘cha tarbiyachilariga o‘zgacha kayfiyat berishmoqda. Jumladan, Sirdaryodagi “Manaviyat festivali”da O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova, Dilorom Karimova hamda Aziz Rajabiy bolajonlar uchun o‘z ijodidan namunalar ijro etishdi. Tarbiyalanuvchilar esa “Go‘zal O‘zbekistonim”, “Mard yigitlar o‘ynasin”, “Olti xolfa” raqslarini ijro etib, tadbirni bayramga aylantirishdi. Fotoalbom taqdimoti davomida Sirdaryo viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari aks etgan burchaklar, bolajonlar uchun faoliyat yuritayotgan kulolchilik ustaxonasi, qo‘g‘irchoq teatri ijrosi barchaga birdek manzur bo‘ldi. Ma’lumot uchun “Zukko Bolajon” fotoalbomi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamda Oliy majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida chop qilingan. Albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xulosalar asosida to‘ldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitilgan. “Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimoti bungacha Toshkent shahar hamda Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ham o‘tkazilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunning(O‘RQ–792-son, 29.09.2022-y.) mohiyati va ahamiyati haqida

Joriy yilning 29-sentabrida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ–792-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi Qonunga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Elektron tijoratda sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar shuningdek elektron tijoratda tovarlarning xaridori, isteʼmolchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. Sotuvchi elektron tijoratni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Xaridor quyidagi huquqlarga ega: - shartnomalar tuzish orqali tovarlarni sotib olish; - tovarlar, ishlab chiqaruvchi va tovarlarni sotib olishning boshqa shartlari toʻgʻrisida toʻliq axborot olish; - elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etish uchun shartlarning tengligini talab qilish; - oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini talab qilish. Xaridor: - shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinganidan keyin shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etishi; - toʻlov tizimlari operatorlariga toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart. Xaridor qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: - telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari; - elektron savdo maydonchalari operatorlari; - toʻlovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar; - elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar. Elektron tijoratda shartnoma taraflar oʻrtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yoʻli bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qogʻozdagi shunga oʻxshash hujjatlarga tenglashtiriladi. Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, oʻz yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin. Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijorat sohasida toʻlovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: - naqd pul mablagʻlari bilan – naqd pul mablagʻlari toʻlov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; - pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali – pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan (shu jumladan bank kartalarining hisobvaragʻidan) oʻtkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat koʻrsatish tizimi) orqali yoki toʻlov tashkilotining tizimi orqali oʻtkazish vositasida; - elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablagʻlarini oʻtkazish vositasida. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Ishonch” gazetasida chiqqan maqolaga Rasmiy munosabat

  “Ishonch” gazetasining 2022-yil 8-oktyabrdagi №123-sonida eʼlon qilingan “Rasmiy javob shunchaki rasmiyatchilik uchun edimi?” sarlovhasi ostida maqola eʼlon qilingan. Mazkur maqolada “Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining “Katta Amirobod” MFYda joylashgan filiali nochor ahvolga tushib qolgani, tahririyat ushbu holat yuzasidan vazirlik masʼullaridan izoh olganida mazkur filial 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinishi taʼkidlanganligi, biroq 2022-yil tugayotgan bo‘lsa-da, bu yerda hech qanday taʼmirlash ishlari olib borilmagan”ligi maʼlum qilingan.  Maktabgacha taʼlim vazirligi, avvalo, 2019-yilgacha tuman hokimligi balansida bo‘lgan mazkur 15-sonli DMTTning Dovchar qishlog‘idagi filiali bo‘lgan bog‘cha Dang‘ara tumani hokimining 2019-yil 29-iyundagi №2789-sonli buyrug‘i bilan “Kelajakka imkoniyat” MCHJga Davlat-xususiy sherikchilik asosida berilganligini maʼlum qiladi. Tegishli qarorga binoan, tadbirkor hududdagi eski binolarni taʼmirlashi, amalda egallab turgan yer maydonini biriktirishi va bo‘sh yer maydonida qo‘shimcha binolar qurishi mumkin. Hokim qarori tasdiqlangach, 2019-yildan boshlab, qariyb 400 mln. so‘mlik qurilish ishlari olib borilgan. Jumladan, tashkilot hududidagi eski binolar buzilib, o‘rniga yangilari qurilgan, shuningdek, taʼmir talab xonalar rekonstrutsiya qilingan(suratlar xatga ilova qilingan). Ayni vaqtda bog‘cha Dang‘ara tumanidagi 15-maktabgacha taʼlim tashkilotining “Katta Amirobod” MFYda joylashgan filiali binosida “Kelajakka imkoniyat” MCHJ tomonidan davlat xususiy sherikligi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda MTT qamrovi 75 o‘ringa yetkazilgan. Maʼumot uchun, bugungi kunda Dang‘ara tumani Dovchar qishlog‘ida 2 ta oilaviy(25+50), 1 ta nodavlat DXSH asosidagi MTT(75 o‘rinli) faoliyat yuritmoqda. Mahallada 3-7 yoshdagi bolalar soni 240 nafar bo‘lib, shundan 62,5 foizi maktabgacha taʼlim jarayoniga qamrab olingan. Shu bilan birga, hududdagi aholining bog‘chaga bo‘lgan talabini kamaytirish maqsadida qishloqqa yaqin hududda 90 o‘rinli yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha taʼlim tizimiga taalluqli bo‘lgan har qanday axboriy material tayyorlashda vazirlik Axborot xizmati bilan hamkorlik qilishingizni so‘raymiz.   Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hududlarda “Tibbiyot oyligi” o‘tkazilmoqda

Samarqandda joriy yilning 21-30 sentyabr kunlari “Tibbiyot oyligi” davomida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘ligini  mustahkamlash”ga qaratilgan amaliy  o‘quv seminari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, sanitariya epidimiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalari hamda Samarqand  davlat  tibbiyot universiteti hamkorligida o‘tkazildi. Ushbu “Tibbiyot oyligi” davomida viloyat hududidagi jami 705 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 680 nafar tibbiyot xodimlari ishtirok etishib, seminar dasturi asosida: O‘zbekiston  Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning  hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 3012-sonli qarori ijrosi  to‘g‘risida;  “Maktabgacha  ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni tashkil etishiga oid gigiyenik talablar” mavzusida;  “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar” mavzusida; “Bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordamni ko‘rsatilishini  tashkil etish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zarur shart-sharoitlar yuzasidan 626-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida”; “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tibbiy  xizmatni  tashkil etish” nomli tibbiy qo‘llanmaning taqdimoti hamda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamshiralarning bir  kunlik ish faoliyati” mavzularida taqdimotlar o‘tkazilib, seminar ishtirokchilariga tushunchalar berildi.  Shuningdek, MTT tibbiyot xodimlari, seminarda ishtirok etgan mutaxassislardan ish faoliyatlari davomida kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni savol-javoblar  orqali olishdi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatilayotgan noxush holatlar yuzasidan Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, unda:  - joylardagi tibbiyot kollejlari va texnikumlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiyot xodimlari uchun shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish; - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar uchun shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv seminarlarni tashkil etish; - tarbiyalanuvchilarni ommaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi dolzarb masalalar muhokama qilingan edi. Maktabgacha ta’lim tizimida respublika bo‘ylab  “Tibbiyot oyligi” davom etmoqda.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy bayonot

Bugun, 2022-yil 6-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida favqulodda baxtsiz hodisa yuz berdi, natijada tarbiyalanuvchi I.J. (2018 yilda tug‘ilgan) vafot etdi. Qayd etilishicha, tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar o‘yin maydonidagi temir aylanada o‘ynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgan. O‘limning aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.  Maktabgacha ta’lim vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.  Ayni paytda ish prokuraturaga o‘tkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan  choralar qo‘llaniladi. Ayni paytda mazkur baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining mas‘ul xodimlari holatni nazoratga olgan.  Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan bunday holatlar takrorlanmasligi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, respublikadagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘yin maydonchalarida joylashgan xavfli temir konstruksiyalarni inventarizasiyadan o‘tkazish, ularni demontaj qilish, shuningdek, idoraviy qurilish me’yorlari va talablariga muvofiqlashtirish topshirig‘i berildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
CASIE 2022: Maqsad — qishloqlar va chekka hududlarda AKT orqali soha ko‘nikmalarini rivojlantirish

  YUNESKO tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha ta'lim simpoziumining 11 yilligini nishonlash maqsadida "Markaziy Osiyoning qishloq vа chekka hududlaridagi aholi malakalarini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni rag'batlantirish" mavzusida Markaziy Osiyo simpoziumini tashkil etishni rejalashtirgan edi. Shu munosabat bilan qo’sni respublikaning Almaty shahrida (Qozog'iston) 2022-yil 6-7 oktabr kunlаri ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha simpozium o'tkazilmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, malaka oshirishga ustuvor ahamiyat berish, alohida ehtiyojli talabalar va o'qituvchilar uchun yaxshi muhit yaratish, elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish hamda mustahkamlash, kasb-hunar ta'limini yanada shakllantirish kabi yo’nalishlarda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Simpoziumga qatnashish uchun 6 ta davlatdan 44 nafar ishtirokchi taklif etilgan bo’lib, ular qishloq va chekka hududlarda inklyuziv va sifatli ta'lim hamda hayot davomidagi ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojini hal qilish bo'yicha tizim siyosati va amaliyotlarini muhokama qiladilar. Shuningdek, qatnashchilar tadbir davomida a'zo daylatlar AKTdan foydalangan holda qishloq va chekka hududlardagi bilim oluvchilar uchun ta'limni tiklash va o'zgartirishga qanday hissa qo'shishi bo'yicha qisqa rejalarni ishlab chiqishadi hamda taqdim qilishadi. Ma'lumot uсhun, 2011-yildan buуоn YUNESKO Koreya Ta'lim va Tadqiqot Axborot Xizmati (KERIS) tashkiloti bilаn hamkorlikda har yili Markaziy Osiyo mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АКТ) bo'yicha ta'lim simpoziumlarini tashkil etib kelmoqda. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha Markaziy Osiyo simpoziumi (СDМЕ) Markaziy Osiyo daylatlari uсhun ta'lim sohasidagi dolzarb muаmmоlаrni birgalikda muhоkаmа qilish vа ta'lim tizimida DKTdаn samarali foydalanish orqali ulаrni hal etish yo'llarini aniqlashda asosiy рlаtformа vazifasini o'taydi Insoniyat taraqqiyotining ustuvor asosi sifatida tan olingan va qabul qilingan, noan’anaviy tarmoqlar, qishloq va chekka hududlarni rivojlantirish bilan bir qatorda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish bo‘yicha tegishli dastur va strategik qarorlar qabul qilishda eng muhim negiz bo’lib xizmat qilgan bo’gin ham aslida ta’lim tizimi edi. Albatta, bundan keyin ham yanada taraqqiy etgan jamiyatga olib boroladigan yo’llar faqatgina ta’lim tizimi bilan barpo etiladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

   2022-yil 3-26 - oktyabr kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” nomli loyihasi doirasida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. O‘quv-trening mashg‘ulotining asosiy maqsadi - O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish, ularni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash borasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan Yaponiya - O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida tajriba almashish va tavsiyalarni qabul qilishdir. O‘quv-treningda inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy masalalari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: 1. Inklyuziv ta’lim falsafasi va amaliyoti/Maxsus ta’lim ehtiyojlari. 2. Nogironlik nima? 3. Qulaylik yaratish/o‘qish uchun qulay sharoit yaratish (Yaponiya misolida). 4. Alohida ta’lim ehtiyojli bolalar uchun korreksion sinf/Resursxonasi/multidistiplinar mutaxassislar komandasi. 5. O‘quv dasturini moslashtirish. 6. Ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining buzilish xususiyatlari va o‘qitish metodikasi (Yaponiya misolida). 7. Intellektual/aqliy zaif nogironlik xususiyatlari va o‘qitish metodikasi (Yaponiya misolida). 8. Inklyuziv muhit bo‘yicha master klass. Kam ta’minlangan nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash. 9. Oilaviy sharoitlarini o‘rganish. 10. Individual ta’lim rejasi va ta’lim dasturini bola extiyojiga moslashtirish. 11. O‘quv-trening davomida har bir ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan tanishish.           O‘quv-trening ishtirokchilari bilan Yaponiya misolida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha metodik hamda amaliy masalalarni atroflicha muhokama qilish ko‘zda tutilgan.     O‘quv-trening ishtirokchilarining xulosalari asosida ular tomonidan ishlab chiqiladigan yakuniy tavsiyalar respublikamizdagi inklyuziv ta’lim yo‘nalishini zamonaviy talablar darajasida rivojlantirish yo‘lidagi alohida ahamiyatga ega bosqich bo‘lib xizmat qiladi.     Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va Muborak tuman MTB mudirligi lavozimiga nomzodlar Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna hamda Atayeva Shohista Fatxullayevnalarning suhbatdan o‘ta olmaganligi lekin lavozimga tayinlanganligi haqida murojaatlar e’lon qilingan. Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu murojaatlarga nisbatan quyidagilarni ma’lum qiladi: Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 11-avgustdagi 01-01/1-1216-sonli hamda 01-01/1-1217-sonli xatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan Yakkabog‘ va Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga ochiq vacancy.argos.uz sayti orqali e’lon qilingan tanlovning test natijalariga ko‘ra test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafar talabgor nomzodlarni hujjatlari suhbatdan o‘tkazish maqsadida, komissiyaga taqdim etilgan.  Joriy yilning 16-sentyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida Yakkabog‘ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga talabgor nomzodlar bilan real vaqt rejimida o‘tkazilgan suhbat jarayoniga 3 nafar nomzoddan faqat Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna ishtirok etib, yetarli ball to‘plab tanlov g‘olibi deb topilgan, shuningdek xuddi shu kuni Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga talabgor nomzodlar bilan real vaqt rejimida o‘tkazilgan suhbat jarayonida ishtirok etgan 2 nafar nomzoddan faqat Atayeva Shohista Fatxullayevna g‘olib deb topilgan.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-son qarorining 3-bandi 1-qismiga muvofiq, kelishish uchun Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligi tomonidan suhbat jarayonini onlayn rejimda nomzodni mazkur lavozimga tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligi va qo‘llab – quvvatlashini bildirgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Muborak tuman hokimligi 2022-yil 26-sentyabrdagi 1-08/71-sonli xati bilan Atayeva Shohista Fatxullayevnaga nisbatan Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligini hamda qo‘llab quvvatlashini ma’lum qilgan.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi PF-5843-son “O‘zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Maktabgacha taʻlim vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant bo‘lgan lavozimlarni tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida”gi ishlab chiqilgan  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan Nizomning 36-bandiga ko‘ra talabgor nomzodning o‘rtacha bali 56 balldan yuqori ball to‘plagan nomzod suhbatdan o‘tgan hisoblanadi. Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna Yakkabog‘ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimi uchun tanlovga ishtirok etib 67,5 ball to‘plaganligi sababli mazkur lavozimga tayinlangan.  Shuningdek, Atayeva Shohista Fatxullayevna Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimi uchun tanlovga ishtirok etib 56,1 ball to‘plaganligi sababli mazkur lavozimga tayinlangan.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: “Rossiya-O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi” haqida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022-yilning 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha devoni referenti A.Vlasov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida 2022-yilning 26-oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya-O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi”ni samarali tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Muzokara davomida A.Vlasov “Rossiya-O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi”  dasturi va tuzilishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasida faol muloqotni davom ettirish maqsadida ikki tomonlama uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to‘g‘risida o‘zaro kelishib olishdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Rossiya tomoni bilan ta’lim sohasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligining “Malish” loyihasi amalga oshirilmoqda hamda Toshkent shahrida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialida ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: YUNESKO Bosh qarorgohi vakillari O‘zbekistonda

Barchaga ma’lum, 2022-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNESKOning Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu maqsadda, kuni-kecha O‘zbekistonga Roxaya Diavara boshchiligida YUNESKO bosh qarorgohi vakillari tashrif buyurishib, joriy yilning 19-23-sentyabr kunlariga qadar II Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida texnik masalalar ko‘rib chiqilishi va yechimi borasida tavsiyalar berish yuzasidan Tashkiliy shtabda ya’ni, Maktabgacha ta’lim vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Bu kabi uchrashuvlar Konferensiya doirasida mas’ul etib belgilangan davlat tashkilotlari doirasida ham,  joriy yilning 23-sentyabr kuniga qadar davom etib, uchrashuvlar davomida barcha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKOning Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda 193 ta davlatlarning ta’lim vazirlari ishtiroki hamda xorijiy davlatlardan nufuzli mehmonlarning kelishi kutilmoqda, shuningdek, 2030-yilgacha amal qilinadigan kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha butunjahon “Toshkent deklorasiyasi”ning qabul qilinishi rejalashtirilgan.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: O‘zbekiston “Ta’limni o‘zgartirish yoshlikdan boshlanadi: ilk yoshdan poydevor qo‘yish” mavzusidagi sessiyada ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Nyu-Yorkdagi (AQSH) ikkinchi kunida  “Ta’limni o‘zgartirish yoshlikdan boshlanadi: ilk yoshdan poydevor qo‘yish” mavzusidagi O‘zbekiston hukumati, Gabon, Laos NDR, YUNESKO, UNICEF, Kolumbiya universitetining pedagogika kolleji, Konrad Xilton jamgʻarmasi, Lego jamgʻarmasi, Jahon banki va erta bolalikni rivojlantirish boʻyicha harakatlar tarmogʻi (ECDAN) tomonidan tashkil etilgan sessiyada ishtirok etdi. Sessiya davomida ishtirokchilarga joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Erta yoshdagi  bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ma'ruzachilar dastlabki yillarda ko'nikmalarni rivojlantirish uchun amalga oshirgan transformativ yechimlar tajribasi va bu tajribadan olgan saboqlari bilan o'rtoqlashdilar hamda SUR 4.2da ko'zda tutilgan natijalarga erishishni tezlashtirish masalalarini muhokama qildilar.Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

2022-yil 9-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Qo‘ng‘irtog‘” MFY Kamandi qishlog‘ida mudhish hodisa sodir bo‘lib, natijada oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi 2,5 yoshli Turdiniyozov Afruzbek vafot etdi. Voqea xabari yetib kelishi bilanoq, Maktabgacha ta’lim vazirligi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida kompleks tekshiruvni boshladi. Tekshiruvda quyidagilar aniqlandi: Turdiniyozov Afruzbek Bobur o‘g‘li 2020-yil 22-martda tug‘ilgan bo‘lib, 2022-yil 8-sentyabrdan norasmiy ravishda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashni boshlagan, ya’ni baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan kun bolaning ushbu bog‘chaga bor-yo‘g‘i ikkinchi qatnovi bo‘lgan. Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti temir yo‘ldan 259 metr uzoqlikda joylashgan. 2022-yil 9-sentyabr kuni soat 15:00 atrofida Turdiniyozov Afruzbek maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidan yugurib chiqib, temir yo‘l tomon, o‘z uyi tarafga yo‘l olgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi bolaning yo‘qligini payqashgandan so‘ng, Turdiniyozov Afruzbekni qishloqdan qidira boshlashgan. Turdiniyozov Afruzbek soat 15:33 da jadvalga muvofiq “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi harakatlanayotgan Qarshi-Maroqand temir yo‘lida edi. Buning natijasida baxtsiz hodisa yuz bergan. Bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ma’lumot uchun: Mazkur tadbirkor davlat xizmatlari markazi tomonidan 02.07.2021 yilda berilgan №1420115-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Tadbirkor Rahmatova Dilnoza Shavkatovna va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida 27.07.2021 yildagi №16647-0/05-sonli shartnoma tuzilgan. 2021-yil 2-avgustda Davlat xizmatlari markazi tomonidan faoliyat boshlanganligi to‘g‘risida №008606-sonli guvohnoma berilgan. Tashkilot faoliyati talablarga javob berishi to‘g‘risida 07.06.2021 yildagi Koson tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligi xizmatining va 02.07.2021 yildagi Koson tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xulosalari mavjud. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari va rahbarining ehtiyotsizligi va loqayd munosabati bolaning o‘limiga sabab bo‘lganini ko‘rsatuvchi yuqoridagi faktlar inobatga olinib, barcha materiallar zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborildi. Mazkur oilaviy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati to‘xtatildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlil natijalari viloyat va shahar boshqarmalari, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 12-sentyabrda o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ko‘rib chiqilib, uning yakuniga ko‘ra Maktabgacha ta’lim vazirining “O‘zbekiston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 196-son buyrug‘i qabul qilindi. 2022-yil 13-sentyabr kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari rahbarlarining tuman/shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari boshliqlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan favqulodda yig‘ilishlari o‘tkazildi. O‘z navbatida, 2022-yil 17-sentyabr kuni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barcha xodimlari (tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari va boshqa barcha xodimlar, shu jumladan, texnik xodimlar) ga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini ta’minlashda chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar. Maktabgacha ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida shu tartibdagi ishlar muntazam ravishda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari o‘z kasbiy burchlariga loqayd yoki vijdonsiz munosabatda bo‘lganliklari, xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 116-moddasi, 3-qismida:  Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Afruzbekning oila a’zolariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda, maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachisi ota-onalardan tarbiyalanuvchilarning ehtiyojlari uchun gigiyenik vositalar va o‘quv qurollarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga keltirib berishlarini so‘raganligi haqidagi tanqidiy post e’lon qilindi. Bu borada Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tozalash va gigiyena vositalari hamda kanselyariya mollari bilan ta’minlash maqsadida 2022-yilda davlat byudjetidan 63 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va o‘quv-didaktik materiallar bilan ta’minlash uchun 23,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Ma’lumot uchun: “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga (3094-son, 03.12.2018y.) asosan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, tozalash va gigiyena vositalari, kanselyariya mollari va boshqa o‘quv vositalarini bolalarning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan ta’minlash yoki ushbu maqsadlar uchun pul yig‘ish haqida ko‘rsatmalar mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noqonuniy pul yig‘ish, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur vositalarni ota-onalar zimmasiga yuklash va shu kabi boshqa noqonuniy hatti-harakatlarni qat’iyan qoralaydi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: Siyosiy-ma’rifat soatida bog‘chalarda sodir bo‘layotgan noxush holatlar haqida ham so‘z yuritildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarining ma’naviyati, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi ma’naviyat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Unda, -Yurtimizda 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarining o‘tkazilayotganligi; -2022-yil 7-sentyabr kunidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirganligi; -“Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinganligi; -“Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining qabul qilinganligi; -“Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining qabul qilinganligi; -“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining qabul qilinganligi va qabul qilingan farmon hamda qarorlarning mazmun-mohiyati haqida Yuridik boshqarma boshlig‘i X.Buriyev tomonidan vazirlik xodimlari tanishtirildi. Shuningdek, Siyosiy-ma’rifat soatida bog‘chalarda sodir bo‘layotgan noxush holatlarning oldini olish borasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida, Maktabgacha ta’lim vazirining joriy yil 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun belgilangan bir qator tartiblar bilan tanishtirildi. Jumladan,   -maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish nazoratini kuchaytirish; -tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni osib qo‘yilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlar uchun qulay bo‘lgan joyda telefon apparatlari o‘rnatilishi, ushbu telefon apparatlarini doimiy tarzda ishlashga yaroqliligi kuzatib borilishi; -maktabgacha ta’lim tashkilotlarning barcha xodimlariga ish vaqtida mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda foydalanish taqiqlanishi; -maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim va tarbiyalanuvchilarni biometrik identifikasiya qilish orqali elektron davomatini yuritish vazifasi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga yuklash man etilishi; -maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiga, ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa shaxslarni kirib chiqishlarini (tarbiyalanuvchilarning salomatligi, xavfsizligi nuqtai nazari inobatga olingan holda) taqiqlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari kirish eshiklariga qo‘ng‘iroq o‘rnatilishi ta’minlanishi; -tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirilishi taqiqlanishi, jumladan sanitariya xonalarida bo‘lganda, hojatxonadan foydalanishda, yozgi maydonlarda (besedka/ayvonlar), basseynda cho‘milishda, uyqu vaqtida qarovsiz qolmasligi ustidan nazoratni kuchaytirish; -sanitariya xonalari, hojatxonalar va guruh xonalarining eshiklarida qulflash moslamalari mavjudligini ta’minlanishi, shuningdek ularni joylashtirishda tarbiyalanuvchilar tomonidan mustaqil foydalanishi imkoniyati bo‘lmasligining hisobga olinishi; -maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktorlar va hamshiralar tomonidan xodimlarga shoshilinch holatlarda birinchi yordamni ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etib borilishini ta’minlash kabilar kiritilganligi ta’kidlandi. Albatta, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va  xavfsizligini ta’minlash tizimda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning vazifasi ekanligi yana bir bor eslatma sifatida aytib o‘tildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: Rasmiy videobayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Hozirgi kun holatidagi vaziyat bo‘yicha  Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik markazi Sanitariya gigiyena bӯlimi mudiri Jahongir Musaxonov hamda viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Tursunali Mamajonovlar tomonidan birlamchi videoma’lumotlar berildi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda,  ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan. Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holatni nazoratga olganligini  hamda holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qiladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati 

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xitoy va O‘zbekiston munosabatlarining yorqin kelajagini birgalikda yaratamiz

"Bu yer boshoqli don yetishtirishga qulay bo‘lib, mo‘l-ko‘l gul, meva beradi". Bundan 1300 yil muqaddam Tan sulolasining buyuk alloma-rohibi Syuan Zang sayohatga oid eslatmalarida obod Samarqandning chizmalarini chizgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan men hamkasbim bilan Xitoy-O‘zbekiston hamkorligi rejasini belgilash va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun yana go‘zal Samarqand shahriga tashrif buyuraman. Xitoy va O‘zbekiston buyuk sivilizatsiyaga ega qadimiy davlatlardir. Buyuk Ipak yo‘li xalqlarimiz o‘rtasidagi 2000 yildan ortiq do‘stona aloqalardan dalolat beradi. G‘arbiy Xan sulolasidan Chjan Tsyan, Tan sulolasidan Syuan Zang, Min sulolasidan Chen Cheng o‘z vaqtida O‘zbekiston hududiga kelib, Toshkent, Samarqand va boshqa mashhur shaharlarda bo‘lib, tarixiy rishtalarning izlarini qoldirgan. Yuan sulolasi davrida asli buxorolik Seyid Ajal Shamsuddin Xitoyning Yunnan viloyatiga hokim etib tayinlangan. Samarqandlik Vu Chju 14-asr oʻrtalarida Xitoyda Nankin shahrida rasadxona qurilishida qatnashgan. Mamlakatlarimiz xalqlari bugungi kungacha yuqorida sanab o’tilgan tarixiy shaxslarning Xitoy-O‘zbekiston do‘stligining kashshoflari va elchilari bo’lganligi haqida yaxshi xotiralar saqlab kelmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragidagi yirik davlat. Mamlakat mustaqillikka erishgan 31 yil ichida davlat taraqqiyoti va milliy tiklanish borasida ulkan natijalarga erishdi. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida o‘zbek xalqi yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan kampaniya boshlaganini alohida ta’kidlash joiz. Turli sohalarda olib borilayotgan islohot va taraqqiyot jadal sur’atga kirdi. Mamlakat butunlay yangi qiyofa kasb etdi, munosib turmush sharoiti yaratildi, xalqaro maydondagi mavqei sezilarli darajada mustahkamlandi. Do‘stona qo‘shni va har tomonlama strategik hamkor sifatida muvaffaqiyatlaringizni chin dildan qutlaymiz. Joriy yil Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. 30 yil davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlik, oʻzaro yordam va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali hamkorlik urugʻdek unib, jadal rivojlanib, oʻzining yuksak samaralarini bera boshladi. Ikki davlat ishonchli do‘stdir. 2016-yildan buyon Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar, telefon suhbatlari va xabarlar almashish orqali yaqin aloqalar o‘rnatib kelinmoqda. Bizda yaxshi ish aloqalari va chuqur shaxsiy do'stlik bor. Davlatlarimiz har tomonlama strategik sheriklik ruhida asosiy manfaatlarga taalluqli masalalar bo‘yicha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, milliy rivojlanish strategiyasini ilgari surishda bir-biriga yordam beradi, islohotlarni kengaytirish va ochiqlik bo‘yicha bir-birining tajribasini o‘rganadi, iqtisodiyot rivojiga ijobiy energiya olib keladi. Ikki davlat birgalikda taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkorlardir. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi va uning iqtisodiyotiga sarmoya kiritishning asosiy manbai hisoblanadi. 2021-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8 milliard dollardan oshdi, joriy yilning birinchi yarmida esa qariyb 5 milliard dollarni tashkil etdi.Yillik tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarni tashkil etish sari izchil rivojlanmoqda  – bir kamar, bir yo'lni birgalikda amalga oshirish doirasida. Muhim qo‘shma loyihalar tizimli ravishda ilgari surilmoqda. “Xitoy – Markaziy Osiyo” gaz quvurining barcha 4 ta liniyasi Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. Qamchiq dovoni orqali Markaziy Osiyodagi eng uzun temir yo‘l tunneli foydalanishga topshirildi. Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston avtomobil yo'li va Xitoy-Qozog'iston-O'zbekiston temir yo'l tranzitining o'tkazuvchanlik salohiyati izchil rivojlantirilmoqda. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirishda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. O‘zbekiston ichki davlatdan mintaqadagi aloqa markaziga aylanmoqda. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida yangi energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi, moliya va zamonaviy telekommunikatsiyalar sohalarida faol hamkorlik qilinib, bu xalqlarimizga sezilarli foyda keltirmoqda. Ikki davlat sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirishning munosib namunasini ko‘rsatdi. Birgalikda turli xil qiziqarli tadbirlar, jumladan, san'at festivallari, galakontsertlar, ko'rgazmalar, seminarlar o'tkaziladi. Talabalar almashinuvi, adabiy asarlar tarjimasi va nashri, kinematografiya, teleko‘rsatuvlar tarjimasi va namoyishi, hududlararo aloqalar va kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani xalqlarimizni yaqinlashtirishga samarali xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda Xitoy O‘zbekiston uchun 6500 dan ortiq turli profilli mutaxassislarni tayyorlab berdi, ular bugungi kunda mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni isloh qilish va taraqqiy ettirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Toshkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutlaridan sinologlarning butun bir galaktikasi chiqdi, ular xitoy-o‘zbek do‘stligining haqiqiy xabarchilaridir. Turizm sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Go‘zal O‘zbekistonga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lgan xitoylik sayyohlar soni ortib bormoqda. 2013-yilda Samarqandga tashrifim chog‘ida qadimiy Xiva shahrini arxeologik restavratsiya qilish loyihasi boshlangani e’lon qilingan edi. Endilikda bu loyiha allaqachon muvaffaqiyatli yakunlanib, qadimiy Xiva shahriga yangicha ko‘rk bag‘ishladi. Ikki davlat hamisha aka-ukadek bir-biriga yordam beradi. Xitoy va O‘zbekistonni hayotiy manfaatlar va umumiy kelajak birlashtirib turadi. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama asosda, ham ShHT ham boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasida tashqi aralashuvga birgalikda qarshi turish, “yovuzlikning uch kuchi”, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashinuvini oshirish , umumiy xavfsizlik nomidan kadrlar tayyorlash ko'lamini kengaytirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Koronavirus infeksiyasi avj olgan paytdan boshlab ikki davlat hamjihatlik va o‘zaro yordam ruhida epidemiyaga qarshi hamkorlikni faollashtirmoqda. O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi kurashda eng ommabop bo‘lgan Xitoy vaksinasining qo‘shma ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, birgalikda yaratilgan preparat klinik qo‘llash uchun ma’qullanib, odamlar hayoti va salomatligining ishonchli himoyasiga aylandi. Ikki ming yillik do‘stona almashinuvlar va o‘zaro manfaatli aloqalarning 30 yillik amaliyoti har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash davr tendensiyalari, ikki mamlakat va xalqlarning tub manfaatlariga hamohang ekanini ko‘rsatadi. O‘tmish va kelajak chorrahasida turib, biz Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarining kelajagiga umid va ishonch bilan qaraymiz. Birinchidan, o'zaro yordamni oshirish va o'zaro ishonchni mustahkamlash muhimdir. Strategik ahamiyat va uzoq muddatli manfaatlarni hisobga olgan holda, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yangi davrda rivojlantirish rejasini belgilab olish zarur. Xususan, oliy va yuksak darajadagi aloqalarni faollashtirish, o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, davlat boshqaruvi sohasida tajriba almashishni chuqurlashtirish, asosiy manfaatlarga daxldor masalalarda bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash. Xitoy O‘zbekistonni o‘zining milliy voqeliklariga mos ravishda rivojlanish yo‘lini tanlashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, O‘zbekistonning ichki ishlariga tashqaridan aralashishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqadi. Ikkinchidan, umumiy taraqqiyot va farovonlik yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish muhimdir. Ikki davlatning milliy rivojlanish strategiyalarini bogʻlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va yirik loyihalar boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini birgalikda ishlab chiqish zarur. Rivojlanishning yangi bosqichida Xitoy yangi rivojlanish me'morchiligini jadal ravishda shakllantirmoqda. O‘zbekistonni jadal sur’atlar bilan olg‘a surilayotgan taraqqiyot “ekspressi” bortida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Biz o‘zbek do‘stlarimiz bilan rivojlanish imkoniyatlarini baham ko‘rishga tayyormiz. Kelgusi yil “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligi nishonlanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatlarimiz mavjud natijalardan kelib chiqib, yuqori sifatli rivojlanishga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishi, qashshoqlikni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishi, Xitoy va O‘zbekistonning o‘zaro manfaatli hamkorligi ikki mamlakat xalqlariga yanada ko‘proq foyda keltirishi zarur. Xitoy O‘zbekiston bilan Global taraqqiyot tashabbusini faol amalga oshirishga, rivojlanayotgan mamlakatlar umumiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishga, universal va muvozanatli rivojlanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik va umumiy farovonlik tamoyillariga asoslangan rivojlanish arxitekturasini shakllantirishga tayyor. Uchinchidan, xavf va qiyinchiliklarni yengish uchun xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimdir. Mamlakatlarimiz xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishi, tashqi kuchlarning mintaqa barqarorligiga putur yetkazish urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, rivojlanish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratishi zarur. Afg'oniston bizning umumiy qo'shnimiz. Afg‘onistondagi tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik mamlakatlarimiz manfaatlariga mos keladi. Xitoy O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishdagi beqiyos rolini yuqori baholaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda Global xavfsizlik tashabbusini amalga oshirishga, yangi tahdid va qiyinchiliklarga qarshi turishga, tinchlik, barqarorlik va xalqaro adolatni himoya qilishga tayyormiz. To‘rtinchidan, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish uchun madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish muhimdir. Odamlarning yaqinlashishi muloqotga asoslanadi. Xitoy-O‘zbekiston do‘stligi rishtalari chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, arxeologiya va hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro madaniyat markazlari tashkil etish va seminarlar ochishni jadallashtirishimiz kerak. “Lu Ban ustaxonasi” ham keng ko‘lamli madaniy-gumanitar almashinuvlarning ajoyib sxemasini shakllantirish, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish va ikki xalqning ko‘p asrlik do‘stligini avloddan-avlodga yetkazish maqsadida tashkil qilinmoqda. O‘zbekistonda men ham bo‘lajak Samarqand sammitida ishtirok etaman. Bu yil ShHT Nizomi imzolanganiga 20 yil, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 15 yil to‘ldi. Tashkilot ularda mustahkamlab qo‘yilgan maqsad va tamoyillarga amal qilgan holda, “Shanxay ruhi”ga muvofiq, ishtirokchi-mamlakatlarning barqarorligi va birgalikda rivojlanishiga ko‘maklashadi, o‘zaro hurmat, tenglik va tenglik bilan ajralib turadigan yangi turdagi xalqaro munosabatlarni barpo etish, adolat, o‘zaro manfaatli hamkorlik namunasini ko‘rsatadi. Bugungi kunda ShHT Yevroosiyoda va butun dunyoda muhim konstruktiv kuchdir. Noqulay epidemiologik vaziyatga qaramay, O‘zbekiston o‘z raisligi davrida ishtirokchi davlatlar bilan jadal almashinuv va aloqalarni amalga oshirib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarib, Tashkilotning sog‘lom va barqaror rivojlanish dinamikasini saqlab qolishga hissa qo‘shmoqda. Biz buni juda qadrlaymiz. Ishonchim komilki, Samarqand sammiti birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yuqori saviyada o‘tadi va mintaqada tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida ShHTning taqdiri mushtarak hamjamiyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shadi.  Yurakda intilish bo'lsa, maqsad sari yo'l uzoq ko'rinmaydi. Biz O‘zbekiston tomoni bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon shakllangan ezgu an’anani davom ettirishda hamda yangi tarixiy sharoitda Xitoy va O'zbekiston taqdirining mushtarak hamjamiyatini yanada shakllantirish yo‘lida milliy taraqqiyot va tiklanishning keng yo‘lidan birgalikda olg‘a borishga tayyormiz.   Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi    

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTV: Saudiya Arabistoni Podshohligining vakillari Maktabgacha ta’lim vazirligida

Joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin hamda Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yusuf bin Solih Ad-Gahra Al-Otaibiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.     Uchrashuvda tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini hamda keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilibgina qolmay balki joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining o‘tkazilishi yuzasidan rejalashtirilgan ishlar haqida tanishishdi, mehmonlar o‘z qiziqqan savollariga javob olishdi. Janob Yusuf bin Solih ochilish nutqida, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha o‘zaro manfaatli strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanligini, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Diplomatik missiya rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahnamoligi va diqqat e’tiborida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy natijalarini ham yuqori baholadi.     Elchining so‘zlariga ko‘ra, 30 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoni Podshohligiga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha to‘liq sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot va 15 ta hujjat qabul qilinib, umumiy summadagi 12 milliard dollardan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolangan.Muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni vakillari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasiga bag‘ishlangan xalqaro forum va ko‘rgazma doirasidagi har qanday birgalikdagi sa’y-harakatlarda eng faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shishiga ishontirdi.   Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati  

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari turli vaqt oralig‘ida 21 nafar tarbiyalanuvchilar tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tana harorati ko‘tarilishi, qayd qilish va ich ketish kabi shikoyatlar bilan olib kelingan hamda belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijalariga ko‘ra,  ularning 10 nafariga o‘sha vaqtni o‘zida tegishli tavsiyalar berilib uylariga javob berilgan, qolgan 11 nafariga esa “oshqozon-ichak  faoliyatini funsional buzilishi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilib, belgilangan stadartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilgan, hozirgi vaqtda  mutaxassislarning tegishli xulosasiga ko‘ra, ularning barchasi qoniqarli holatda shifoxonadan chiqarilgan.  Mazkur holat bo‘yicha vakolatli va mas’ul organlar xabardor qilingan bo‘lib, tegishli tartibda o‘rganish hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, holat yuzasidan qo‘shimcha malumotlar berib boriladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ta'lim yosh tanlamaydi, ayniqsa imtiyoz bo'lsa!

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo viloyatlaridagi MTTlarida faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlarga oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi. Jumladan: ✅Toshkent viloyati – 8 nafar; ✅Sirdaryo viloyati – 4 nafar; ✅Qashqadaryo viloyati – 6 nafar; ✅Navoiy viloyati – 4 nafar; ✅Buxoro viloyati - 7 nafar; ✅Surxondaryo viloyati - 6 nafar. Ma’lumot uchun, bu tartib Prezident Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasi Qaroriga binoan amaliyotga tadbiq qilinmoqda.  Imtiyozli tavsiyanoma olgan pedagog-tarbiyachilar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
30-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 2022 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi.

Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir.Quyida ushbu  xalqaro sayyohlik yarmarkasi haqida materiallar taqdim etiladi: Фото-20220915T231726Z-001.zip Пресс-релиз ТМТЯ.docx Press Release TITF.docx press-reliz TXTY.docx  

Вид сайта
Размер шрифта