Rasmiy munosabat

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va Muborak tuman MTB mudirligi lavozimiga nomzodlar Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna hamda Atayeva Shohista Fatxullayevnalarning suhbatdan o‘ta olmaganligi lekin lavozimga tayinlanganligi haqida murojaatlar e’lon qilingan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu murojaatlarga nisbatan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 11-avgustdagi 01-01/1-1216-sonli hamda 01-01/1-1217-sonli xatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan Yakkabog‘ va Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga ochiq vacancy.argos.uz sayti orqali e’lon qilingan tanlovning test natijalariga ko‘ra test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafar talabgor nomzodlarni hujjatlari suhbatdan o‘tkazish maqsadida, komissiyaga taqdim etilgan. 

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida Yakkabog‘ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga talabgor nomzodlar bilan real vaqt rejimida o‘tkazilgan suhbat jarayoniga 3 nafar nomzoddan faqat Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna ishtirok etib, yetarli ball to‘plab tanlov g‘olibi deb topilgan, shuningdek xuddi shu kuni Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga talabgor nomzodlar bilan real vaqt rejimida o‘tkazilgan suhbat jarayonida ishtirok etgan 2 nafar nomzoddan faqat Atayeva Shohista Fatxullayevna g‘olib deb topilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-son qarorining 3-bandi 1-qismiga muvofiq, kelishish uchun Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligi tomonidan suhbat jarayonini onlayn rejimda nomzodni mazkur lavozimga tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligi va qo‘llab – quvvatlashini bildirgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Muborak tuman hokimligi 2022-yil 26-sentyabrdagi 1-08/71-sonli xati bilan Atayeva Shohista Fatxullayevnaga nisbatan Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlanishiga e’tirozi yo‘qligini hamda qo‘llab quvvatlashini ma’lum qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi PF-5843-son “O‘zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Maktabgacha taʻlim vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant bo‘lgan lavozimlarni tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida”gi ishlab chiqilgan  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan Nizomning 36-bandiga ko‘ra talabgor nomzodning o‘rtacha bali 56 balldan yuqori ball to‘plagan nomzod suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.

Ro‘ziyeva Matluba Ismatovna Yakkabog‘ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimi uchun tanlovga ishtirok etib 67,5 ball to‘plaganligi sababli mazkur lavozimga tayinlangan. 

Shuningdek, Atayeva Shohista Fatxullayevna Muborak tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimi uchun tanlovga ishtirok etib 56,1 ball to‘plaganligi sababli mazkur lavozimga tayinlangan.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта