Yoshlar siyosati MTAda
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga koʻra: -“Eng yaxshi kompozitsiya” – Yunusobod tumanidagi 500-son DMTTning “Kamalak”; -“Eng yaxshi dinamika” – Shayxontoxur tumanidagi 448-son DMTTning “Toʻmaris ajdodlari”; -“Eng yaxshi obraz”- Sergeli tumanidagi 565-son DMTTning “Istiqlol”; -“Eng yaxshi xoreografiya” – M.Ulugʻbek tumanidagi 403-son DMTTning “Sharq goʻzali”; -“Takrorlanmas kompozitsiya” - Yakkasaroy tumanidagi 150-son DMTTning “Gʻoliblar”; -“Eng uygʻun jamoa” - Yashnobod tumanidagi 165-son DMTTning “Doʻstlik”; -“Gimnastika elementlaridan eng yaxshi foydalangan jamoa” - Bektemir tumanidagi 578-son DMTTning “Zilola”; -“Eng jozibador libos” - Uchtepa tumanidagi 244-son DMTTning “Samo yulduzchalari”; -“Eng hissiyotli jamoa” - Yangihayot tumanidagi 121-son DMTTning “Kuz malikalari”; -“Eng ahil jamoa” – Chilonzor tumanidagi 284-son DMTTning “Tong yulduzi”; -“Eng shijoatkor jamoa” - Mirobod tumanidagi 66-son DMTTning “Uchqunchalar”; -“Gʻalabaga ishtiyoqmand jamoa” - Olmazor tumanidagi 478-son DMTTning “Quvnoq qizchalar” jamoalari nominatsiyalari bilan taqdirlanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan, ushbu musobaqa joriy yilning 16-oktabridan 30-oktabriga qadar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazildi.
BatafsilO‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir. Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.
Bugun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi. Unga ko'ra, trening kursining kun tartibi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi: 1-kun mavzusi: Katta yoshdagi auditoriyani o‘qitish, treningni samarali o‘tkazish va maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentorlik (murabbiylik) qilish; 2-kun mavzusi: Pedagoglarga "Ilk Qadam" davlat o‘quv dasturi asoslarini o‘qitish; 3-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshidansavodxonlikni rivojlantirish metodlarini o'rgatish; 4-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom jismoniyrivojlanishi va sog’lom turmush tarzi uchun ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish; 5-kun mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalar sog’lom turmush tarzi amaliyoti vagigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillarini pedagoglarga o‘rgatish; 6-kun mavzusi: Birinchi yordam ko‘rsatish. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozishmalakalarini rivojlantirish pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsionalovqatlanish,va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish yondashuvlarni, bolashaxsiga yo‘naltirilgan differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish bo‘yichatrenerlarning nazariy va amaliy kompetensiyalarni oshirish va ularni mustaqil samaralitrening va murabbiylik o‘tkazishga tayyorlashdan iboratdir. Eslatib o'tamiz: Loyiha AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistondagi Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta: 1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida taqdirlanadi.
Bilim yuksak qadrlanadigan davlat hamisha o‘z maqsadiga erishadiBatafsil: № 167 от 21 августа Правда Востока.pdf
Kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi, ta’lim sohasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilgan va olgan nazariy bilimlarini bevosita ish joyining o‘zida amaliyot bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xoxlaysizmi, unda Sizni respublikamizning pedagogika kollejlariga o‘qishga taklif etamiz. Respublikadagi pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarida maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash maqsadida malakali kadrlarga bo‘lgan o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qoplash uchun zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2023/2024 o‘quv yili uchun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 91 ta pedagogika kollejlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10 sentabrga qadar davom etadi. Pedagogika kollejlariga ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllari bo‘yicha quyidagi kasblar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi; 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi; 3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi; 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalar menejeri; 5. Jismoniy tarbiya va sport; 6. Kutubxonashunoslik; 7. Musiqa rahbari; 8. Oshpaz. Abiturientlar hujjatlarini elektron my.uzbmb.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi kasbi bo‘yicha dual ta’lim shakllariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni tamomlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarining 30 foizini Koreya Respublikasining Puchon universitetidan yuborilgan yuqori malakali mutaxassislar tashkil topgan Toshkentdagi Puchon universitetiga kirish imtihonlarisiz suhbat orqali 2-kursdan o‘qishini davom ettirishga ega bo‘ladi. Hali bu hammasi emas mazkur “2+2” ta’lim dasturi doirasida o‘qishini tamomlagan bitiruvchilar maktabgacha ta’lim sohasida o‘z karerasini muvaffaqiyatli boshlash uchun Koreya Respublikasining Puchon universitetida 1 yil o‘qishini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa: 1- jamoa “Taraqqiyot sari” 2 – jamoa “Aqlvoy” 3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar” 4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada, 1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga 2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga 3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi. O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida; Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado
BatafsilAvval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanining bir qator yoshlari bilan uchrashgan edi. Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida muammoli vaziyatlar o‘rganildi. Yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, ushbu yoshlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar organlari rahbari A.Sultonov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.Hasanbayev, mahalla raislari bilan hamkorlikdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish maqsadida toifalangan tartibda ishlashga kelishib olindi.
3_6_ЁШЛИ_БОЛАЛАР_ОРАСИДА_ФУТБОЛ.pdf
Toshkent shahar Olmazor tumani "Bahtiyor makon" nomli 120-davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida "Ekomarafon" tashkil etildi. Marafon haqda batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda reabilitatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta'limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta'lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami ko'rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta'minlanadi. Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi.
MAKTABGACHA_TA`LIM_TASHKILOTLARIDA_O‘TKAZILADIGAN_HARAKATLI_O‘YINLAR.pdf
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar.pdf
Bola 6 oyga to’lgandan keyin qanday mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga kiritilish zarur?Bizning 7-mahorat darsimiz juda muhim mavzu – kichkintoylarning ovqatlanishiga bag’ishlangan. Bu va boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassis fikrini video orqali bilib oling.#OtaOnalarOyligi
BatafsilOngli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik bolalar yanada sifatli hayot kechirishlari uchun ota-onalarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi.Joriy yilning oktyabr oyidan 20 noyabrgacha UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda ongli ota-onalikka bag‘ishlangan kampaniyani o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bir oy davomida UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarida ota-onalarga bolalar to‘laqonli va har tomonlama rivojlanishi uchun qanday qilib eng yaxshi sharoitlarni yaratish haqidagi maslahatlarini beradilar.Tabiiyki, ota-onalarning aksariyati farzandlari uchun imkon qadar eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qiladilar. Shunday bo‘lsada, zamonaviy tarbiyalash usullaridan foydalanishga imkon bermayotgan qator to‘siqlar mavjud.«Muammolardan biri shundan iboratki, do‘stlar va qarindoshlar yaxshi niyatda, bolalarni oziqlantirishdan boshlab emlashgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha turli xil maslahatlarini berishlari mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan noto‘g‘ri axborot bolaning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi UNICEFning salomatlik va oziqlanish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Fahriddin Nizamov.«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 1000 kunida hamda bolaning olti yoshgacha bo‘lgan davrida parvarishlashning noto‘g‘ri usullarini qo‘llash ularning uzoq muddatli jismoniy va kognitiv rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, global COVID-19 pandemiyasi va u bilan bog‘liq karantin cheklovlari ham bolalar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va buning oqibatlari balog‘at yoshida ham his etilishi mumkin».Ushbu oyda UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilishning samarali usullari va uy sharoitida ushbu usullardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida ota-onalarga so‘zlab beradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar bolalarning yoshiga muvofiq bo‘lgan to‘g‘rioziqlanish, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan boqish; bolaga mehr berib g‘amxo‘rlik qilish muhitini yaratish usullari; emlashni rejalashtirish; bolaning rivojlanish bosqichlari; bolalar kasalligidan darak beruvchi belgilar; mas’uliyatli tarbiya va o‘yinlarning bola uchun ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan .Milliy va xalqaro ekspertlar tavsiyalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash ahamiyatini tushunish va bu masalada qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashish O‘zbekistonning kichik fuqarolari hayotini sifat jihatdan yaxshilashga hamda ular baxtli va to‘laqonli voyaga yetishlari uchun mustahkam poydevor yaratishda yordam beradi.Ijtimoiy tarmoqlar orqali butun mamlakat bo‘ylab ota-onalarni jalb qilishUNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali ota-onalar va vasiylar bilan muloqot qilishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqdilar va bu bilan ular uchun nafaqat dolzarb va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, balki ota-onalarni tashvishlantiradigan muammolarni taqdim etish va hal qilishga imkon yaratdilar.Joriy yilning 20 oktyabr kuni ommabop televizion kanallarda ota-onalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlari bolalarning erta yoshidagi salomatligi va oziqlanishi bo‘yicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislari maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini va ota-onalar o‘z farzandlarining ilk yoshda ta’lim olishini faol qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim rol o‘ynashlarini yana bir bor ta’kidladilar.Ushbu teleko‘rsatuvlarga qo‘shimcha ravishda, UNICEF milliy hamkorlar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali keng targ‘ib qilish uchun 11 ta qulay va tushunarli video mahorat darslarini yaratdilar.«Ushbu mahorat darslari O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan bolalar erta rivojlanishi sohasiga mansub ayrim muammolarni qamrab olgan. Mazkur videoroliklar ota-onalarni maktabgacha ta’limning ahamiyatini yanada teran anglashga undaydi», — deydi UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalri bo‘yicha maslahatchisi Vazira Nazarova.«Maktabgacha ta’lim tashkiloti kun davomida bolalar uchun faqatgina ko‘ngil ochish joyi emas. Bu hayot uchun muhim ijtimoiy va kognitiv rivojlanish, muloqot ko‘nikmalarini orttirish hamda bolaning ijodiy va jismoniy rivojlanishi makonidir. Ota-onalar o‘z farzandlarining jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ular uzoq vaqt shaxs sifatida shakllanishini ham albatta kuzatib borishlari lozim»Ongli ota-onalik oyligining yakunida Bebbo innovasion mobil ilova ishga tushiriladi. O‘zbekistonda bu turdagi birinchi raqamli vosita ota-onalarga bolalarning o‘sishi, rivojlanishi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vaqtidagi va sifatli tavsiyalarni taqdim etadi. Hali ham davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi cheklovlari sababli ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan bevosita muloqotning iloji bo‘lmagan yoki murakkablashgan davrda bu ayniqsa muhimdir.