Sayt test rejimida ishlamoqda

PEDAGOGIKA KOLLEJLARIGA O‘QISHGA MARHAMAT!

news-detail

Kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi, ta’lim sohasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilgan va olgan nazariy bilimlarini bevosita ish joyining o‘zida amaliyot bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xoxlaysizmi, unda Sizni respublikamizning pedagogika kollejlariga o‘qishga taklif etamiz.

Respublikadagi pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarida maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash maqsadida malakali kadrlarga bo‘lgan o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qoplash uchun zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

2023/2024 o‘quv yili uchun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 91 ta pedagogika kollejlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning  10 sentabrga qadar davom etadi.

Pedagogika kollejlariga ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllari bo‘yicha quyidagi kasblar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:

1.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi;

2.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi;

3.  Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi;

4.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalar menejeri;

5.  Jismoniy tarbiya va sport;

6.  Kutubxonashunoslik;

7.  Musiqa rahbari;

8.  Oshpaz.

Abiturientlar hujjatlarini elektron  my.uzbmb.uz orqali onlayn qabul qilinadi. 

Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi kasbi bo‘yicha dual ta’lim shakllariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni tamomlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha  professor-o‘qituvchilarining 30 foizini Koreya Respublikasining Puchon universitetidan yuborilgan yuqori malakali mutaxassislar tashkil topgan Toshkentdagi Puchon universitetiga kirish imtihonlarisiz suhbat orqali 2-kursdan o‘qishini davom ettirishga ega bo‘ladi. Hali bu hammasi emas mazkur “2+2” ta’lim dasturi doirasida o‘qishini tamomlagan bitiruvchilar maktabgacha ta’lim sohasida o‘z karerasini muvaffaqiyatli boshlash uchun Koreya Respublikasining Puchon universitetida 1 yil o‘qishini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта