Sayt test rejimida ishlamoqda

Prezident va VM qarorlari
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi

Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanishi maʼlum qilindi. Maʼlum qilinishicha, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda: byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi; xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi; hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam boʻlganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi toʻlanmaydi. Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi: davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi; nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi; oilaviy bogʻchalar toʻgʻrisida; kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bogʻchalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensatsiya ajratish tartibi; nodavlat bogʻchalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–322-son, 14.07.2022-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan: oilaviy nodavlat bogʻchalarda: - qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi; - tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi; - tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi; davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda: - byudjetdan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi; - ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi; tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bogʻchalarga ham toʻlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida yangi departament tashkil etildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasida: oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritildi; Professional taʼlim-oʻquv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi. Professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori hisoblanadi. Vazir oʻrinbosari: professional taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi; professional taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini taʼminlaydi; professional taʼlim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi. Yangi departament vazirlikning amaldagi shtat birliklari doirasida va tasarrufida tugatilayotgan professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan ayrim vazirlik va davlat qoʻmitalarining 16 nafar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori mazmun-mohiyati

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori bilan Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.2021 yil 1 sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda quyidagi tizim joriy etiladi: Voyaga yetmagan shaxsning qarorvsiz qolganligini aniqlashvoyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari – xizmat hududida, mahalla raislari – oilalarda o‘rganish o‘tkazish orqali qarovsiz qolgan bolalarni aniqlaydi;ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari mas’ul hisoblanadi;bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi.Qarovsiz qolgan bolalarni Markazga joylashtirishprofilaktika inspektori qarovsiz qolgan bolalar aniqlanganligi haqida tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga navbatchilik qismi orqali xabar beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzib uni ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolgan deb xulosaga kelsa, xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga beradi, u bolani Markazga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma tayyorlab uni yuboradi;Markaz 5 soatda maxsus transportda bolani qabul qiladi va joylashtiradi;Markaz boshlig‘i hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini qarovsiz bolani qabul qilganlik to‘g‘risida xabardor qiladi;sog‘liqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;tekshiruv natijasiga ko‘ra bola davolanishga yuborilishi mumkin; Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini o‘rganadi va ijobiy xulosaga bo‘lsa ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulqi, oilaviy muhitini 1 yil monitoring qiladi;monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan ko‘p 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi;iltimosnoma 24 soatda Markazda sayyor yoki onlayn yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi;sud bolaning ota-onasi rozi bo‘lmaganida ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborishni ko‘rib chiqadi;bolaning doimiy yashash joyi boshqa joyda bo‘lsa, Markaz 48 soatda uni tegishli Markazga olib boradi.Qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilishhududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i so‘rovi bo‘yicha Markazd voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi va bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinib nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;tegishli vazirlik yoki idora 3 kunda bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmani o‘ziga bo‘ysunuvchi ta’lim muassasasiga va Markazga yuboradi;Markaz 48 soatda bolani tegishli ta’lim muassasasiga topshiradi;ta’lim muassasasi bolani 5 foizlik qo‘shimcha kvota asosida sinov va imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.Bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng ular bandligini ta’minlashta’lim muassasasi bolaning o‘qishi tugashiga 3 oy qolganda Markazga xabar beradi;hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga o‘qishga kirishiga ko‘maklashadi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar 1 oyda hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;bolalar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida bepul o‘qitiladi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi bolalar qabul qilinadi:ota-ona (o‘rnini bosuvchi shaxslar) nazoratisiz va qarovisiz qolgan;ijtimoiy xavfli oilada yashayotgan va davlat, jamoatchilik yordamiga muhtoj;ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;jinoyat qilgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmalanlar yoki ruhiy holati sabab javobgarlikka tortilmaydigan bolalar;ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlar;ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi sud tomonidan hal etilayotganlar;sud ajrimiga asosan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. Manba: Adliya vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta'minlash kuchaytiriladi

"Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) mazmun-mohiyatiBarcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati (33 ta) tasdiqlandi.Davlat organlari va tashkilotlari o'z faoliyatiga oid hisobotni har yili:1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o'tkazadi. 2021 yil 1 iyuldan quyidagilar to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar portaliga va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:• amalga oshirilgan davlat xaridlari;• mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;• Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar;• o'zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.Quyidagi imtihonlarni o'tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:• OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;• o'qishni ko'chirish bilan bog'liq imtihonlar;• nostrifikasiya test sinovlari.2021/2022 o'quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta'minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan "imtihon.uz" veb-platformasi ishga tushiriladi.2021 yil 1 sentyabrgacha ochiq ma'lumotlar portali davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali bilan integrasiya qilinadi 2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-saytida va portalda ov qilish va ovchilik xo'jaliklari to'g'risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:• davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;• murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni "Mening fikrim" veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi."Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.2021 yil 1 dekabrdan:• yil yakunlari bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi aniqlanadi;• quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:• Qonunchilik palata va Senat majlislari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;• taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

Вид сайта
Размер шрифта