
Taraqqiyot strategiyasida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda qator ishlar amalga oshiriladi.
Bu haqda “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasida soʻz boradi.
Xususan, 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari daromad soligʻidan ozod etilishi kutilmoqda.