Sayt test rejimida ishlamoqda

Ota-onalar
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Etnosport turlarini ommalashtirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar

Maktabgacha taʼlim   agentligi tomonidan Oʻzbekiston   Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-259-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshirildi.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim vazirligi
"Ekomarafon"

Toshkent shahar Olmazor tumani "Bahtiyor makon" nomli 120-davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida "Ekomarafon" tashkil etildi.  Marafon haqda batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Bola tishini necha yoshdan tozalashni boshlashi kerak?

Birinchi tish chiqishi bilan bolani ogʻiz gigiyenasiga oʻrgatishni boshlash lozim. 1-3 yoshligidan ota-onalar yordamida, bolalar choʻtkasi va pastasidan foydalangan holda tozalashni yoʻlga qoʻyish kerak. Bolalar 6-7 yoshdan, nerv-muskul tizimi toʻla shakllangach, tishlarni mustaqil tozalashlari mumkin.Ayrim ota-onalar keyinchalik doimiy tishlar bilan almashgani uchun sut tishlari parvarishiga yetarli eʼtibor qaratmaydi Lekin sut tishlarining muhim vazifalari bor:Sut tishlari olib tashlangandan keyin oziq yaxshi chaynalmaydi va yaxshi hazm boʻlmaydi, bu oʻsish va rivojlanishga taʼsir qiladi. Sut tishlari yuz va jagʻ suyaklarini, qolaversa, bolada nutq shakllanishida muhim oʻrin tutadi.Agar tish nuqson bilan chiqqan boʻlsa, choʻtka bilan olib tashlanmaydigan qoldiqlar paydo boʻlsa, tishlarda qora dogʻlar yoki milk qizarib, kattalashsa, ogʻriqdan shikoyat qilsa, zudlik bilan stomatologga murojaat etish kerak.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Bolaning birinchi qo’shimcha ovqati nimalardan iborat bo’lishi kerak?

Bola 6 oyga to’lgandan keyin qanday mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga kiritilish zarur?Bizning 7-mahorat darsimiz juda muhim mavzu – kichkintoylarning ovqatlanishiga bag’ishlangan. Bu va boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassis fikrini video orqali bilib oling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik

Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik bolalar yanada sifatli hayot kechirishlari uchun ota-onalarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi.Joriy yilning oktyabr oyidan 20 noyabrgacha UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda ongli ota-onalikka bag‘ishlangan kampaniyani o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bir oy davomida UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarida ota-onalarga bolalar to‘laqonli va har tomonlama rivojlanishi uchun qanday qilib eng yaxshi sharoitlarni yaratish haqidagi maslahatlarini beradilar.Tabiiyki, ota-onalarning aksariyati farzandlari uchun imkon qadar eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qiladilar. Shunday bo‘lsada, zamonaviy tarbiyalash usullaridan foydalanishga imkon bermayotgan qator to‘siqlar mavjud.«Muammolardan biri shundan iboratki, do‘stlar va qarindoshlar yaxshi niyatda, bolalarni oziqlantirishdan boshlab emlashgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha turli xil maslahatlarini berishlari mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan noto‘g‘ri axborot bolaning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi UNICEFning salomatlik va oziqlanish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Fahriddin Nizamov.«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 1000 kunida hamda bolaning olti yoshgacha bo‘lgan davrida parvarishlashning noto‘g‘ri usullarini qo‘llash ularning uzoq muddatli jismoniy va kognitiv rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, global COVID-19 pandemiyasi va u bilan bog‘liq karantin cheklovlari ham bolalar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va buning oqibatlari balog‘at yoshida ham his etilishi mumkin».Ushbu oyda UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilishning samarali usullari va uy sharoitida ushbu usullardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida ota-onalarga so‘zlab beradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar bolalarning yoshiga muvofiq bo‘lgan to‘g‘rioziqlanish, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan boqish; bolaga mehr berib g‘amxo‘rlik qilish muhitini yaratish usullari; emlashni rejalashtirish; bolaning rivojlanish bosqichlari; bolalar kasalligidan darak beruvchi belgilar; mas’uliyatli tarbiya va o‘yinlarning bola uchun ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan .Milliy va xalqaro ekspertlar tavsiyalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash ahamiyatini tushunish va bu masalada qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashish O‘zbekistonning kichik fuqarolari hayotini sifat jihatdan yaxshilashga hamda ular baxtli va to‘laqonli voyaga yetishlari uchun mustahkam poydevor yaratishda yordam beradi.Ijtimoiy tarmoqlar orqali butun mamlakat bo‘ylab ota-onalarni jalb qilishUNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali ota-onalar va vasiylar bilan muloqot qilishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqdilar va bu bilan ular uchun nafaqat dolzarb va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, balki ota-onalarni tashvishlantiradigan muammolarni taqdim etish va hal qilishga imkon yaratdilar.Joriy yilning 20 oktyabr kuni ommabop televizion kanallarda ota-onalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlari bolalarning erta yoshidagi salomatligi va oziqlanishi bo‘yicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislari maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini va ota-onalar o‘z farzandlarining ilk yoshda ta’lim olishini faol qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim rol o‘ynashlarini yana bir bor ta’kidladilar.Ushbu teleko‘rsatuvlarga qo‘shimcha ravishda, UNICEF milliy hamkorlar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali keng targ‘ib qilish uchun 11 ta qulay va tushunarli video mahorat darslarini yaratdilar.«Ushbu mahorat darslari O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan bolalar erta rivojlanishi sohasiga mansub ayrim muammolarni qamrab olgan. Mazkur videoroliklar ota-onalarni maktabgacha ta’limning ahamiyatini yanada teran anglashga undaydi», — deydi UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalri bo‘yicha maslahatchisi Vazira Nazarova.«Maktabgacha ta’lim tashkiloti kun davomida bolalar uchun faqatgina ko‘ngil ochish joyi emas. Bu hayot uchun muhim ijtimoiy va kognitiv rivojlanish, muloqot ko‘nikmalarini orttirish hamda bolaning ijodiy va jismoniy rivojlanishi makonidir. Ota-onalar o‘z farzandlarining jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ular uzoq vaqt shaxs sifatida shakllanishini ham albatta kuzatib borishlari lozim»Ongli ota-onalik oyligining yakunida Bebbo innovasion mobil ilova ishga tushiriladi. O‘zbekistonda bu turdagi birinchi raqamli vosita ota-onalarga bolalarning o‘sishi, rivojlanishi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vaqtidagi va sifatli tavsiyalarni taqdim etadi. Hali ham davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi cheklovlari sababli ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan bevosita muloqotning iloji bo‘lmagan yoki murakkablashgan davrda bu ayniqsa muhimdir.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Bilasizmi, alla aytilganda bolaning yurak urishi sekinlashadi va u tinchlanadi?

Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga taʼsiri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida koʻproq bilib oling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha taʼlim yoshdagi va 1-sinf o’quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan

Yurtimiz hududida gripp yuqtirish va uning ogʼir asoratlarini oldini olish maqsadida, 2 mln doza vaksina keltirilib, barcha maktabgacha taʼlim yoshdagi va 1-sinf o’quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan. Buning uchun Respublika miqyosida 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?

Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?Bizning 5-mahorat darsimiz sizga bola rivojlanishida o’yinlar roli haqida gapirib beradi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Kichik bolalarga tilni oʻzlashtirish va nutqni rivojlantirishga koʻmaklashish

Kichik bolalarga tilni oʻzlashtirish va nutqni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun ular bilan qanday suhbat qurish kerakligini bilasizmi?Bu savolga javob topish uchun bizning 4-mahorat darsimizni tomosha qiling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Emizishning ahamiyati

Koʻkrak suti bilan oziqatlantirish chaqalogʻingiz uchun nafaqat ozuqa sifatida qabul boʻladi, balki xavfsizlik va himoya hissini beradi.Emizishning ahamiyati haqida batafsilroq bilib olish uchun bizning 2-mahorat darsimizni tomosha qiling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Bolalarning rashki

Bir necha farzandli oilalarda ota-onalar ko’pincha bolalar rashki va o’rtasidagi raqobat muammosiga duch kelishadi. Oilada go’dak paydo bo’lganidan so’ng katta yoshdagi bolalar o’zlarining avvalgi «kumir» holatiga qaytishga intilishadi: tajovuzkor xatti-harakatlar, negativ yoki ko’z yoshlarini ko’payishi kuzatiladi.❗️Ota-onalar rashkchi farzandni tanqid qilmasligi, ta’na qilmasligi yoki ustidan kulmasligi kerak.❗️Ota-onalar rashkchi bolani «kattalar» harakatlarini namoyon qilishida rag’batlantirishlari kerak (masalan poyabzalini o’zi kiysa yoki o’yinchoqlarni yeg’ib qo’ysa).❗️Bola katta bo’lish sharaf va imtiyoz ekanligini tushunishi kerak.❗️Onaga go’dakni boqish qanchalik qiyin bo’lmasin, u har kuni katta farzandi bilan ham muloqot qilish va o’ynashi uchun vaqt topishi kerak.❗️Ota-onalar har bir farzandini kerakli darajada sevishi lozim. Bolalarga bir xil muhabbat kerak emas, ular boshqalar kabi emas, balki o’zgacha tarzda sevilishini orzu qiladilar.❗️Farzandlarigizni hech qachon bir-biri bilan taqqoslamang.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Qoʻlni sovunlab yuvish

Maktabgacha ta'lim vazirligi
20-oktabrdan bola parvarishiga doir muhim tavsiyalar taqdim etiladi

Bola kasal boʻlmasligi uchun nimalar qilish kerak? Olti oylik goʻdakka qanday qoʻshimcha ovqatlar bersa boʻladi? Bolaning tishlari chiqayotganda nimalarga eʼtibor qaratish zarur? Jajji oʻgʻil-qizlarning qomati toʻgʻri shakllanishi qanday omillarga bogʻliq? Ularga harf tanitishni qachondan boshlagan maʼqul? Farzandlarimizning immunitetini qanday mustahkamlash mumkin? Har bir ota-ona farzand parvarishida shu kabi minglab savollarga roʻbaroʻ keladi va har biriga toʻgʻri javob topishga harakat qiladi. Ayniqsa, yosh oilalarda bu jarayon bir muncha murakkab kechishi tabiiy. Bunday vaziyatda koʻpincha kattalarning koʻmagiga suyanishimiz bor gap. Boboyu buvilarimizning koʻrsatma va yoʻl-yoʻriqlari, hayotiy tajribasi biz uchun dasturilamal. Ammo bugungi taraqqiyot asrida farzand tarbiyasiga doir har bir vazifa va yumushni ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq bajarish maqsadga muvofiq. Buning tibbiy hamda pedagogik jihatdan maqbul metod va texnologiyalari ham ishlab chiqilgan. Ertaga — 20-oktyabrdan boshlab ana shunday tavsiya va maʼlumotlar bilan bepul tanishib borishingiz mumkin. Chunki ushbu sanadan eʼtiboran YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida yurtimizda “Ota-onalar oyligi” eʼlon qilinmoqda. Mazkur qoʻshma loyiha bolalarning ilk rivojlanish davrida ota-onalarga koʻmaklashishni koʻzda tutadi. U kichkintoylar parvarishiga doir ilmiy-amaliy dalillarga asoslangan muhim maʼlumot hamda tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan.Buning uchun yetakchi mutaxassis va soha ekspertlari bir oy davomida ilk bosqichda bolalarni toʻgʻri parvarishlash hamda ularning sogʻlom rivojlanishini taʼminlashga doir ilgʻor tajribayu maslahatlari bilan oʻrtoqlashadi. Ana shu materiallar salomatlik, toʻgʻri ovqatlanish, immunitet mustahkamlanishi, bolalarda koʻnikmalarni erta shakllantirish, ragʻbatlantirish, himoya va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar, foto va videolavhalarni oʻz ichiga olgan. YUNISEF, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda boshqa media-maydonlar orqali mavzuga oid qiziqarli hayotiy misollar, maqolalar va mahorat darslari aholiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, oylik doirasida mutaxassislar ota-onalar va bola parvarishi bilan shugʻullanuvchilar savollariga teledasturlar orqali ham javob beradilar. — Farzandlar hayotining ilk yillarida ular parvarishiga eʼtiborli boʻlish inson kapitali, sogʻlom jamiyat va kelajakni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi, — deydi YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. — Salomatlik, oziqlanish, xavfsizlik va erta taʼlim bilan bogʻliq ilk tadbirlar bolalar rivojlanishining asosidir. Oʻgʻil-qizlarni hayotining dastlabki yillarida ota-onalar va boshqa tarbiyachilar tomonidan toʻgʻri parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash ularning barkamol rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biridir. Bu oʻgʻil-qizlarning kelgusi hayotidagi muvaffaqiyatlar uchun ham poydevor boʻladi. Yana bir yangilik: hozirgi kunda YUNISEF, Sogʻliqni saqlash va Maktabgacha taʼlim vazirliklari ota-onalar hamda bola parvarishlovchilarga moʻljallangan innovatsion dastur — “Bebbo” mobil ilovasini yaratish ustida ish olib bormoqda. 7 yoshgacha boʻlgan kichkintoylarni tarbiyalashda asqatadigan mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekistonda 2021-yilning noyabr oyida ishga tushiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligiAxborot xizmati.

Вид сайта
Размер шрифта