Fotogalereya
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarni o‘z egalariga tarqatish ishlari davom etmoqda

                                         

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bola kulgusi dunyodagi eng baxtiyor kulgudir

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 20-noyabr – Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga 34, 389-sonli MTTlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari shu bilan birga, Puchon, A.I.Gersen nomidagi RDPU universiteti Toshkent shahridagi filiallari qoshidagi bog‘cha bolalari va talabalari bilan taklif etildi. Barchaga ma’lumki, ushbu sanada butun yer yuzida bolalarni huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi va Deklaratsiyasi qabul qilingan. Tadbirning ahamiyatga molik jihati shundan iborat bo‘ldiki, barcha bolajonlar uchun ularning huquqlari va erkinliklari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining shaxsan o‘zi tomonidan ertaknamo tarzda tushuntirib berildi. Bolajonlar bilan mavzu yuzasidan o‘yin tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, Toshkent davlat sirkining mutaxassislari tomonidan bolajonlarga qiziqarli tomoshalar hamda bola huquqlari haqida multfilm namoyish etildi. Bolajonlar agentlik xodimlarini faoliyatlari bilan tanishishdi, ularning kun davomida maktabgacha ta’lim  sohasini rivojlantirish uchun olib borayotgan ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, turli savollarga tutishdi. Tadbir yakunida barcha bolajonlar o‘z qo‘llari bilan rangli dastxatlarini devorga esdalik uchun tushirishdi va sharlarga ismlarini yozib osmon-u falakka uchirishdi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

19-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi, Jahon bankining ta'lim sohasidagi global amaliyoti rahbari Rita Almeyda xonim boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi. Missiyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish. Rita Almeyda xonim "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari portfelida amalga oshirilishini baholash bo'yicha birinchi o'rinni egallashini ta'kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha hisobotlarni, bajarilgan ishlarni, shuningdek joriy vazifalarni amalga oshirish holatini muhokama qildilar. Ma'lumot uchun: "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi 2019-yildan 2024-yilgacha davr uchun mo'ljallangan bo'lib, asosan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 59,5 mln. AQSh doll. kredit mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan beshta komponentga bo'lingan. Taklif etilayotgan loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida quyidagi ikkita grant tasdiqlandi: (I) Ta'lim sohasida Global hamkorlik granti (TGH) Moliyalashtirishni to'ldirish jamg'armasi mablag'laridan 9,5 mln. AQSh doll.; va (II) Moliyalashtirishga asoslangan yondashuvlar bo'yicha Global hamkorlik granti (MAYBGH) 4,85 mln. AQSh doll. miqdorida, natijada jami mablag 73,85 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning maqsadlari quyidagilardan iborat: erta yoshda ta'lim olishga bo'lgan imkoniyatni yaxshilash, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhiti sifatini oshirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun ta'lim sifatini tizimli ravishda nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish. O'zbekiston tomoni maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar to'plamini taqdim etdi, uning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida" gi PF-158-sonli farmonida aks etgan tashabbuslari qabul qilindi. Xususan, yuqoridagi vazifalarga samarali erishish uchun hamkorligimizni oshirish maqsadida quyidagi istiqbolli yo'nalishlar taklif etildi: 1) maktabgacha ta'limning muqobil shakllari sonini ko'paytirish orqali maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini oshirishda hamkorlik qilish; 2) MTTlarda kompyuter sinflarini tashkil etish, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlash bo'yicha hamkorlik; 3) zamonaviy sanitariya-gigiyena tizimini tashkil etishda, shuningdek, MTTlar o'rtasida suv ta'minoti tizimini takomillashtirishda hamkorlik. Tomonlar, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish (shu jumladan nodavlat sektorda ham), o'quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, didaktik materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish (shu jumladan didaktik materiallar to'plamini raqamli mahsulotlar bilan to'ldirish), MTTlarni boshqarish bo'yicha bo'yicha "EMIS" (hozirgi "Bolalar Bog'chasi") axborot tizimini takomillashtirish kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida Rita Almeyda xonim tomonidan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qaratilgan barcha takliflarning ahamiyati qayd etildi. Bundan tashqari, missiya rahbari qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga to'liq tayyorligini bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublika maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan fotoreportaj

Maktabgacha ta'lim agentligi
"ZUKKO BOLAJON" BUXORODA - FOTOREPORTAJ

   

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalar kunida yangi bog‘chaning ochilishi bo‘lib o‘tdi FOTOREPORTAJ

FOTOREPORTAJ -       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazmda bo'lib o'tgan III velomarafonda olingan fotosuratlar

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Etnosport turlarini ommalashtirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar

Maktabgacha taʼlim   agentligi tomonidan Oʻzbekiston   Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-259-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oktabr oyida o'tkazilgan Press-turdan fotorepartaj

Ishtirokchilar Press-tur davomida Toshkent shahrining 4 ta tumanida bo'lishdi va bu yerdagi bog'chalarni ko'zdan kechirishdi.Bog'chalar: 1. "LITTLE TOTS ACADEMY" nodavlat DXSH asosidagi MTT, Yunusobod tumani; 2. 42-sonli DMTT, Sergeli tumani; 3. 122-sonli DMTT, Yangihayot tumani; 4. 124-sonli DMTT, Yangihayot tumani; 5. "Kelajak poydevori" oilaviy MTT, Olmozor tumani. --------------------------------------- ---------------------------------              

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fotorepartaj

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ham ishtirok etishdi. Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar: 2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda. Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi koʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi. Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi. Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.  Muammolar Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan. Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi. Vazifalar Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish. Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani

2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi. 2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi. 2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda. Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi. Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda. 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi. 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi. 2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi. II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun: - har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish; - maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish; - qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish; - yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish; - nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish; - turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish. Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi. Buning uchun: - maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish; - maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun: A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish; A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish; maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish; - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish. Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun: - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish; - pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bayram tuhfasi: Xorazmda 5 ta bogʻcha ish boshladi

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bogʻot, Shovot, Xiva tumanlarida va Urganch shahrida bittadan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Gurlan tumanidagi «Oyilma» mahallasida esa 120 oʻringa moʻljallangan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 2 yarim milliard soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurildi. Urganch shahridagi 38-sonli mahallada ham yana bir «Shaxzoda» nomi bilan yangi DXSH asosidagi nodavlat MTT 100 nafar bola quvvatida faoliyat yurita boshladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 100 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi. Ushbu nodavlat bogʻchaning ochilishi natijasida Urganch shahridagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 100 foizga yetdi. Xiva tumanida yana bir yangi foydalanishga topshirildi. “Indavak” mahallasidagi bolalarning endilikda 295 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Buning hisobiga tumanda bolalar qamrovi 61.3 foizga yetdi. Yangi ochilgan davlat xususiy sherikligi asosidagi ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 100 nafar bolajon uchun xizmat qiladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 446 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim tizimi faoliyati oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati maktabgacha va xalq taʼlimi tizimida sifat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish hamda vakant boʻlgan xalq taʼlimi boʻlim mudirlari va maktab direktorlik lavozimlarni toʻldirish boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlarni boshladi. Xususan, joriy yilning 23-may kuni viloyatimizning Sariosiyo va Denov tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sariosiyo tumanida “Erkatoylar”va «Zolushka» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati oʻrganildi. Denov tumanidagi “Kinderland kids” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari koʻrib chiqildi. Oʻrganish jarayonida tadbirkorlarning nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi muammolari tinglandi hamda ularning taklif-mulohazalari ishchi guruh tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, ishchi guruh Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sherobod tumanida 19-sonli davlat va 86-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻrib chiqildi. Boysun tumanidagi “Kinder baby” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari oʻrganildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir. Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.   Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi haqida

“Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta muddatli (2023-2025-yillar) chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandiga muvofiq “Xalqaro Yer sayyorasi kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika koʻrgazmasini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman (shahar), viloyat bosqichlari oʻtkazilib, hududiy boʻlinmalar bosqichida gʻolib deb topilgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etilgan. Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlov Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan hududlarda, “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etadi. Shu yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan 14 ta hududdan yuborilgan jami 42 ta rasmlar turli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat komissiya aʼzolari tomnidan baholandi hamda I, II, III oʻrin va nominatsiyalar gʻoliblari aniqlandi. Jumladan: I oʻrin - Dadamirzayev Gʻanimirza, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, 9-son DMTT II oʻrin - Saloxiddinova Xurshida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani,5-son DMTT II oʻrin - Xudayberganova Ziyoda, Xorazm viloyati Yangibozor tumani, 17-son DMTT III oʻrin - Tavakallova Shaxnoza, Buxoro viloyati Romitan tuumani, 29-son DMTT III oʻrin - Roʻzimov Shaxzodbek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, 3-son DMTT III oʻrin - Abdusalomova Dilnozaxon, Toshkent shahri Uchtepa tumani, 360-son DMTT Oʻrin olgan va nominatsiyalar gʻoliblari vazirlikning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar g'oliblari.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari va Koreyaning “EdulikGlobal” taʼlim kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan S-board loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan dastlabki S-board dasturining 1.5-versiyasi eksperimental sinovdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻylab, yil yakuniga qadar eksperimental sinovning keyingi bosqichlarida S-board dasturining 2.0 versiyasi sinovdan oʻtkaziladi. Eksperimental sinov jarayonlarida S-board dasturining yakuniy versiyasi ishlab chiqilib, keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi. Shuningdek, Chungrim Xon xonim “EdulikGlobal” kompaniyasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yanada joriy etishning turli yoʻnalishlarida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Xususan, “EdulikGlobal” kompaniyasi prezidenti Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi tashkilotlarida, Chungrim Xon xonim tomonidan ishlab chiqilgan - davlat xizmatchilari uchun ingliz tilini oʻrganadigan onlayn platformani ishga tushirishni taklif qildi. Mehmonlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida salmoqli natijalarga erishilgan, shu bilan birgalikda respublikada maktabgacha taʼlim tizimidagi yangi yutuq va innovatsion yechimlarga erishish yoʻlida olib borilgan ishlar maktabgacha taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishish uchun zamin yaratilgan.   Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida oʻquv jarayonini rivojlantirishda birgalikdagi ishlarni davom ettirish toʻgʻrisida tomonlar kelishib olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda

DMTTlardagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rasm chizishga boʻlgan qiziqishini shakllantirish hamda tabiat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maqsadida, shuningdek “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan barcha hududlarda “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.Xususan, Qarshi shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur koʻrgazmaning viloyat bosqichi oʻtkazildi. Xuddi shu kuni Surxondaryoda ham mazkur koʻrik tanlov davom etdi. Xorazm viloyati ham ushbu tanlovni keng miqyosda nishonladi. Binobarin Qo'shko'pir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'z chizgan rasmlari orqali tabiatni tasvirladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi

Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.“Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. “Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”. “Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva. “Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.   “Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi va ertangi kelajagini yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi. Koreya delegatsiyasi rahbari oʻz nutqida maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni oshirish tarafdori ekanini alohida taʼkidladi. Mehmonning fikricha, maktabgacha taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarni samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining maktabgacha taʼlim tizimiga eʼtibori ortib borayotgan bir paytda, Koreya tomoni KOIKA loyihasi doirasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish uchun kompleks markazni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga bu borada har tomonlama yordam koʻrsatishini alohida taʼkidladi. Oʻz navbatida janob Kim Xi-Sang Koreyaning EBS bolalar taʼlim telekanali va Oʻzbekistonning «Aqlvoy» telekanali oʻrtasida aloqalarni mustahkamlashda Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻmaklashish uchun tayyorligini bildirdi. Xususan, janob Kim Xi-Sang Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan barcha bolalar turli oʻquv animatsion filmlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻlishlari uchun telekanallar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanishini taʼminlashga vaʼda berdi. Muzokaralar natijasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim jarayonini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olishdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Вид сайта
Размер шрифта