Sayt test rejimida ishlamoqda

E'lonlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin: - @pravoinf (rus tilida) - @leginf (ingliz tilida) - @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida) Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Приглашение к участию в торгах (Закупка строительных работ)

Представительство Корейского агентства международного сотрудничества (KOICA) в Узбекистане приглашает иностранных и местных участников на тендер для участия в проекте «Наращивание потенциала учителей дошкольного образования» (ECT) посредством создания Комплекса преподавания, обучения и развития (TLD) в Узбекистане Приглашение к участию в торгах.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta:  1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va  tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"  bayrami arafasida  taqdirlanadi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
PEDAGOGIKA KOLLEJLARIGA O‘QISHGA MARHAMAT!

Kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi, ta’lim sohasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilgan va olgan nazariy bilimlarini bevosita ish joyining o‘zida amaliyot bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xoxlaysizmi, unda Sizni respublikamizning pedagogika kollejlariga o‘qishga taklif etamiz. Respublikadagi pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarida maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash maqsadida malakali kadrlarga bo‘lgan o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qoplash uchun zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2023/2024 o‘quv yili uchun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 91 ta pedagogika kollejlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning  10 sentabrga qadar davom etadi. Pedagogika kollejlariga ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllari bo‘yicha quyidagi kasblar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi: 1.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi; 2.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi; 3.  Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi; 4.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalar menejeri; 5.  Jismoniy tarbiya va sport; 6.  Kutubxonashunoslik; 7.  Musiqa rahbari; 8.  Oshpaz. Abiturientlar hujjatlarini elektron  my.uzbmb.uz orqali onlayn qabul qilinadi.  Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi kasbi bo‘yicha dual ta’lim shakllariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni tamomlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha  professor-o‘qituvchilarining 30 foizini Koreya Respublikasining Puchon universitetidan yuborilgan yuqori malakali mutaxassislar tashkil topgan Toshkentdagi Puchon universitetiga kirish imtihonlarisiz suhbat orqali 2-kursdan o‘qishini davom ettirishga ega bo‘ladi. Hali bu hammasi emas mazkur “2+2” ta’lim dasturi doirasida o‘qishini tamomlagan bitiruvchilar maktabgacha ta’lim sohasida o‘z karerasini muvaffaqiyatli boshlash uchun Koreya Respublikasining Puchon universitetida 1 yil o‘qishini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat, ko'rik-tanlov!

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini 2023-yil                avgust-sentabr oylari davomida uch bosqichda o‘tkaziladi.       birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida 2023-yil 14-19-avgust kunlari;       ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida 2023-yil 4-9-sentabr kunlari;       uchinchi bosqich – Respublika miqyosida 2023-yil 20-21-sentabr.   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi quyida oltita nominatsiyada o‘tkaziladi. a) “Eng yaxshi metodist”, bunda oliy ma’lumotli metodistlarning maktabgacha ta’lim tizimiga oid yaratgan ilg‘or o‘qitish metodikasi bo‘yicha ishlari ko‘rib chiqiladi; b) “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, bunda oliy ma’lumotli tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy bilimlarga ega, kasbiy faoliyatiga yangicha yondashgan, ta’lim-tarbiya jarayonida fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsata olgan, shuningdek, o‘z faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘zining ilg‘or tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadigan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. v) “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangiliklari, yaratgan ijodiy ishlari, videoroliklari, ko‘rgazmali va didaktik materiallari bo‘yicha yutuqlari ko‘rib chiqiladi; g) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali qo‘llashga oid ishlari ko‘rib chiqiladi; d) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga ekologik bilim va tarbiya berishdagi noan’anaviy yondashuvlari, ekologik ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yaratgan yangi ijodiy mahsulotlari, ta’limiy materiallarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; e) “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi”, bunda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, maa’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. Tanlovning “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodist lavozimida hamda “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli va boshqa to‘rtta nominatsiya bo‘yicha tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli kamida          3 (uch) yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, ya’ni metodist va tarbiyachilar ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Har bir metodist va tarbiyachi faqat bitta nominatsiya bo‘yicha qatnashish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)dagi birinchi bosqichdan boshlab ishtirok etadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyalar faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi xulosasiga asosan quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi: - pasport nusxasi; - mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - maktabgacha ta’lim tashkilotining nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun Tavsiyanomasi; - my.mehnat.uz platformasidan olingan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Taqdim etilishi kerak ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi. Tanlovning har bir bosqichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi. Tanlovning uchinchi bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekistonning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston—2030” strategiyasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.   Unutmang, Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tender oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Tender nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel va boshqa jihozlarni elektron shaklda xarid qilish. Tender predmeti (tovar) – 2023-yilda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel va boshqa jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish. Tender tashkilotchisi: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi. Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Tender savdolari ishtirokchisi: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi; Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi; Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak. Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan. Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi. Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish Tender gʻoliblaridan talab etiladi. Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim agentligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin: Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (+99891 010-71-77). e-mail : equip@mpe.uz Masʼul: B.Nabixoʻjayev, J.Mamanazarov Tender ishtirokchisi mahsulot namunalarini eʼlon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim. Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122-uy, tel.: (+99891 010-71-77) Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim agentligi
E’LON

ISLOM TARAQQIYOT BANKI bilan hamkorlikdagi loyiha UMUMIY XARIDLAR HAQIDA E’LON  DAVLAT: O‘zbekiston Respublikasi LOYIHA NOMI: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish SEKTOR: Ta'lim Moliyalashtirish usuli: Installment sale Moliyalashtirish raqami № UZB1018  O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot bankidan 30,0 million AQSh dollariga teng mablag‘lar uchun ariza berdi. Loyiha doirasida mablag‘ning bir qismi tovarlar, ishlar, tegishli xizmatlar va konsalting xizmatlar xaridi uchun qo‘llaniladi. Ushbu loyiha Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi.       Loyiha quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:  1-komponent. Maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish. Ushbu komponent bo'yicha xususiy hamkorlar o'rnatilgan mahalliy amaliyotiga muvofiq tanlanadi. Komponent 2. Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish tizimi va salohiyatini oshirish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Agentligi ushbu komponent uchun yagona manba tanlash (SSS) asosida jalb qilinadi. Komponent 3. Loyiha boshqaruvini qo'llab-quvvatlash. Ushbu komponent bo'yicha jihozlar, mebellar va transport vositalarini yetkazib berish uchun pudratchilar “shopping” tartibi orqali tanlanadi. Komponent 4. Moliyaviy audit bo'yicha maslahatchi. Ushbu Komponent bo'yicha maslahat xizmatlari mahalliy qisqa ro'yxatga kiritilgan konsalting firmalari orasidan eng kam xarajat tanlash (LCS) usuli orqali tanlanadi. Komponent 5. Texnik ko'rib chiqish va monitoring bo'yicha maslahatchi. Ushbu Komponent bo'yicha maslahat xizmatlari mahalliy qisqa ro'yxatga kiritilgan konsalting firmalari orasidan eng kam xarajat tanlash (LCS) usuli orqali tanlanadi.  Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan kontraktlarni xarid qilish Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomada (2019-yil aprel nashri) belgilangan tartiblar bo‘yicha amalga oshiriladi va barcha yo'riqnomada ko'rsatilganidek, tender ishtirokchilari uchun ochiqdir. Konsalting xizmatlari Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida maslahatchi xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga (2019-yil aprel nashri) muvofiq tanlanadi.  Konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar boʻyicha qiziqish bildirish soʻrovi (REOI) ular mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida hamda O'zbekiston Respublikada tirajlanadigan bitta gazetada eʼlon qilinadi.  Yuqorida qayd etilgan loyiha boʻyicha tovarlar, ishlar va konsalting xizmatlarini taqdim etishda ishtirok etish istagida boʻlgan yoki qoʻshimcha maʼlumotga muhtoj boʻlgan manfaatdor firma va jismoniy shaxslar Benefisiarga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari kerak:  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi F.I.Sh. va lavozimi: Oyattillo Raxmatillayev, (direktor birinchi o‘rinbosari) Manzil: 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 17-uy. Telefon: +998 71- 207-04-07 E-mail: devon@mpe.uz Veb-sayt: www.mpe.uz

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Tender oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Tender nomi: Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari boʻyicha elektron shaklda xarid savdolarini oʻtkazish. Tender predmeti (tovar) – 2022-yilda Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari tashkil etish. Tender tashkilotchisi: Maktabgacha taʼlim vazirligi. Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Tender savdolari ishtirokchisi: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi; Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi; Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda eng yaxshi taklifni tashlash hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak. Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home) joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan. Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi. Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni oʻrnatish, montaj qilish va boshqa xizmatlarni amalga oshirgan holda xavfsizlik choralariga muvofiq foydalanish uchun tayyor holatga keltirish tender gʻoliblaridan talab etiladi. Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin. Tender ishtirokchisi mahsulot katalogini e’lon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim. Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (998 71) 207-04-08 (808), (+99891 010-71-77). e-mail : equip@mpe.uz Masʼul: J.Mamanazarov, B.Nabixoʻjayev Tender takliflari zakalat koʻrinishida: mahalliy va xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchilari tomonidan tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1,0 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda Davlat xaridlari elektron tizimining maxsus hisob raqamiga oʻtkazishi shart. Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim. Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni va oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlarining (jihozlar xarid qilish, oʻrnatish, montaj qilish va boshqa xizmatlari bilan birga) eng yuqori summasi     Lot nomi Jihozlash ishlari Eng yuqori summasi Boʻnak summasi( 1 % )   Mobil guruhlari sifatida faoliyat koʻrsatadigan avtobuslarni jihozlash ishlari Roʻyxat boʻyicha 1 897 000 000 18 970 000   Mobil guruhlari uchun oʻyin maydonchalarini jihozlash ishlari Roʻyxat boʻyicha 2 079 613 648 20 796 137  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyasiz halollik sari

E’LON!!! Hurmatli fuqarolar, agar sizda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar haqida ma’lumotlar yoki murojaat bo‘lsa,  bizga  @MTVanticor_bot orqali xabar yozib qoldiring! Sizning shaxsingizga oid ma’lumotlar oshkor qilinmasligi  kafolatlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
30-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 2022 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi.

Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir.Quyida ushbu  xalqaro sayyohlik yarmarkasi haqida materiallar taqdim etiladi: Фото-20220915T231726Z-001.zip Пресс-релиз ТМТЯ.docx Press Release TITF.docx press-reliz TXTY.docx  

Maktabgacha ta'lim agentligi
5 yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni OTMga suhbat asosida qabul qilish uchun tavsiyanoma beradigan tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tavsiyanomasini olish uchun maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli xodimlar (MTT pedagog kadrlari va hududiy boʻlinmalarning hisobchilari) 2022-yil 11-avgustidan – 2022-yil 16-avgust kuniga qadar hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin: Pasport yoki ID karta nusxasi; Oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; Mehnat daftarchasining nusxasi; Faoliyati davomida erishgan yutuqlari (faxriy yorliq, sertifikat, diplomlarning nusxalari). Amaldagi tartibga koʻra, 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va ushbu tashkilotlardan tavsiyanoma olganlar OTMga suhbat asosida qabul qilinadi. Suhbat jarayoni avgust oyining soʻnggida OTMlar tomonidan tashkil etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagogika kollejlarining 2022/2023 oʻquv yili uchun kunduzgi, sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 3-avgustdagi “2022-2023-oʻquv yilida professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul  qilishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 262-son buyrugʻi bilan pedagogika kollejlarining 2022/2023 oʻquv yili uchun kunduzgi, sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi. Mazkur qabul parametrlariga asosan 92 ta pedagogika kollejlarida 2022-yil 10-avgustdan – 10 sentabr kuniga qadar (shu kun ham) quyidagi mutaxassisliklar uchun qabul eʼlon qilindi: Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi; Musiqa rahbari; Jismoniy tarbiya va sport; Maktabgacha taʼlim tashkiloti xoreografiyasi Kutubxonashunoslik; Oshpazlik, qandolatchilik; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari maishiy masalalar boʻyicha menejeri. Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda. Roʻyxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari mumkin. Pedagogika kollejlariga qabul jarayoni boʻyicha pedagogika kollejlarining direktorlariga murojaat qishingiz mumkin. Пед коллеж директорлари.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tanlov yakunlandi

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va koʻkrak nishoni dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan edi. Joriy yilning 23-iyun kuni tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda qayd etilishicha, eʼlon boʻyicha 5 nafar fuqarodan koʻkrak nishonining nomi boʻyicha va 10 nafar fuqarodan koʻkrak nishonining dizayni boʻyicha takliflar kelib tushgan. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari tomonidan ikki yoʻnalish boʻyicha fuqarolardan kelib tushgan takliflarning har biri birma-bir koʻrib chiqildi. Qoʻmita aʼzolari koʻkrak nishonini nomi boʻyicha kelib tushgan takliflarga bir ovozdan eʼtirozlar bildirib, nomunosib deb topdi. Shundan soʻng ikkinchi yoʻnalish koʻkrak nishoni dizayni boʻyicha kelib tushgan 10 ta hujjatning eng munosibiga ovoz berilib, 3 ta hujjat ajratib olindi. Ammo qoʻmita aʼzolari tomonidan qayta muhokama qilish taklif qilindi. Yigʻilish yakuniga koʻra, tanlov boʻyicha fuqarolardan kelib tushgan takliflar bir ovozdan maʼqullanmaganligi sababli tanlov gʻoliblari aniqlanmagan deb topildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi vazirlikning koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va dizaynini yaratish boʻyicha TANLOV EʼLON QILADI

Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan rahbarva pedagog kadrlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni sohaga jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan vazirlikning koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va koʻkrak nishoni dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi. Tanlovda barcha ijodkor dizaynerlar va jamoatchilik ishtirok etishi mumkin. Tanlovga ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar quyidagi shart va talablarga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilinadi: – koʻkrak nishoni nomi, guvohnomasi va qisqacha tavsifi kreativ, maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi eʼtiborga olinadi. – koʻkrak nishoni dizaynida esa maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator), va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilgan boʻlishi shart. Tanlovda yuqoridagi ikki yoʻnalish boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 10 000 000 (oʻn million soʻm) pul miqdorida taqdirlanadi.  Ijodiy ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar @mtv_tanlov_bot telegram boti, devon@mpe.uzva mdo@exat.uz elektron pochta yoki Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manziliga muallifning FISH, Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi) seriyasi va raqami, manzili, telefon raqami hamda elektron pochta manzili aniq koʻrsatilgan holda yuborilishi lozim: 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi,17-uy. Тел: 97 604 43 89, 99 720 13 24 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirliginingkoʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovning oʻtkazilishiga oid QOIDALAR 1. Tanlovning maqsadi 1.1. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovni (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soladi. 1.2. Tanlov Vazirlik tomonidan Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha keng jamoatchilik va soha mutaxassislarning fikrini inobatga olgan holda yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda. 1.3. Tanlov doirasida koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha eng yaxshi takliflar tanlab olinadi. 2. Tanlov ishtirokchilari 2.1. Tanlovda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. 3. Tanlovning texnik shartlari 3.1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod tomonidan koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi (rangli koʻrinishda) boʻyicha aniq takliflarini vazirlik elektron manziliga yuborishlari shart. 3.2. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifiva guvohnomasiga quyiladigan talablar: koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi; koʻkrak nishoni dizaynida esa, maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator)va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilishi; koʻkrak nishoni nomlanishida “fidoiy” va “aʼlochi” soʻzlaridan foydalanmaslikka alohida eʼtibor qaratish lozim. 4. Arizalarni taqdim etish 4.1. Tanlovda ishtirok etish istagi bildirgan nomzodlar quyidagilarni: ariza (ilovaga muvofiq); tanlov boʻyicha aniq takliflar vazirlikning devon@mpe.uz va mdo@exat.uz elektron pochtasiga yoki 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 17-uy manziliga yuborilishi lozim. 5. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifiva guvohnomasi namunasini baholash mezonlari 5.1. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi namunasini baholash mezonlari: oʻziga xoslik (unikal) va original; koʻkrak nishon nomi jozibador va jarangdor boʻlganligi; koʻkrak nishonida maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olganligi va uning batafsil tavsifi. 6. Baholash 6.1. Yuborilgan takliflar vazirlik tomonidan tuzilgan tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi. 6.2. Tashkiliy qoʻmita vazirlik xodimlaridan va soha mutaxassislaridan (kelishuvga koʻra) tashkil topgan boʻladi. 6.3. Tashkiliy qoʻmita quyidagilarni amalga oshiradi: ishtirokchilardan arizalar va tanlov ishlarini yigʻish; tanlovga taqdim etilgan ishlar, materiallar va hujjatlarni tekshirish ishlarini tashkil etish; tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash; baholash uchun har bir tanlov ishiga individual yondashish; mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan Tanlov shartlariga mos kelmagan ishlarni muallifni ogohlantirmasdan Tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirish. 6.4. Tanlovning tashkiliy qoʻmitasi tanlov ishlarini jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etish va tanlov jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida muallifni xabardor qilmasdan va ularga haq toʻlamasdan har qanday tanlov ishlarini toʻliq yoki qisman nashr etish huquqiga ega. 7.Tanlovni oʻtkazish shartlari va tartibi 7.1. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich: saralash bosqichi; 2-bosqich: yakuniy bosqich. 7.2. Saralash bosqichida Tanlov tashkiliy qoʻmitasi ishlarni texnik talablarga mosligini tekshirib, yakuniy bosqichga oʻtkazish uchun munosib ishlar boʻyicha taklif kiritadi. 7.3. Eng yaxshi ishlar vazirlikning Axborot xizmatidan foydalangan holda koʻkrak nishoni nomi va uning koʻrinishi, tavsifi, guvohnomasi loyihasi uchun kontrafaksiyaga tekshiriladi. 7.4. Kontrafaksiyaga yoʻl qoʻygan ishlar Tanlovdan chetlashtiriladi. 7.5. Tanlov ishlari 2022-yil 7-iyundan 17-iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 7.6. 2022-yil 14-iyundan keyin kelib tushgan ariza va ishlar Tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 7.7. Tanlovda ishtirok etish Tanlov shartlari bilan tanishib chiqqanlikva ularga toʻliq rioya etilishiga rozilikni anglatadi. 7.8. Gʻoliblarni tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: tanlov ishlari 2022-yil 19-iyundan 29-iyungacha tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi va eng yaxshi ish aniqlanadi; mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan tanlov shartlariga mos kelmaydigan tanlov ishlari tashkiliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilmaydi; tashkiliy qoʻmitaning baholash natijalariga koʻra, ijobiy xulosa berilgan ishlar orasidan tanlov gʻolibi aniqlanadi; tanlov jarayonlari va natijalari boʻyicha shikoyatlar/appelyatsiyalar qabul qilinmaydi; agar gʻolib aniqlanmasa, tashkiliy qoʻmita tanlovni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega. Tanlov gʻolibi vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy sahifalarida eʼlon qilinadi. 7.9. Gʻoliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi: koʻkrak nishoni nomi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm; koʻkrak nishoni koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm. 8. Mualliflik huquqlari 8.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya etilishiga, tanlovda ishtirok etish uchun oʻz ishini topshirgan ishtirokchi shaxsan javobgardir. 8.2. Mazkur qonunga asosan, tanlov doirasida ishtirokchilarning “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasidan uning roziligisiz Vazirlik tomonidan foydalanishi (kontrafaksiyaga tekshirishi, keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etishi va bosma OAVda chop etishi) mumkin. 8.3. Tanlovda muallif tomonidan boshqa shaxslarning yaratgan ishlari bilan yoki ulardan foydalangan holda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi va uningoʻz shrifti (yangi element) bilan yaratilgan ishlar qabul qilinadi. 8.4. Vazirlik tomonidan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” rasman qabul qilinayotganda “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasiga oʻzgartishlarva qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. 8.5. Mazkur tanlov natijasiga koʻra, gʻolib dep topilgan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasining barcha huquqlari Vazirlikka oʻtadi va mutlaq huquq Vazirlikka tegishli boʻladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
E'lon!

Joriy yilning 4-mart kuni soat 10:00 da Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.  Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.  Пресс_релиз_2021_йил_натижалари_ва_2022_йил_режалари.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi tanlov eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyena talablari amaldagi (SanPiN) asosida tuman va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doirasida amalga oshiriladi. Tanlovda yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, umumiy ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi korxona va tashkilotlar Tanlov Komissiyasining Ishchi organi – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni taʼminlash boʻlimi (S.Mirzakarimov, A.Agasiyev) bilan bogʻlanishlari soʻraladi. Tanlov ishtirokchilarining takliflari tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi (tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza tashqi konvert ustiga yelimlanadi). Tanlov ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining veb-saytida (www.mdo.uz) berilgan tanlov hujjatlari namunalari bilan tanishib, oʻzining ushbu tanlovda ishtirok etishini rasmiy ravishda xat orqali maʼlum qiladi. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha takliflar (rasmiy xat va muhrlangan yopiq konvertda) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼul xodimlariga taqdim etilishi yoki pochta orqali vazirlikka yuborilishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha takliflar2021-yil 18-29-oktyabr kunlari soat 10:00 dan  17:00 gacha (shanba, yakshanba dam olish kunlari hujjatlar qabul qilinmaydi) qabul qilinadi. Belgilangan vaqtda taqdim etilmagan takliflar qabul qilinmaydi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida oʻtkaziladi. Manzil: 100070, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy. Maʼlumot uchun tel.: 71 207-04-08 (890, 856); E-mail: autsorsing2021@list.ru Tanlovga qoʻyilgan MTTlarning lotlar boʻyicha taqsimlanishi mazkur eʼlonning 1-ilovasida koʻrsatilgan. Ilova-1-5Скачать Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov oʻtkazish TARTIBI 2-ilovada koʻrsatilgan. 2-ilova-TartibСкачать Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlovda g‘olib bo‘lgan talabgorlarga shartnoma loyihasi 3-ilovada ko‘rsatilgan. 3-ilova-shartnomaСкачать 4-ilovaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mebel, jihoz va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash" (№RFBG/2/02/20 – son) paketi bo'yicha tender savdolari natijalari

2021 yil 7 iyulda o'tkazilgan tender savdolari natijasiga ko’ra, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" investitsiya loyihasi doirasida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mebel, jihoz va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash " paketi bo'yicha xarid komissiyasining bayoni qaroriga muvofiq g'oliblar e'lon qilindi:

Maktabgacha ta'lim agentligi
№ECD-RFBG/2/1 - son "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ta’lim muassasalarini AKT uskunalari bilan ta’minlash" (№ECD-RFBG/2/1 – son) paketi bo'yicha tender savdolari natijalari

2021 yil 20 avgustda o'tkazilgan tender savdolari natijasiga ko’ra, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" investitsiya loyihasi doirasida " Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ta’lim muassasalarini AKT uskunalari bilan ta’minlash " paketi bo'yicha xarid komissiyasining bayoni qaroriga muvofiq g'oliblar e'lon qilindi:

Maktabgacha ta'lim agentligi
"O'quv-metodik materiallarni ishlab chiqarish va tegishli xizmatlar Maktabgacha ta’lim vazirligini nashriyot jihozlari bilan ta'minlash" (RFBG/1/1/20-1-son) paketi bo'yicha tender savdolari natijalari

2021 yil 9 avgustda o'tkazilgan tender savdolari natijasiga ko’ra, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" investitsiya loyihasi doirasida "O'quv-metodik materiallarni ishlab chiqarish va tegishli xizmatlar Maktabgacha ta’lim vazirligini nashriyot jihozlari bilan ta'minlash" paketi bo'yicha xarid komissiyasining bayoni qaroriga muvofiq g'oliblar e'lon qilindi:

Maktabgacha ta'lim agentligi
Endi bolalar bog'chasidagi navbatni bilish yanada osonlashdi

Farzandingizning bolalar bog'chasiga navbat o'zgarishi haqida xabarlarni to'g'ridan-to'g'ri telefoningizda ko'ring! SMS -xabarnomalarga obuna bo'ling, 4064 qisqa raqamiga "mdo" va ariza raqamingizni yozib yuboring va navbatdagi barcha o'zgarishlar haqida ma'lumot oling. Har bir SMS narxi - 40 so'm. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahar maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Toshkent shahar 60 ta lotlar (311-370 lotlar) boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Ushbu tanlov matni Maktabgacha taʼlim vazirligining veb-sahifasiga 2021 yil 6 avgust kuni joylashtirilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Toshkent shahar boʻyicha 29 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent shahar tanlovga qoʻyilgan 60 ta lotga takliflar boʻyicha 236 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 29 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. toshkent-shahar

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazm viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Xorazm viloyatida 33 ta lotlar (278-310 lotlar) bo‘yicha 149 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Xorazm viloyati bo‘yicha 35 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Xorazm viloyatida tanlovga qo‘yilgan 33 ta lotga takliflar bo‘yicha 149 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 35 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. xorazm-viloyatiСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Fargʻona viloyatida 19 ta lotlar (259-277 lotlar) boʻyicha 77 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Fargʻona viloyati boʻyicha 20 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Fargʻona viloyatida tanlovga qoʻyilgan 19 ta lotdan 16 ta lotga takliflar boʻyicha 67 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 20 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. fargona-viloyat-pdfСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent viloyatida 27 ta lotlar (232-258 lotlar) bo‘yicha 147 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Toshkent viloyati bo‘yicha 21 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent viloyatida tanlovga qo‘yilgan 27 ta lotlar (232-258 lotlar) bo‘yicha 147 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 21 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. toshkent-viloyati-kochirmaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2021-2022-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabulni boshlaydi

2021-yil 27-sentyabr kuni Toshkentdagi Puchon universitetida ta’lim olishni istagan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. Fakultetlardagi o‘qitish tizimi, shartnoma qiymati Maktabgacha ta’lim (3 + 1) Yiliga 2,200$ 1) Toshkentda 3 yillik o‘qish tugallangandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi beriladi; 2) Talaba o‘z istagiga binoan Koreyada o‘qishini davom ettirishi va 4 kursni tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomini olishi mumkin. Koreys tili va menedjment (2 + 2) Yiliga 3,300$ 1) Toshkentda 2 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi; 2.1) Agar talaba o‘qishni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, u holda uchinchi va to‘rtinchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomi beriladi; 2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, 3 va 4 kurslarni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi. Arxitektura (3 + 1) Yiliga 3,300$ 1) Toshkentda 3 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 1 ta diplom beriladi: Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree bakalavr darajasi; 2.1) Agar talaba to‘rtinchi kursni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng Bucheon University in Tashkent bakalavr diplomini oladi; 2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. To‘lov talaba qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shu kungi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi Hujjatlarni qabul qilish 2021-yil 27-sentyabrdan 7-oktyabrgacha davom etadi. Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirish mumkin: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko‘ch, 38-A uy bino (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menedjmentni rivojlantirish universiteti). Qabul soatlari dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha. Onlayn topshirish uchun: Universitet veb-saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash, Shaxsiy kabinet orqali anketani to‘ldirib, barcha kerakli hujjatlarni biriktirish, Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni universitetda yoki “Apelsin” ilovasi orqali amalga oshirish mumkinTo‘lov amalga oshirilgani haqidagi kvitansiyani shaxsiy kabinetga biriktirish. Universitet hodimlari ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni bundan xabardor qiladilar. Arizalarni onlayn yuborish 24 soat davomida ishlaydi. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi. Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari shart: Diplom (attestat) nusxasi;Pasport nusxasi;www.bucheon.uz saytida onlayn shaklda to‘ldirilgan ariza;3x4 hajmdagi 1 ta fotosurat250 000 so‘m miqdordagi ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov Qabul komissiyasiga doir savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601 Kirish imtihonlari 2021-yil 11-oktyabrdan 15-oktyabrgacha Toshkentdagi Puchon Universiteti o‘qituvchilari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazadilar. Saralash bosqichlari natijalari 2021-yil 16-oktyabr kuni abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Sirdaryo viloyatida 34 ta lotlar (196-231 lotlar) bo‘yicha 177 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Sirdaryo viloyati bo‘yicha 10 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Sirdaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 36 ta lotdan 34 ta lotga takliflar bo‘yicha 167 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 10 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. sirdaryo-viloyati-kochirmaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Surxondaryo viloyatida 10 ta lotlar (186-195 lotlar) bo‘yicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Surxondaryo viloyati bo‘yicha 6 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Surxondaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 10 ta lotlar (186-195 lotlar) bo‘yicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 6 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. surxondaryo-viloyati-kochirma-1Скачать

Вид сайта
Размер шрифта