ISLOM TARAQQIYOT BANKI bilan hamkorlikdagi loyiha UMUMIY XARIDLAR HAQIDA E’LON
DAVLAT: O‘zbekiston Respublikasi
LOYIHA NOMI: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish
SEKTOR: Ta'lim
Moliyalashtirish usuli: Installment sale
Moliyalashtirish raqami № UZB1018
O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot bankidan 30,0 million AQSh dollariga teng mablag‘lar uchun ariza berdi. Loyiha doirasida mablag‘ning bir qismi tovarlar, ishlar, tegishli xizmatlar va konsalting xizmatlar xaridi uchun qo‘llaniladi. Ushbu loyiha Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:
1-komponent. Maktabgacha ta'lim qamrovini kengaytirish. Ushbu komponent bo'yicha xususiy hamkorlar o'rnatilgan mahalliy amaliyotiga muvofiq tanlanadi.
Komponent 2. Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish tizimi va salohiyatini oshirish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Agentligi ushbu komponent uchun yagona manba tanlash (SSS) asosida jalb qilinadi.
Komponent 3. Loyiha boshqaruvini qo'llab-quvvatlash. Ushbu komponent bo'yicha jihozlar, mebellar va transport vositalarini yetkazib berish uchun pudratchilar “shopping” tartibi orqali tanlanadi.
Komponent 4. Moliyaviy audit bo'yicha maslahatchi. Ushbu Komponent bo'yicha maslahat xizmatlari mahalliy qisqa ro'yxatga kiritilgan konsalting firmalari orasidan eng kam xarajat tanlash (LCS) usuli orqali tanlanadi.
Komponent 5. Texnik ko'rib chiqish va monitoring bo'yicha maslahatchi. Ushbu Komponent bo'yicha maslahat xizmatlari mahalliy qisqa ro'yxatga kiritilgan konsalting firmalari orasidan eng kam xarajat tanlash (LCS) usuli orqali tanlanadi.
Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan kontraktlarni xarid qilish Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomada (2019-yil aprel nashri) belgilangan tartiblar bo‘yicha amalga oshiriladi va barcha yo'riqnomada ko'rsatilganidek, tender ishtirokchilari uchun ochiqdir. Konsalting xizmatlari Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida maslahatchi xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga (2019-yil aprel nashri) muvofiq tanlanadi.
Konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar boʻyicha qiziqish bildirish soʻrovi (REOI) ular mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida hamda O'zbekiston Respublikada tirajlanadigan bitta gazetada eʼlon qilinadi.
Yuqorida qayd etilgan loyiha boʻyicha tovarlar, ishlar va konsalting xizmatlarini taqdim etishda ishtirok etish istagida boʻlgan yoki qoʻshimcha maʼlumotga muhtoj boʻlgan manfaatdor firma va jismoniy shaxslar Benefisiarga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
F.I.Sh. va lavozimi: Oyattillo Raxmatillayev, (direktor birinchi o‘rinbosari)
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 17-uy.
Telefon: +998 71- 207-04-07
E-mail: devon@mpe.uz
Veb-sayt: www.mpe.uz