Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hurmatli fuqaro! Xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olishtartibi toʻgʻrisidagi nizom 50-son buyruq Tanlov Nizomi.pdf Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligihuzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tizimi xodimlari asosiylavozimlarining malaka tavsiflarini toʻgʻrisida Малака талаби янгиси 124-сон.pdf Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligihuzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 9-oktabrdagi124-son buyrugʻiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida 24-малака талаби ўзгариш 2024.pdf
BatafsilБуйруқ Коррупцияга қарши курашиш бўйича.pdf
mehnat muhofazasi.docx
1. Kirish 1. Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. 1.1. Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qoʻyilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar olib borish boʻyicha yoʻriqlardan oʻtkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim. 1.2. Xodimlar oʻzlarining malakasi va ish stajidan qatʻiy nazar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ish joyida “Dastlabki” va har 6 oydan oshib ketmagan muddatda “Davriy” yoʻriq oladilar. 2. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar. 2.1. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma talablariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi shart. 2.2. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishi va unga amal qilishi lozim. Ish joyida chekish, spirtli ichimliklar isteʻmol qilish maʻn etiladi. 2.3. Kompyuter va boshqa texnik jihozlarni ishga tayyorlash tartibi, ularni sozligini va butligini tekshirish usullarini bilishi lozim. 2.4. Zaxira chiqish yoʻllarini hamda ish vaqtida va favqulodda vaziyat sodir boʻlganda hududda harakatlanish yoʻnalishlarini bilishi lozim. 2.5. Har bir xodim ish joyini mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi meʻyoriy talablari asosida tashkil qilishi, oʻziga topshirilgan texnika qurilmalarini saranjom va ozoda saqlashi shart. Kompyuterlar, printerlar va boshqa orgtexnik vositalar murakkab elektron qurilma va mikroprosessorlardan tuzilganligini inobatga olgan holda, ulardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish talab etiladi. Kompyuterlarni yaxshi oʻrganmay ishlatish, biriktiruvchi kabellarni notoʻgʻri ulash elektr toki bilan ogʻir jarohatlanishga olib kelishi, apparatlarning kuyishiga sabab boʻlishi mumkin. 2.6. Ish stollari, shaxsiy kompyuter toza boʻlishi, ish joyida ortiqcha qogʻoz, ishga taʻluqli boʻlmagan buyumlar, ovqat qoldiqlari boʻlmasligi lozim. 3. Ish boshlashadan oldin amal qiladigan xavfsizlik talablari. 3.1. Ish boshlashdan oldin xodim oʻz ish joyini tekshirib, uni yetarli darajada yoritilganligiga va narsalar bilan toʻsib qoʻyilmaganligiga ishonch hosil qilish zarur. 3.2. Elektr tarmogʻiga ulangan rozetka, vklyuchatellar sozligini, kompyuterni elektr taʻminoti tarmogʻiga himoyalangan elektr uzaytirgich orqali ulanganligini tekshirish lozim. 3.3. Yongʻinga qarshi vositalarning mavjudligini va sozligini tekshirish kerak. 4. Ish vaqtida amal qiladigan xavfsizlik talablari. 4.1. Ish jarayonida xodim barcha xavfsizlik talablariga rioya qilishi shart. 4.2. Ishchi oʻrinlarini toza va ozoda saqlashi lozim. 4.3. Kompyuter va nusha koʻpaytirish uskunalari oʻrnatilgan xonalardagi pol, stollar har kuni xoʻl latta bilan artib turilishiga eʻtibor berishi kerak. 4.4. Jihozlarning soz, ish holatida boʻlishi ustidan nazorat olib borishi, harakatdagi mexanizm va texnikalarning harakatlanuvchi joylariga, kuchlanishdagi elektr simlarga tegmasligi lozim. 4.5. Ish jarayonida ehtiyotkor boʻlishi, notanish boʻlgan uskuna va texnik vositalarni texnik yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqmasdan, ularni ishlatmaslik kerak. 4.6. Oʻzini yomon his qilganda ishni toʻxtatishi, ish oʻrnini xavfsiz holatga keltirishi, rahbariyatni ogoh qilishi va yordam uchun shifokorga murojaat qilishi kerak. 4.7. Xonalarda kompyuterlar shunday joylashtirilishi kerakki, monitorning orqa va yon taraflariga xodimlar 0,5 metrdan yaqin masofaga kelishiga yoʻl qoʻyilmaslik lozim. 4.8. Kompyuter texnikasida ishlashda quydagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak: - stulning balandligi unda oʻtirib ishlovchiga shunday moslashtirilishi kerakki, uning koʻzlari monitor ekranining yuqori qismiga toʻgʻri kelsin; - monitor bilan operator koʻzlari orasidagi masofa 60-70 sm boʻlishi kerak; - kompyuterda uzoq muddat ishlash natijasida bosh aylanishi, koʻngil ozishini oldini olish maqsadida har soatda 10-15 daqiqa dam olish kerak, bunda monitor qarshisida oʻtirmaslik tavsiya etiladi; - kompyuterda ishlayotganda bukchaymasdan, oldinga salgina engashgan holda toʻgʻri oʻtirish hamda tirsak va tizzalarning bukilish burchaklari kattaligi 90 gradusdan kam boʻlmasligi kerak; - kompyuterdan odatdagidan tashqari ovoz chiqsa, quygan hid sezilsa yoki oʻz- oʻzidan oʻchib qolsa, elektr rozetkadan uzib, “Texnik xizmat koʻrsatish” muhandislariga zudlik bilan murojaat qilish lozim; - kuchlanish oʻzgarib tursa yoki elektr toki oʻchib qolsa, kompyuterni tarmoqdan uzib qoʻyish lozim. 4.9. Kompyuterlarda ishlash vaqtida quydagilar qatʻiyan man etiladi: - kompyuterda ishlash qoidalari bilan tanishmasdan ishlash; - kompyuterni birikturuvchi kabellarning oʻrnini oʻzgartirish; - monitor, prosessor va klaviaturaning ichini ochish; - prosessorni oʻchirgandan keyin darhol uni qayta yoqish (qayta yoqish uchun kamida 3 daqiqa kutish lozim); - nam kiyim yoki kir va xoʻl qoʻllar bilan ishlash; - kompyuter yoqilmagan boʻlsa, klaviatura tugmalarini bosish; - kompyuter texnikasi joylashgan xonalarda ovqatlanish. 5. Avariya holatida xavfsizlik talablari. 5.1. Ish jihozlarning nosozligini aniqlanganda va ish jarayonida avariya holatlari sodir boʻlganda xodim quydagilarni bajarishi zarur: - ishni toʻxtatishi; - zudlik bilan rahbariyatni ogohlantirishi hamda avariya holatini bartaraf qilishga kirishishi; - xodimlar bilan baxtsiz hodisa sodir boʻlganda zudlik bilan tibbiy punktga xabar berishi hamda ular kelguncha qadar birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi, rahbariyatni ogohlantirishi. 6. Elektr jihozlar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari. 6.1. Elektrjihozlarni ishlatish paytida maʻn etiladi: - nosoz elektr toki bilan ishlovchi jihozlarni va izolyasiyasi ketgan elektr sim va kabellarni ishlatish; - buzuq rozetka, rubilnik va boshqa elektr anjomlardan foydalanish; - elektr choynak va boshqa qiziydigan anjomlarni tagiga qoʻyiladigan issiqni izolyasiya qiladigan jihozsiz ishlatish; - elektr щit oldiga yonuvchi modda va materiallarni qoʻyish; - arxivlarda elektr isituvchi anjomlarni ishlatish va shtepsel rozetkalarni oʻrnatish. 6.2. Elektr jihozlar bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralarini koʻrish. 6.3. Elektr toklarini boʻlib beradigan shkaflar (elektroщit) eshigini ochish, yuqori quvvatli tok bor joylarda ish olib borish faqat maxsus vakolatli bor shaxsgagiga ruxsat etiladi. 6.4. Elektr jihozlar faqat maxsus vakolatga ega shaxs tomonidan taʻmirlanishi kerak. 6.5. Elektr jihozlardagi barcha aniqlangan kamchiliklar boʻyicha darhol maxsus vakolatga ega masʻul shaxsga xabar berish kerak. 6.6. Bitta elekt uyaga (rozetka) faqt bitta jihozni ulash kerak. 6.7. Ish tamom boʻlganidan soʻng, barcha elektr jihozlarni oʻchiring. 7. Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha. 7.1. Har bir shaxs yongʻin chiqqanda yoki uning alomatlari paydo boʻlganda (harorat koʻtarilishi, tutun chiqishi va x.k.) quydagi ishlarni bajarish zarur: - darhol muassasa rahbariga va keyin zaruriyat boʻlsa telefon orqali yongʻin oʻchirish hizmatiga (shunda obʻyekt manzili, yongʻin chiqqan joy va familiyani aytish zarur) xabar berish. - imkoniyat boricha odamlarni evakuasiya qilish, yongʻinni oʻchirish va moddiy qimmatliklarni saqlash boʻyicha choralar koʻrish. 7.2. Yongʻin chiqqan joyga yetib kelgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha javobgar shaxslar quydagi ishlarni bajarish zarur: - rahbariyatni, javobgar navbatchini xabardor qilish; - odamlar hayotiga xavf tugʻilgan holatda darhol ularni qutqarishni tashkil qilish; - yongʻinga qarshi oʻchirish sistemalarni ishga tushishini tekshirish; - zaruriyat boʻlganda elektrenergiyani oʻchirish (yongʻin xavfsizligi boʻyicha sistemalardan tashqari) gaz, suv kommunikasiyalarni yopish, shu va qoʻshni xonalardagi ventillyasiya qilish sistemalarni ishini toʻxtatish; - binodagi, yongʻin oʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan tashqari, barcha ishlarni toʻxtatish; - yongʻin chiqqan joydan oʻt oʻchirishda qatnashmayotgan xizmatchilarni chiqarib qoʻyish; - oʻt oʻchirish xizmati kelguncha yongʻin oʻchirish boʻyicha barcha ishlarni boshqarib borish; - yongʻin oʻchirishda qatnashayotgan odamlarni texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini taʻminlash; - yongʻin oʻchirish bilan birga moddiy qimmatliklarni evakuasiya va himoya qilish ishlarini tashkil qilish; - oʻt oʻchirish komandasini kutib olish va yongʻin chiqqan joyiga boradigan eng yaqin yoʻlni koʻrsatishda yordam berish. 7.3. Yongʻin oʻchirishda yonib turgan joyga yongʻin oʻchiradigan moddalarni sepish yoʻli bilan amalga oshirish kerak. 7.4. Muassasada yongʻin oʻchirish uchun kukunli (poroshokli) oʻt oʻchirgichlar mavjud. Ular bilan qattiq narsalar, suyuqliklar, gaz, kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektruskunalarini oʻchirish mumkin. Yongʻin oʻchirish uchun oʻt oʻchirgichni xalqasi uziladi va dastag bosiladi, bunda oʻt oʻchirgichning kukun chiqaruvchi teshigidan kukun 0,5-1,0 m masofadan yongʻinga sepiladi. Yongʻin oʻchirish paytida oynalarni ochish, ventillyasiyani yoqish man etiladi, chunki bu yongʻinni tez rivojlanishiga olib keladi. 7.5. Elektr toki kuchlanishida boʻlgan anjomlarda chiqqan yongʻinni suv va koʻpikli oʻt oʻchirgichlar bilan oʻchirish katʻiyan man etiladi. 7.6. Ishlatilgan va nosoz oʻt oʻchirgichlarni yongʻinga tashash mumkin emas, chunki bu oʻt oʻchirgichlarning portlashiga olib kelishi mumkin. 7.7. Yongʻin oʻchirish paytida yongʻin bilan binodan chiqish joylari toʻsib qoʻyilmaganligiga karab turish zarur. 7.8. Yongʻin oʻchirilgandan keyin xonalarni tutundan tozalash maqsadida havosini almashtirish kerak. 8. Yoʻl xarakati qoidalari boʻyicha. 8.1. Katta yoʻlning chekkasidagi maxsus yoʻlakchadan yurish, yoʻlakcha boʻlmagan joyda qarama-qarshi yoʻnalish boʻyicha yoʻlning chetidan yuring. 8.2. Yoʻlni faqat maxsus ajratilgan joydan kesib oʻting. Yoʻlning bir chetidan ikkinchi chetiga oʻtishda yer osti yoʻllaridan (tonnel) va temir yoʻllarni kesib oʻtishda koʻpriklardan yoki maxsus joylardan foydalaning. 8.3. Yoʻlni kesib oʻtishgda albatta xavfsizlikka ishonch xosil qilingandan soʻng xarakat qiling (birinchi chap tomonga, transport yoʻqligiga ishonch hosil qilganingizdan soʻng xarakat qiling va yoʻlning oʻrtasiga borganingizdan keyin oʻng tomonga qarang va transport yoʻqligiga ishonch hosil qilganingizdan soʻng xarakat qiling). 8.4. Yaqinlashayotgan transportni oldidan yugurib oʻtish man etiladi. 8.5. Relsda xarakat qiladigan transportni oldi tomonidan, boshqa transportlarni esa orqa tomonidan aylanib oʻting. 8.6. Yoʻlni kesib oʻtayotganda yoʻlovchilar uchun moʻljallangan svetoforni faqat yashil chirogʻi yonganda xarakat qiling. 8.7. Avtobus, tramvay, trolleybusni faqat maxsus toʻxtash joylarida (bekatda) ular boʻlmasa yoʻl chetidagi yoʻlakchada (yoʻl chetidagi) kuting. 8.8. Transport vositalariga chiqishda va tushishda faqatgina transport vositalari toʻxtaganidan soʻng amalga oshiring. 8.9. Xizmat safarlariga borganda yoʻl xarakati xavfsizligi qoidalariga rioya qatʻiy rioya eting. 9. Ish joylarida quyidagilar maʻn etiladi. 9.1. Koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi: - ish joyida spirtli ichimliklar isteʻmol qilish va ishga mast holatda kelish; - binoning qavatlari orasidagi zinapoyalardan yugurib chiqish va yugurib tushish; - har qanday elektr ishlarini amalga oshirish; - xonalarda qoʻlbola elektr jihozlardan foydalanish; - ish joylarida tamaki maxsulotlarini (elektron sigaret) chekish. 10. Ish tamomlangandan soʻng amal qiladigan xavfsizlik talablari. 10.1. Ish yakunida xodim quyidagi ishlarni bajarishi lozim: - barcha texnik jihozlarning oʻchirilganligiga ishonch hosil qiling; - ish oʻrnini, jihozlarni tozalang va joy-joyiga qoʻyib, tartibga keltiring; - xonadagi elektr yoritqichlarni oʻchiring; - ish jarayoni davomida aniqlangan kamchiliklarni rahbariyatga maʻlum qiling. 11. Yoʻriqnomani bajarmaganlik uchun javobgarlik. 11.1. Xodimlar xavfsiz mehnatni tashkil qilish uchun ushbu yoʻriknomada koʻrsatilgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalarni bajarishlari shart. 11.2. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan aybdor shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-son Qonuni hamda Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 649-son qarori asosida ishlab chiqilgan. Vazirlik binosining barcha qavatlari xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 17-noyabrdagi №182-son buyrugʻiga asosan javobgar etib belgilangan. Har bir xodim, shu jumladan yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslar mazkur yoʻriqnomani bilishlari hamda undagi qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilishlari shart. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosi xizmat, maishiy va yertoʻla xonalarida yongʻin kelib chiqish oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi: binoning xizmat, maishiy, yertoʻla xonalari va yoʻlaklarida chekish, spirtli ichimliklar ichish; barcha turdagi elektr qurilmalarni (yoritish chiroqlari, televizor, kompyuter, orgtexnikalar va h.k) ish kuni yakunlangandan soʻng elektr manbaidan ajratmaslik; nosoz elektr qurilmalaridan foydalanish, elektr uzatuvchi simlarni yengil alangalanuvchi turkimiga kiruvchi materiallar bilan yopib qoʻyish; yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari xususiyatlari, yongʻindan himoya qilishning texnik vositalari va ulardan foydalanish, shuningdek, yongʻinni oʻchirishda texnika xavfsizligi talablarini bilmaslik; bino yertoʻla yoʻlaklarida va jihozlar saqlash uchun belgilangan maxsus xonalardan tashqari joylarda portlovchi, yengil alangalanuvchi yoqilgʻi maxsulotlari va materiallarni saqlash; ishlar boshqaruvchisi yoki vazirlik yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxs bilan kelishilmagan holda chilangarlik (gaz, elektr) ishlarini olib borish; ish kuni yakunlanganidan soʻng eshiklarni berkitib, xizmat xona kalitlarini qoʻriqlash xizmati xodimiga topshirimaslik. 5. Vazirlikning har bir mansabdor shaxs (ishchi) xodimlari yongʻin yoki yonish alomatlari (elektr simlari qisqa tutushuv hidi, tutun bosishi va h.k) aniqlanganda quyidagilarga majburlar: bu haqda darhol (aloqa vositasi yordamida) 882 raqami orqali Ishlar boshqaruvchisiga yoki 884 raqami orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mutaxassisga xabar berish (deraza va eshiklarni yopish); imkoniyat darajasida odamlarni evakuatsiya qilish, moddiy tovar boyliklarini asrash va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanib yongʻinni oʻchirish; yongʻin oʻchogʻini qurshab olishning imkoni boʻlmasa evakuatsiya rejasiga asosan binoni tark etish; zarur boʻlgan hollarda 101 raqami orqali tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishga. Xonaning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari 6. Xonaning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga majburlar: xonada mansabdor shaxslarning yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini nazorat qilish; ish kuni yakunlanganidan soʻng mansabdor shaxslardan ish joylarini yonuvchi materiallardan tozalash va elektr asboblarining (kompyuter va orgtexnikalarni) tarmoqdan uzilishini talab qilish; yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfsizligi meʼyorlarining buzilganligi haqida muassasa (tashkilot) rahbariyatini xabardor qilishga. 7. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
1. Kirish 1.1. Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat - salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. 1.2. Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qoʻyilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar olib borish boʻyicha yoʻriqlardan oʻtkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim. 2. Xavfsizlikning umumiy talablari 2.1. Kompyuter va orgtexnikalardan foydalanish uchun 18 yoshdan kichik boʻlmagan, ishga qabul qilinganda “Kirish” hamda ishni boshlashdan oldin “Ish joyida”gi mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma olgan shaxslarga ruxsat etiladi. 2.2. Kompyuter va orgtexnikalarda vaqtincha ish olib boradigan shaxslar ham mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma oladilar. 2.3. Kompyuter va orgtexnikalar bilan ish olib borishda har bir kishiga talab qilinadigan xona maydoni 6.0 metr kvadratdan, kub hisobidan esa 20 metr kubdan kam boʻlmasligi talab etiladi. 2.4. Kompyuter va opgtexnikalarda ishlash uchun ruxsat etilgan shaxslarga ish joylarida chekishlari (elektron sigaret) va ish vaqti davomida spirtli ichimliklar isteʻmol qilish maʻn etiladi. 2.5. Kompyuter va orgtexnikalarda ishlashga begona shaxslarga ruxsat etilmaydi. 2.6. Uskuna ishlashida sezilgan barcha nosozliklar haqida darhol uning xavfsiz ishlatilishi uchun javobgar boʻlgan shaxslarga xabar beriladi. 2.7. Yongʻin sodir boʻlganda kompyuter va orgtexnikalarni elektr qurilmalari uchun maxsus oʻt oʻchirgichdan foydalanish tavsiya etiladi. 3. Ish vakgida xavfsizlik talablari 3.1. Kompyuterda ishlaganda koʻzning koʻruvchi analizatorni toliqmasligi uchun koʻzdan kompyutergacha boʻlgan masofa 60-70 sm ni tashkil qilishi lozim. 3.2. Nam qoʻllar bilan kompyuter va orgtexnikalarda ishlash man etiladi. 3.3. Ish jarayonida diqqatni bir joyga jamlash va boshqalarni ham chalgʻitmaslik lozim. 3.4. Sakkiz soat ish kunida xodimlarning uzluksiz ish vaqti har 45-50 daqiqadan soʻng 10-15 daqiqalik tanaffuslar bilan davom etishi lozim. 3.5. Kompyuter va orggexnikalar bilan ishlaganda ish va dam olish vaqtlari davomiyligi bajarilayotgan ishning uzluksizligi va xarakteriga sozlanadi. 3.6. Uzluksiz ravishda maʻlumotlar kiritish, programmalar tuzish, ekrandagi maʻlumotlarni oʻqish, videomonitor bilan ishlash jarayonida esa kunlik ish davomiyligi 4 soatdan oshmasligi lozim. Ish kunining qolgan vaqti boshqa ishlar bilan shugʻullanish uchun sarf etilishi lozim. 3.7. Operator oʻzini yomon his qilganda darhol, ishni toʻxtatishi va bevosita oʻz boshligʻini bu haqda ogohlantirishi va lozim boʻlgan tibbiyot xodimiga murojaat qilishi lozim. 4. Avariya holatida xavfsizlik talablari 4.1. Kompyuter va orgtexnikalarda ishlayotganda begona tovush chiqqanda, avariya holatlari yuzaga kelganda yoki sababsiz oʻchib qolganda quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi: -ishni darhol toʻxtatish; - axborot kommunikasiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi mutaxassisiga xabar berish. 4.2. Insonlar bilan baxtsiz hodisa sodir boʻlganda, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrish va bevosita oʻz boshligʻiga xabar berish. 5. Ishni tugatishda xavfsizlik talablar 5.1. Kompyuter va orgtexnikalarni elektr manbaidan ajratiladi (printer, prosessor, monitor). 5.2. Ish joyi tartibga keltiriladi. 5.3. Ish kuni davomida aniqlangan barcha nosozliklar haqida bevosita oʻz boshligʻiga xabar berish talab etiladi. 6. Yoʻriqnomani bajarmaganlik uchun javobgarlik 6.1. Xodimlar xavfsiz mehnatni tashkil qilish uchun ushbu yoʻriknomada koʻrsatilgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalarni bajarishlari shart. 6.2. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab, toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi belgilandi. Quyidagilar, 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishda amal qiladi: Ushbu tartib 3-7 yoshli bolalar navbatda turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻllanilmaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan Ilk rivojlanish guruhlardagi bolalar uchun toʻlov tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan tashkilot direktori tomonidan kelishilgan holda tasdiqlangan preyskurant narxlar asosida amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlari tarbiyalanuvchilari ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnoma bola qabul qilingan kuni oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan tuziladi. Ilk rivojlanish guruhlarda tarbiyalanayotgan bola 3 yoshga toʻlgan kundan boshlab ota-ona bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan rasmiylashtiriladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida 3-7 yoshli bolalarga moʻljallangan guruh tashkil qilish uchun “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida guruhni toʻldirishning eng kam miqdoridagi bolalar soniga teng navbat shakllangan oyning yakunida Ilk rivojlanish guruhlar faoliyati toʻxtatiladi va bu haqda bolaning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili xabardor qilinadi. Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilk rivojlanish guruhlari tashkil qilish mumkin: dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim tashkilotida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish; maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturidan tashqari sport-sogʻlomlashtirish va boshqalar. Shu bilan birgalikda, ilk rivojlanish guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi foydanilmayotgan va jihozlangan xonalarida tashkil etiladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi Ilk rivojlanish guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi. Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bolalarni bola qonuniy vakilining arizasi va tibbiy koʻrsatmalar asosida Ilk rivojlanish guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ilk rivojlanish guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga hamda muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturida belgilab beriladi. Ilk rivojlanish guruhlarda bolalar bilan mashgʻulotlarni tashkil etishda oʻquv yuklamasi bir haftalik taʼlim yuklamasining eng koʻp ruxsat etilgan hajmidan va mashgʻulotlarning eng koʻp ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak. Ilk yoshli guruhga tarbiyalanuvchilari uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pulda, plastik kartochkada, elektron toʻlov shaklda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda toʻlanadi. Bunda, toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi (elektron toʻlov bundan mustasno). Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan 100 foiz miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar tarbiyalanuvchilarning davomat tabeli asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ilk rivojlanish guruhlarning tarbiyachi, pedagog va xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari Ilk rivojlanish guruhlarni tashkil etish paytida oʻziga biriktirilgan hamda byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga xarid qilingan asosiy vositalardan foydalanishlari mumkin. Alohida qayd etish joizki, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga sabab boʻlmaydi. Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin; ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparatiga 4 ta, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalariga 14 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit hamda ularning xaridi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish hamda ularning ma’muriy binolarini ta’mirlash uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida zarur bo‘lgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar yoki zarur bo‘lgan xonalar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini (keyingi o‘rinlarda — Jurnal deb ataladi) ta’sis etsin. Maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini atroflicha yoritib borish, sohaga doir qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini sharhlash va tushuntirish jurnalning asosiy vazifalari etib belgilansin. Jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘ va manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ovqatlanish me’yorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish me’yorlari va respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv va ko‘rgazmali qurollar, ularning tarbiyalanuvchilari uchun o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi kitoblar tayyorlanishi, shuningdek, ularning nashr etilishi, doimiy ravishda moliyalashtirilishi va davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlasin; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan, birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin va o‘yinchoqlarning davlat standartlarini ishlab chiqsin; “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlari bo‘yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo‘yicha 2018 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda: Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 30-sentabr, PQ-3305-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga6-ILOVA Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 15 nafar. * Professor-o‘qituvchilar va o‘qitish-tarbiyalash xodimlari, shuningdek, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin; ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparatiga 4 ta, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalariga 14 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit hamda ularning xaridi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish hamda ularning ma’muriy binolarini ta’mirlash uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida zarur bo‘lgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar yoki zarur bo‘lgan xonalar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini (keyingi o‘rinlarda — Jurnal deb ataladi) ta’sis etsin. Maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etilayotgan ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini atroflicha yoritib borish, sohaga doir qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini sharhlash va tushuntirish jurnalning asosiy vazifalari etib belgilansin. Jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘ va manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ovqatlanish me’yorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish me’yorlari va respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv va ko‘rgazmali qurollar, ularning tarbiyalanuvchilari uchun o‘rgatuvchi va rivojlantiruvchi kitoblar tayyorlanishi, shuningdek, ularning nashr etilishi, doimiy ravishda moliyalashtirilishi va davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlasin; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan, birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin va o‘yinchoqlarning davlat standartlarini ishlab chiqsin; “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari asosida o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlari bo‘yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo‘yicha 2018 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bir oy muddatda: Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 30-sentabr, PQ-3305-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga6-ILOVA Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti * Professor-o‘qituvchilar va o‘qitish-tarbiyalash xodimlari, shuningdek, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini; davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqi, eshitishi va ko‘rishida yengil nuqsonlar bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi; psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov saqlab qolinadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 19-iyul, 528-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek 7, 8 va 10-bandlari. 2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 60-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 18-iyundagi 117-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 32-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 12-bandi.
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'limning yuqori sifatini ta'minlashda davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatishni lisenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalish va vazifalari etib quyidagilar belgilansin: iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash orqali ta'lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish; sog'lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini jadal rivojlantirish; ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o'qitishning innovasion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish. 3. Belgilansinki, nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar: o'z faoliyatini davlat ta'lim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi; amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko'radi; o'qish muddati va shartlari, to'lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta'lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan o'zaro munosabat o'rnatadi; o'z faoliyatini aholiga pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablag'lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiradi; bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjat beradi. 4. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan miqdorda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o'qishga qabul qilishi belgilab qo'yilsin. Keyingi yillarda o'quvchilarni bepul (grant asosida) o'qitishni davom ettirish bo'yicha qaror nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan ta'lim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. 5. O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda aholiga nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga davlat mulki bo'lgan foydalanilmayotgan bino, ob'ektlar va inshootlarni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida o'rnatilgan tartibda sotishni tashkil etsin. 6. Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinsin: ta'lim jarayonini o'qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish yo'nalishida tashkil etish; o'zlariga nom tanlashda Vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o'rnatilgan tartibda foydalanish; ilg'or ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib o'rganiladigan fanlarni chet tilida o'qitish uchun ta'lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish. 7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda 2018/2019 o'quv yili boshlangunga qadar har bir tuman (shahar)da davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibiga rioya qilgan holda maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan kamida bittadan yuridik shaxsni tashkil etish choralarini ko'rsin. 8. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda quyidagi to'lovlardan ozod qilinsin: barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg'armasiga majburiy to'lovlardan (yagona ijtimoiy to'lovdan tashqari), bunda ozod qilinayotgan mablag'lar ularni zamonaviy o'quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta'lim xizmatlarini ko'rsatishga maqsadli yo'naltiriladi; mehnat shartnomasi asosida ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy o'qituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy to'lov. 9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaruratdan kelib chiqib, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yangi o'quv asbob-uskunalari va o'quv materiallarini respublikaga olib kirishda (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlar bundan mustasno) bojxona to'lovlaridan ozod etish va ularning ro'yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini o'rnatilgan tartibda kiritsin. 10. Belgilab qo'yilsinki, yuridik shaxslar tomonidan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatishda: Chet ellik o'qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig'i va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga ajratiladigan to'lovlardan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida ozod qilinadi; chet ellik o'qituvchi va mutaxassislarga ikki tomonlama aviachiptalarni xarid qilish bilan bog'liq xarajatlar (uzoq muddatli mehnat shartnoma asosida — bir yilda ikki martadan oshmagan holda) ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin; chet ellik o'qituvchi va mutaxassislarning yashash joyi uchun to'lovlar qisqa muddatli mehnat shartnomalariga asosan (bir oydan ko'p bo'lmagan muddatga) ish beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, uzoq muddatli mehnat shartnomalari doirasida ularning yashash joyi uchun to'lovlar shartnoma shartlariga muvofiq ish haqi bilan birgalikda to'lab beriladi. 12. O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar buyurtmalariga asosan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar tomonidan ishga taklif qilinayotgan xorijiy o'qituvchi va mutaxassislarning kirish vizalarini o'rnatilgan tartibda konsullik va boshqa to'lovlarni undirmagan holda rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin. 13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni belgilaydigan hukumat qarorini qabul qilsin: nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilik samarali mexanizmlarini joriy etish; ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish; nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari; nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyatiga lisenziya berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash. 14. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjaev zimmasiga yuklatilsin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev Toshkent sh., 2017 yil 15 sentyabr, PQ-3276-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga Sharh Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga qaratilgan tub o'zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi. Xususan, umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta'lim berishni yangi sifat darajasiga ko'tarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo'lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olishga bo'lgan huquqini ro'yobga chiqarishga xizmat qilishini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta'lim sektorining umumiy o'rta ta'limdagi ulushi salmoqli bo'lib, Germaniyada 12 foizni, Frantsiyada 17 foizni, AQShda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda respublikada 43 ta nodavlat umumiy o'rta ta'lim maktabi tegishli lisenziyaga ega bo'lib, xalq ta'limi tizimidagi 9680 ta maktabga nisbatan ularning ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Nodavlat umumiy o'rta ta'lim maktablarining aksariyat qismi (27 ta) Toshkent shahrida joylashgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida birorta nodavlat maktabi tashkil etilmagan. Faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat ta'lim muassasalaridan 20 tasi boshlang'ich ta'lim (1 — 4-sinflar), qolgan 23 tasi umumiy o'rta ta'lim (1 — 9-sinflar) bosqichlariga mo'ljallangan, ulardagi 330 ta sinfda 6 mingga yaqin o'quvchilar ta'lim-tarbiya oladi (davlat maktablari kontingentiga nisbatan 0,12 foiz). YUNESKO va "DGP Research & Consulting" konsalting tashkiloti hamkorligida jalb etilgan xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan milliy ta'lim tizimini kompleks o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tahlillarda ta'lim sifatini yaxshilashda raqobat muhitini shakllantirish, bunda xususiy ta'lim sektorini rivojlantirishga ustuvor yo'nalish sifatida e'tibor qaratish zarurligi alohida ta'kidlab o'tilgan. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan nodavlat ta'lim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish va avval ajratilgan kreditlar muddatini uzaytirish, ta'lim hamda unga tegishli xizmatlar bo'yicha barcha soliq turlari to'lovlaridan 2021 yilgacha ozod etish, fanlarni chet tilida chuqurlashtirib o'qitish va bu orqali ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim jarayoniga xorijlik o'qituvchi hamda mutaxassislarni keng jalb qilish nazarda tutilgan. O'z navbatida, nodavlat ta'lim muassasalariga taklif etilayotgan xorijlik o'qituvchi va mutaxassislarga viza berish, aviatransport, turarjoy, mehnatiga munosib haq to'lash hamda soliqlardan ozod qilish kabi masalalar ham o'z echimini topgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan holda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish evaziga -kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o'qitish belgilangan. Bundan tashqari, qarorda o'rnatilgan tartibda akkreditasiyadan o'tkazilgan nodavlat ta'lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjat berish huquqi nazarda tutilgan. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tegishli tartib va me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritish topshiriqlari berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi xalq ta'limi tizimida sog'lom raqobat muhitini yaratish, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy o'qituvchilarni jalb etish yo'li bilan aniq hamda tabiiy fanlar, chet tillarni chuqurlashtirib o'qitishga, bu esa, o'z navbatida, yoshlarning dunyo mehnat bozorida raqobatdosh va yuqori malakali mutaxassis kadr sifatida jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishiga, barkamol inson bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi. Qaror nodavlat ta'lim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar ta'lim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega bo'lishi, yoshlarga munosib ta'lim-tarbiya berish kabi vazifalarni o'z zimmasiga oladigan malakali xususiy tadbirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 21-noyabr, 929-son Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi. 2. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi. 4. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. 5. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 8. Vazirlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, qisqartmasi — MTV; b) rus tilida: to‘liq nomi — Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — MDO; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MoPrE. 2-bob. Vazirlikning tizimi 9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlikning markaziy apparati; hududiy bo‘linmalar; Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti; “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnali tahririyati; davlat maktabgacha ta’lim muassasalari. 3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash; 4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish; 5) maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; 6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 7) maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish; 8) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to‘laqonli va ratsional, muvozanatli, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashga, asoslangan tibbiy ko‘rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirishga yo‘naltirilgan shart-sharoitlar yaratish; 9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish. 11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi; yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi; maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari sifatli bajarilishini ta’minlash borasida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi; tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi; shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo‘li bilan idoraviy mansub ta’lim muassasalarida budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi; rivojlanish tenedensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishining ta’lim bilan bog‘liq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi; jurnallar, blankalar, o‘quv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari e’lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi; 2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida: maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi; idoraviy mansub ta’lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi; ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo‘yicha ishlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim muassasalarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi; manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta’lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi; maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta’lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini tashkil etadi; maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o‘rnatadi; 3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash sohasida: fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi; maktabgacha ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining dolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi; maktabgacha ta’limning amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari va umumta’lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi; raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarida ko‘maklashadi, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ‘ib qiladi; bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ‘ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma’rifat bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida prognozlashtirish bo‘yicha axborot-tahlil ishlari o‘tkazilishini ta’minlaydi; davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi; 4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida: maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi; milliy mustaqillik g‘oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi; o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi; zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta’minlashga ko‘maklashadi; ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi; maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida o‘quv safarlarini tashkil etadi; 5) maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash sohasida: o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi; ilg‘or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi; bolalarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashadi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi; maktabgacha ta’lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy-metodik axborotni yoyishga ko‘maklashadi; qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko‘paytirilishini tashkil etadi; bolalar badiiy adabiyotlarini, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlarni yaratish bo‘yicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; 6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida: maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi monitoringini olib boradi; maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga ko‘maklashadi; maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi; davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; 7) maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida: maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlaydi; har yili oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish borasida maktabgacha ta’lim sohasida takliflarni shakllantiradi; o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi; maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha kasb mahorati tanlovlari o‘tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi; ta’lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo‘yicha asosiy talablarni belgilaydi; 8) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida: jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy-pedagogik va tashkiliy sharoitlarni ta’minlaydi; maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, o‘qish va yozishga, chet tilining dastlabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida to‘laqonli kamol toptirishni ta’minlaydi; bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli to‘garaklar bilan qamrab olish bo‘yicha tizimli faoliyatni tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining to‘laqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlaydi; maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi; 9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida: maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi; bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi; maktabgacha ta’lim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga ko‘maklashadi. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin. 2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari 12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; 2) davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish; 3) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish; 4) bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish; 5) maktabgacha ta’lim muassasalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 6) Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; 7) hududiy bo‘linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish; 8) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash. 13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; 2) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi; 3) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi; 4) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; 5) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi; 6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi; 7) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi; 8) boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tendensiyalari to‘g‘risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; 9) maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi; 10) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi; 11) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi; 12) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi; 13) davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 14) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; 15) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi; 16) maktabgacha ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi; 17) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi; 18) maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 19) maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi; 20) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; 21) Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida va hududiy bo‘linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi; 22) maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi; 23) maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini olib boradi va mu
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish; to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish; beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash; oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish; yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish; sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish; to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish. 3. Idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin. 4. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim sohasidagi barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika markazi negizida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilsin hamda unga ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari yuklatilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish hamda ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish; ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining rahbarlik bo‘g‘inlarini vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir, chuqur bilim hamda yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish; maktabgacha ta’lim tizimining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogika yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha takliflar tayyorlash; respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‘ringa mo‘ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta’lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasini kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan: birinchidan, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti; ikkinchidan, maktabgacha ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan; uchinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o‘sishi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda; to‘rtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi; beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta’lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi; oltinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti; yettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shu jumladan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi: zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish; investorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ayniqsa, shunday tashkilotlarga yuqori ehtiyoj mavjud bo‘lgan va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati; investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish; investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash; davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 3. Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2017-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida mazkur amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir. 5. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin. 6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish; maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish; maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish; maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish; mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini tahlil qilish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash; maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. 7. Komissiya (A.N. Aripov): “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish davomida ushbu qarorning 6-bandi bilan yuklatilgan vazifalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin; “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga har chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida umumlashtirilgan axborot kiritilishini ta’minlasin. 8. Komissiyaga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish uchun vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, respublikaning ilmiy va ta’lim muassasalari vakillarini, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning ekspertlarini belgilangan tartibda jalb etish huquqi berilsin. 9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Komissiyaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishning mexanizmini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini; qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 9-sentabr, PQ-3261-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” T/rTadbirlarning nomlanishiAmalga oshirish mexanizmlariAmalga oshirish muddatlariMas’ul ijrochilarI. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish1.Maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha mustaqil organ yaratish orqali Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy-shtat tuzilmasi, vazifa va funksiyalarini butunlay qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosati va boshqaruv tizimini takomillashtirish.1. Maktabgacha ta’limning boshqaruvi sohasida xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tashkil etish. 2. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) loyihani kiritish.2017-yil1-dekabrga qadarXalq ta’limi vazirligi,Adliya vazirligi,Moliya vazirligi, vazirliklarva idoralar2.Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.1. Maktabgacha ta’lim sohasida band bo‘lgan pedagogik tarkibni o‘rganish, mamlakat hududlari kesimida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. 2. Kadrlar siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim mutaxassislari rezervini shakllantirish va malaka oshirish kurslarida tizimli o‘tishini ta’minlash sohasida xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish va ilg‘or tajribasini o‘rganish. 3. Pedagogik oliy ta’lim muassasalariga (bakalavriat, magistratura) “Maktabgacha ta’lim bo‘yicha pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish.2017-yil 1-noyabrga qadarXalq ta’limi vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi3.Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish orqali navbatga qo‘yish tartibini takomillashtirish.1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish: qabul to‘g‘risida elektron arizalarni berish, navbatni onlayn tartibda kuzatib borish imkoniyati orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish; davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati, ularning reytingi va o‘quv-tarbiyaviy jarayonining tarkibi bilan tanishish uchun yagona elektron axborot maydonini yaratish. 3. Bolalarni qabul qilish tartibini takomillashtirishni, shu jumladan, mazkur sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturi loyihasini kiritish.2017-yil 1-noyabrga qadarXalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalarivazirligi,Moliya vazirligi,Adliya vazirligi,Bosh prokuratura4.Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini, shu jumladan, bolalar guruhlari (5 dan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilarining lavozim maoshini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtirish, shuningdek, rag‘batlantirish mexanizmlarini tashkil etish yo‘li bilan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.2017-yil1-oktabrga qadarXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi5.Hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, shu jumladan, nodavlat muassasalarda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tanqidiy o‘rganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.2017-yil1-oktabrga qadarSog‘liqni saqlash vazirligi,Xalq ta’limi vazirligi,Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi6.Sifatli o‘quv-metodik va didaktik materiallar (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) va badiiy adabiyotlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bosma materiallarni turli tillarda ishlab chiqishning bozori va turlarini rivojlantirish.1. Respublikada maktabgacha ta’lim uchun ishlab chiqilgan, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish. 2. Import qilinayotgan bosma materiallar bozorini o‘rganish. 3. Turli imtiyoz va prefernsiyalarni taqdim qilish orqali xususiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda maktabgacha ta’lim uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash, ekspertiza qilish va chop etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturini kiritish.2017-yil1-dekabrga qadarXalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Ma’naviyatva ma’rifat” markazi7.Maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini takomillashtirish.1. Amaldagi maktabgacha ta’lim muassasasining namunaviy Ustavi, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini tanqidiy o‘rganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.2017-yil1-oktabrga qadarXalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi,Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,Bosh prokuraturaII. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash8.Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularning moddiy-texnik jihozlanishi ahvolini o‘rganish, yangi maktabgacha ta’lim muassasalariga, shu jumladan, turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylarning qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda real ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarni aniqlash.1. Respublika hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan joyga chiqqan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish. 3. Inventarizatsiya yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga aniq takliflar kiritish.2017-yil1-dekabrga qadarXalq ta’limi vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari9.Yuridik va jismoniy shaxslarga 1991 — 2017-yillar davomida davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari berilishi (sotish, bepul berish, boshqacha o‘zgaga berilishi)ning qonuniyligi va asosliligini kompleks o‘rganish.1. O‘rganish o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari binolari begonalashtirilishining qonuniyligi va asosliligini o‘rganish. 3. O‘rganish yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.2017-yil 1-noyabrga qadarXalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi,Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklarva idoralar10.Xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish.1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining inventarizatsiyasi natijalariga asosan maktabgacha ta’lim obyektlari qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2018-yil 1-martga qadarDavlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari11.Yangi maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilishiga va amaldagilarini rekonstruksiya qilishga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etish.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etish, inventarizatsiya natijalari hamda yangi turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylar qurilishiga doir davlat dasturlarini hisobga olgan holda chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jalb etilgan subyektlarga soliq va boshqa imtiyozlarni taqdim qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 3. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2018-yil 1-aprelga qadarMoliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirliklari,Xalq ta’limi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank,Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyalari Kengashi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, bank muassasalari12.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobiga rivojlantirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish.1. Nodavlat maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini va ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyat markazlarida nodavlat maktabgacha ta’limni rivojlantirish, mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2017-yil1-oktabrga qadarAdliya vazirligi,Xalq ta’limi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi13.Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi va oqilonaligi nuqtai nazaridan qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, shuningdek, moliyalashtirishning eng kam normalarini aniqlashning asosliligini tahlil qilish. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, moliyalashtirishning ustuvorligini aniqlashtiruvchi mezonlarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.2017-yil1-oktabrga qadarMoliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi,Adliya vazirligi,Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari14.Shaffof markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazish va narx siyosatiga rioya qilish bo‘yicha faoliyatini samarali nazorat qilishni nazarda tutgan holda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish.1. Qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada xorijiy davlatlarning ilg‘or ijobiy tajribasini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlashning yangi tizimini sinab ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida joriy etishning eksperimental loyihasini amalga oshirish. 4. Komissiyaga eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan aniq takliflarni kiritish.2017-yil 1-oktabrga qadar 2017-yil sentyabr — dekabr 2018-yil15-yanvarga qadarXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,Davlat raqobat qo‘mitasi,Bosh prokuratura, “Ijtimoiy fikr” markazi,vazirliklar va idoralar15.Bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun zarur standartlarni hisobga olgan holda bolalar mebellarini ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan standartlarga muvofiq xavfsiz bolalar mebellarini milliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish.2017-yil1-oktabrga qadar 2017-yil1-dekabrga qadarSog‘liqni saqlash vazirligi,Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar va idoralar Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turi o‘zgarishi, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga bog‘liq holda yagona hujjatga birlashishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga2-ILOVA Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya TARKIBI 1.Aripov A.N.—O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi2.Yunusxodjayev A.N.—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi3.Kuranbayev K.K.—O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi4.Sadikov Sh.M.—O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiLoyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori5.Ikramov M.M.—O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi6.Abdullayev I.B.—O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori7.Inoyatov U.I.—O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri8.Shadmanov A.K.—O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri9.Xodjayev B.A.—O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri10.Davletov R.K.—O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri11.Saidova G.K.—O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri12.Madjidov I.U.—O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri13.Sayfullayev B.S.—O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri14.Xaitov A.A.—O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri15.Shermatov Sh.X.—O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi16.Gulyamov R.A.—O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi17.Axmedxodjayev A.I.—O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi18.Abdullayev A.X.—O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi19.Muxammadiyev U.N.—O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)20.Fayziyev Z.O.—“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi21.Inamova S.T.—“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmaganxalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi22.Ikramov A.I.—O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi23.Mamadaliyeva X.X.—“Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori24.Muxamedov U.S.—O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i25.Djurabayev A.A.—O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri, Komissiya kotibi.
Batafsil