MTTga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi belgilandi

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab, toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilish tartibi  belgilandi.

Quyidagilar, 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishda amal qiladi:

  • Ushbu tartib 3-7 yoshli bolalar navbatda turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻllanilmaydi.
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan Ilk rivojlanish guruhlardagi bolalar uchun toʻlov tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi  bilan tashkilot direktori tomonidan kelishilgan holda tasdiqlangan preyskurant narxlar asosida amalga oshiriladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlari tarbiyalanuvchilari ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnoma bola qabul qilingan kuni oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan tuziladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlarda tarbiyalanayotgan bola 3 yoshga toʻlgan kundan boshlab ota-ona bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va oʻrnatilgan tartibda tashkilot direktori tomonidan rasmiylashtiriladi.
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotida 3-7 yoshli bolalarga moʻljallangan guruh tashkil qilish uchun “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida guruhni toʻldirishning eng kam miqdoridagi bolalar soniga teng navbat shakllangan oyning yakunida Ilk rivojlanish guruhlar faoliyati toʻxtatiladi va bu haqda bolaning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi qonuniy vakili xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin quyidagilarni nazarda tutuvchi Ilk rivojlanish guruhlari tashkil qilish mumkin:

  • dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim tashkilotida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish;
  • maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturidan tashqari sport-sogʻlomlashtirish va boshqalar.

Shu bilan birgalikda, ilk rivojlanish guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi foydanilmayotgan va jihozlangan xonalarida tashkil etiladi.

 

  • Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi Ilk rivojlanish guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
  • Ilk rivojlanish guruhlarida bolalarning soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
  • Bolalarni bola qonuniy vakilining arizasi va tibbiy koʻrsatmalar asosida Ilk rivojlanish guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining  “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga hamda muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlarda bolalar bilan mashgʻulotlarni tashkil etishda oʻquv yuklamasi bir haftalik taʼlim yuklamasining eng koʻp ruxsat etilgan hajmidan va mashgʻulotlarning eng koʻp ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
  • Ilk yoshli guruhga tarbiyalanuvchilari uchun toʻlovlar tijorat banklari orqali naqd pulda, plastik kartochkada, elektron toʻlov shaklda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda toʻlanadi. Bunda, toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi (elektron toʻlov bundan mustasno).
  • Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan 100 foiz miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar tarbiyalanuvchilarning davomat tabeli asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Ilk rivojlanish guruhlarning tarbiyachi, pedagog va xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
  • Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari Ilk rivojlanish guruhlarni tashkil etish paytida oʻziga biriktirilgan hamda byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga xarid qilingan asosiy vositalardan foydalanishlari mumkin.
  • Alohida qayd etish joizki, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga sabab boʻlmaydi.
  • Mazkur yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта