Didaktik materiallar
Maktabgacha ta'lim agentligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagog xodimlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi kuni boshlandi

Avval xabar berganimizdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o'z ishini boshlagan edi. Bugun joylarda qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi kun  treninglari o'z ishini davom ettirmoqda. Sessiyalar davomida,   Muzyorar (icebreaker)ni amalda qoʻllash va bugungi kun maqsadlarini belgilash;  Taʼlimda zinama-zina (skaffolding) metodi; Ilk Qadam va oʻyin pedagogikasi;  Oʻyinga asoslangan taʼlim madaniyatini ijobiy shakllantirish; Oʻyinga asoslangan taʼlim uchun zamin yaratish;  Modellashtirilgan ta’lim. (Men qilaman, biz qilamiz, siz qilasiz);  Ta’limdagi fikr-mulohazalar va yakuniy xulosalar kabi mavzular o'tilmoqda.    Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Bilasizmi?

 MTT guruhlarining namunaviy kun tartiblari haqida bilasizmi? Bolalar to‘liq kun davomida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi Маktabgacha ta’lim va tarbiya muqobil shakllarining namunaviy kun tartibi

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining  kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday  kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz. Bular quyidagilar: - ona tilini eshitadi va tushunadi; - ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi; - chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi; - chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi; - badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi; - so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi; - gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi; - ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. Eslatib o'tamiz:  Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.  Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi"  sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Etnosport turlarini ommalashtirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar

Maktabgacha taʼlim   agentligi tomonidan Oʻzbekiston   Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-259-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshirildi.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limda etnosport: “MILLIY XALQ OʻYINLARI” — “OQ TERAKMI, KOʻK TERAK?”

Milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar boʻlib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd etilgan jihatlarni inobatga olgan holda vazirlik tashabbusi bilan  maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xalq oʻyinlariga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda etnosport turlarini ommalashtirish maqsadida bir nechta milliy xalq oʻyinlari Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 146-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida namoyish etildi. Shu kabi milliy xalq oʻyinlaridan foydalanish tavsiya etiladi:     “OQ TERAKMI, KOʻK TERAK?”    Oʻyinning tаvsifi. Bаrchа oʻyinchilаr bаrаvаr ikki kоmаndаgа boʻlinаdilаr. Hаr bir kоmаndа oʻz kаpitаnini sаylаydi. Hаr bir kоmаndаning oʻyinchilаri birbirlаri bilаn mаhkаm qoʻl ushlаshib turаdilаr. Bir kоmаndа oʻyinchilаribаrаvаrigа “Оq tеrаkmi, koʻk tеrаk, bizdаn sizgа kim kеrаk?” - dеb soʻrаydi. Ikkinchi kоmаndа а’zоlаri “Sizdаn bizgа(qаrshi kоmаndа oʻyinchilаridаn  birining ismini аytib) “falonchi”  kеrаk! - dеydi. Ismi аytilgаn oʻyinchi yugurib kеlib qаrshi kоmаndа qаtnаshchilаri qoʻl va barmoqlari orqali hosil qilgan  “zаnjir”ni uzishgа hаrаkаt qilаdi. Аgаr zаnjirni uzа оlsа, shu kоmаndа  oʻyinchilаridаn birini oʻz kоmаndаsigа оlib kеtаdi, uzа оlmаsа, oʻzi shu kоmаndаdа qоlаdi. Oʻyin shu tarzda davom etadi. Oʻyin yakunida qaysi jamoada oʻyinchilar qolmasa, oʻsha jamoa yutqazgan boʻladi.   Oʻyinning qоidаlаri: 1. Zаnjirni fаqаt chаqirilgаn oʻyinchi kеlib uzishi kеrаk. 2. Zаnjirni uzа оlmаsа, ikkinchi mаrtа uzishgа ruхsаt etilmаydi. 3. Zаnjir hоsil qilishdа roʻmоlchа, аrqоn vа hоkаzоlаrdаn fоydаlаnish mumkin emаs. 4. Chаqirilgаn oʻyinchi toʻsаtdаn bir оtilib zаnjirni uzib oʻtib kеtish uchun qаrshi kоmаndа oʻyinchilаrining diqqаtni chаlg’itаdigаn hаrаkаtlаr qilishi mumkin.   Mеtоdik koʻrsаtmаlаr. Bu oʻyin kоmаndаlаr oʻyini jumlаsigа kirаdi. Oʻyin katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari uchun tаvsiya etilаdi. Bu oʻyindа diqqаt, mаrdlik, qаt’iyatlilik, birgаlikdа hаrаkаt qilish kаbi sifаtlаr tаrbiyalаnаdi. Oʻyindа muvаffаqqiyat qоzоnish uchun tеz yugurish, zаnjirni kеskin uzish shuningdеk, oʻyinchilаr diqqаtini chаlg’itаdigаn hаrаkаtlаr qilishni bilish muhim rоl oʻynаydi. Eslatma! Oʻyin kattalar nazorati ostida oʻtkazilishi kerak!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limda etnosport: “MILLIY XALQ O‘YINLARI” — “ARQON TORTISH”

Milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar boʻlib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd etilgan jihatlarni inobatga olgan holda vazirlik tashabbusi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xalq oʻyinlariga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda etnosport turlarini ommalashtirish maqsadida bir nechta milliy xalq oʻyinlari Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 146-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida namoyish etildi.   Shu kabi milliy xalq oʻyinlaridan foydalanish tavsiya etiladi:   “Arqon tortish”   O'yinga tayyorlanish. Maydonchaning qarama-qarshi tomonlariga o'zaro parallel ikki chiziq o'tkaziladi. Hamma o'yinchilar kuch jihatidan ikki komandaga boʻlinadilar va chiziqlar orqasiga o'tib turadilar. Ikki chiziq oralig'iga maydochaning o'rtasiga sertugun qilib o'ralgan arqon qo'yiladi. Arqonning qoq o'rtasiga rangli latta bog'lab qo'yilgan bo'ladi.   O'yinning tavsifi. Signal berilishi bilan ikkala komanda o'yinchilari yugurib kelib, arqon tugunlarini yechadilar va uni o'z tomonlariga tortadilar. Belgilangan vaqt 45 sekund, 1 daqiqa mobaynida arqonning ko'proq qismini o'z chizig'idan o'tkazgan komanda g'olib hisoblanadi.   O'yin qoidalari: 1. Faqat signal berilgandan keyingina chiziqdan o'tib, arqon tomonga yugurish mumkin. 2. Har bir komanda arqonni talashayotgan vaqtda uning rangli lattagacha bo'lgan bir qismidan, ya'ni arqonning yarmidan ushlashi mumkin. 3. Arqon faqat qo'l bilan tortiladi. 4. Oyoqni tirash uchun yerni yumshatish, chuqurchalar o'yish, qo'llar bilan yerga tayanish, arqonni oyoqlar orasiga qistirish, yerga o'tirish yoki yotish mumkin emas.   Ushbu qoidalarni buzib, arqonni o'z tomoniga tortib o'tkazgan komandaning yutug'i hisobga olinmaydi.   Pedagogik ahamiyati. Bu o'yin bolalarda tez harakatchanlik, chaqqonlikni, sabr-toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O'yin ko'proq jamoa bo'lib harakat qilish, chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi.   Metodik ko'rsatmalar. Bu o'yinda tarbiyalanuvchilarning kuch va chaqqonligini oshirishga birdamlik bilan harakat qillishlariga erishish lozim. Bu o'yinni o'g'il bolalar bilan ham, qiz bolalar bilan ham (alohida-alohida) o'tkazish mumkin.   Eslatma! Oʻyin kattalar nazorati ostida oʻtkazilishi kerak!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limda etnosport: “MILLIY XALQ OʻYINLARI” — “XO'ROZLAR JANGI”

Milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar boʻlib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd etilgan jihatlarni inobatga olgan holda vazirlik tashabbusi bilan  maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xalq oʻyinlariga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda etnosport turlarini ommalashtirish maqsadida bir nechta milliy xalq oʻyinlari Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 146-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida namoyish etildi. Shu kabi milliy xalq oʻyinlaridan foydalanish tavsiya etiladi:   “Xoʻrozlar jangi” Oʻyingа tаyyorlаnish. Yergа diаmеtri 2 mеtrli doira chizilаdi (arqon yordamida hosil qilsa ham boʻladi). Oʻyin ishtirokchilаri 2 tа kоmаndаgа boʻlinаdilаr vа dоirа yonidа bir-birlаrigа yuzmа-yuz ikki qаtоr boʻlib turаdilаr. Hаr bir kоmаndаdа bittаdаn “оnаbоshi” tаyinlаnаdi. Oʻyinning tаvsifi. “Оnаbоshi”lаr oʻz kоmаndаlаridаn bittаdаn oʻyinchini аjrаtаdi vа ulаr аylаnа ichigа kirib qoʻllаrini оrqаgа qilib bir оyoqlаb turаdilаr. Signаl bеrilishi bilаn bir-birlаrini yеlkаlаri vа gаvdаlаri bilаn turtib аylаnаdаn chiqаrishgа hаrаkаt qilаdilаr. Oʻz rаqibini tаshqаrigа chiqаrа оlgаn oʻyinchi g’оlib hisоblаnаdi vа oʻz kоmаndаsi uchun bir оchkо yutgаn boʻlаdi. Shundаn kеyin dоirа oʻrtаsigа “оnаbоshi”lаr lоzim tоpgаn nаvbаtdаgi “хoʻrоzlаr” jufti kirаdi. Oʻyin hаmmа bоlаlаr хoʻrоz rоlini bаjаrib boʻlgunichа dаvоm ettirilаdi. Oʻyinchilаri koʻp оchkо toʻplаgаn kоmаndа yutgаn hisоblаnаdi. Oʻyinning qоidаlаri: 1. Аgаr oʻyinchi аylаnа ichidа ikkinchi оyog’ini hаm yergа qoʻysа yutqаzgаn hisоblаnаdi. 2. Аgаr bir-birini turtish pаytidа ikkаlа oʻyinchi hаm dоirаdаn chiqib kеtsа, hеch kim yutgаn hisоblаnmаydi vа nаvbаtdаgi juft хoʻrоzlаr jаngi bоshlаnаdi. 3. Хoʻrоzlаr har gаl signаl bеrilgаndаn kеyinginа jаnggа kirishаdilаr. 4. Jаng vаqtidа qoʻllаrni hаm pаstgа tushirish mumkin emаs. Oʻyinning tа’lim-tаrbiyaviy аhаmiyati. Bu oʻyin tarbiyalanuvchilаrni kuchli, chаqqоn vа fаrоsаtli boʻlishlаrigа yordаm bеrаdi. Oʻyindа oʻzining vа oʻrtоqlаrining kuchigа hаqqоniy bаhо bеrish qоbiliyati, shuningdеk, mаqsаdgа erishish uchun mаtоnаtlilik хislаti tаrbiyalаnаdi. Oʻyinchilаr bu oʻyindа oʻz kоmаndаlаrining shаrаfini himоya qilаdilаr. Bu esа ulаrdа oʻz jаmоаsi оldidаgi mаs’uliyat hissini, oʻz kоmаndаsidаgi oʻyinchilаr kuchini toʻg’ri tаqsimlаy оlish iqtidоrini tаrbiyalаshgа yordаm bеrаdi. Qаrshilik koʻrsаtish, kurаshish bu oʻyindаgi аsоsiy harаkаtlаrdir. Mаnа shu hаrаkаtlаr dаm оlish bilаn аlmаshinib turаdi. Hаr bir oʻyinchi 1-2 mаrtа oʻyindа qаtnаshаdi vа qоlgаn vаqtdа oʻyinning qаndаy bоrishini kuzаtib turаdi. Mеtоdik koʻrsаtmаlаr. Bu oʻyinni kоmаndаlаrgа boʻlmаsdаn hаm oʻtkаzish mumkin, bundа oʻyinchilаr oʻz хоhishlаri bilаn musоbаqаlаshish uchun oʻrtаgа chiqаdilаr. G’оlib chiqqаn oʻyinchi mаydоndа qоlаdi vа oʻzi bilаn jаng qilishni istаgаn yangi oʻyinchi bilаn bеllаshаdi. Oʻyin shu tаriqа dаvоm etаvеrаdi. Oʻyin охiridа koʻp mаrtа g’оlib chiqqаn oʻyinchilаr аniqlаnаdi. Oʻyinchilаr koʻp boʻlsа, toʻrttа kоmаndа tuzib oʻyinni ikkitа dоirаdа oʻtkаzish mumkin.   Eslatma! Oʻyin kattalar nazorati ostida oʻtkazilishi kerak. Shuningdek,  “jаng” qiluvchilаrning kuchi tахminаn tеng boʻlishigа hаm e’tibоr bеrishlоzim!      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tanani boshqarish va foydali jismoniy koʻnikmalar

Maqsad: bolalarga tanani (gavdasini) samarali boshqarish va foydali jismoniy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun yordam beradi. Kundalik hayotda ishlatiladigan barcha harakatlar, masalan, yurish, yugurish, sakrash kabi koʻnikmalar, shuningdek, vaznni boshqarish hamda tezlik va yoʻnalish oʻzgarishi bilan harakatlanish qobiliyatlari va tushunchalari foydali jismoniy koʻnikmalardir. Ushbu koʻnikmalarning baʼzilari bolalarga jihoz, uskunalar ustida yoki fazoda muallaq harakatlanayotganda oʻz tanalarini boshqarishda yordam berish uchun ishlatiladi.  Boshqa xil koʻnikmalar esa, gimnastika, yengil atletika, sport oʻyinlari kabi sport va raqs mashgʻulotlarida qatnashadigan murakkab mashq va harakat shakllarini shakllantirish uchun bir yoki bir nechta lokomotor va harakat qobiliyatlari bilan birgalikda qoʻllaniladi. Oʻzlashtiriladigan koʻnikma va mahoratning mohiyati va turidan qatʼiy nazar, ular odatda tizimli oʻquv dasturi orqali oʻrgatiladi.Kordinatsion harakatlar, muvozanat va barmoqlarning tezkorligi kabi sust rivojlangan vosita qobiliyatlari jismoniy mashqlar bilan bogʻliq muvaffaqiyatni jiddiy ravishda cheklaydi. Bolalar oʻzlarining jismoniy sifatlarini imkon qadar koʻproq rivojlantirishlari kerak. Atrof-muhitdagi tashqi omillar asosiy vosita sifatlarini rivojlantirishga taʼsir qilganligi sababli, jismoniy tarbiya darslari ham jismoniy mahoratini oshirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Yaxshi rivojlangan jismoniy sifatlarga ega boʻlgan inson harakat qobiliyatlarini egallashga ehtiyoj sezadi. Samarali jismoniy harakatlarning, ayniqsa sport va raqs harakatlarining ijobiy taʼsiri juda koʻp. Serharakat, chaqqon va jozibali harakatlarni namoyish etadigan bolalar odatda jismonan tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turadi. Bundan tashqari futbol, basketbol yoki suzish kabi sport faoliyat turlarida natija koʻrsatgan bola odatda koʻp yillar davomida ushbu faoliyat bilan shugʻullanadi. Ota- onalar ushbu jismoniy harakatlardan iborat mashgʻulotlarni yaxshi tushunishlari va farzandlari sogʻligiga ijobiy taʼsirini bilishlari kerak, chunki inson odatda oʻz qobiliyatini va jismoniy sifatlarini namoyish etadigan tadbirlarda qatnashish istagida boʻladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Didaktik oʻyin: “Yaxshi-yomon”

“Yaxshi-yomon” didaktik oʻyini Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlimi” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, ekologik taʼlim va tarbiya boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Yer sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova hisoblanadi. Mazkur didaktik oʻyin 5-7 yoshdagi bolalarga moʻljallangan. Didaktik oʻyinni izchil nutqni va ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini yechishda, shuningdek, bolani rivojlantirishdagi turli taʼlim sohalari boʻyicha mustaqil va birgalikdagi faoliyatda koʻp maqsadda foydalanish mumkin. Didaktik oʻyin MTT pedagoglari, ota-onalar va tarbiyalanuvchilarga ekologiya boʻyicha bolalar oʻyinlarini tashkillashtirishda foydali boʻladi. Oʻyin maqsadi: Bolalarni tabiat va sogʻlom turmush tarzi (STT)ga nisbatan yaxshi va yomon xatti-harakatlarni tushunishga oʻrgatish. Qoida: faqat bitta rasmni olish. Oʻyin tavsifi: Oʻyin aylanuvchi mexanizm bilan oʻzaro bogʻlangan, diametri turlicha boʻlgan ikkita Lulliy doirasidan tashkil topgan. Doiralar turli taraflarga, alohida-alohida aylanadi. Ustidan mil (koʻrsatkich) biriktirilgan. U doira boʻylab aylanadi. Oʻyinga tabiatdagi turli holatlar, STT qoidalari (ijobiy va salbiy harakatlar) hamda ushbu holatlarga mos belgilar tasvirlangan rasmlar ilova qilingan. Oʻyinni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar Yoshi kattalar bolalarga rasmlarni koʻrib chiqishni taklif etadi. Bola rasmlarni koʻzdan kechirayotganda unga tabiat va oʻzining salomatligiga nisbatan yaxshi va yomon amallar insonlar tomonidan bajarilishi tushuntiriladi. 1-variant. “Yaxshi-yomon” Bolalar juft-juft boʻlib oʻynaydilar. Bir bola salbiy amal qilayotgan inson tasvirlangan rasmni qizil maydonga biriktiradi, ijobiy holat aks etgan rasmni esa yashil maydonga biriktiradi. Ikkinchi bola esa sherigining tanlovini tushuntiradi, nega muayyan rasm qizil va yoki yashil maydonga tegishli ekanligini aytadi. 2-variant. “Belgini toping” Oʻyinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida ijobiy va salbiy holatlar aks etgan rasmlar joylashtirilgan, belgili kartochkalar esa maydondan tashqarida. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar hamda koʻrsatilgan maydondagi yaxshi va yomon amallarga mos belgilarni topadilar. 3-variant. “Yaxshi amalni bajarayotgan inson tasvirlangan rasmni toping va nima uchun bunday qilish yaxshiligini soʻzlab bering” Oʻyinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida faqat ijobiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u rasm tanlaydi va nima uchun bu amalni qilish kerakligini tushuntiradi. 4-variant. “Amalni tushuntiring” Oʻyinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. Oʻyin maydonida ijobiy va salbiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u rasm tanlaydi (ijobiy yoki salbiy holat tasvirlangan). Rasm ustiga unga muvofiq boʻlgan belgini mahkamlaydi. Shu tariqa barcha ishtirokchilar oʻynaydi. 5-variant. “Amalni toʻgʻrilang” Oʻyinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. Bolalar navbatma-navbat Lulliy doiralarini aylantiradilar. Mil qaysi bolada toʻxtasa, u holatlardan birini toʻgʻrilaydi: yashil oʻyin maydoniga insonning ijobiy amallarini biriktiradi. Qolgan bolalar har bir holatga mos belgilarni koʻrsatadilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTT da ekologik soʻqmoq tashkil etish bosqichlari

Davlat talablariga, “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga va “Yer sayyorasi – bizning umumiy uyimiz” dasturiga muvofiq ekologik soʻqmoq yaratilar ekan, oʻz hududingiz va MTT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan tanishishishdagi zaruriy obyektlarni tanlash va inobatga olish muhim hisoblanadi. Pedagog uchun tavsiya: Ekologik soʻqmoq tashkil etish bir nechta bosqichlarda oʻtkazilishi tavsiya etiladi: Birinchi bosqich – tashkiliy Ikkinchi bosqich – yoʻnalish va xarita-chizmalarni tuzish Uchunchi bosqich – bezatish va obodonlashtirish Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni ishga tushirish Pedagoglar maktabgacha yoshdagilar uchun ekologik soʻqmoq yaratishning oʻziga xos xususiyatlari mavjudligini yodda tutishlari kerak va quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi: faktlarga asoslangan materiallarga koʻmib yubormaslik mashgʻulotlarni maʼruza shaklida oʻtmaslik, pedagog obyektni koʻrsatib, u haqida gapiradi, bolalar esa uning monologini jim tinglaydilar. soʻqmoq obyektlari anchayin xilma-xil boʻlishi kerak. Soʻqmoqdagi hamma narsaning mukammal boʻlishiga intilish: kuzda toʻkilgan barglarni butkul tozalash, yovvoyi oʻtlarni yulib tashlash tavsiya etilmaydi. Unutmang, ekologik soʻqmoq – gulzor emas! Muhimi, unda imkon qadar koʻproq tabiat obyektlari mavjudligi, muhit xilma-xilligi esa tabiatning oʻzidagi kabi boʻlmogʻi darkor. Quyida MTT sharoitida ekologik soʻqmoq yaratish borasida uslubiy tavsiyalar taqdim etilgan. Birinchi bosqich – tashkiliy. Bu bosqichda tavsiya etiladi: maʼmuriyat, pedagoglar, ota-onalar va bolalardan iborat tashabbuskor guruh tuzish; oldinda turgan ishdagi har bir shaxsning vazifasi, ish koʻlami, harakatlar tartibi va joyini aniqlab olish; ekologik soʻqmoq yaratish boʻyicha umumiy reja ishlab chiqish. Ikkinchi bosqich – ekologik soʻqmoq yoʻnalishini ishlab chiqish va xarita-chizmalarni tuzish. Tashabbuskor guruh MTT hududini mufassal oʻrganadi va nisbatan qiziqarli obyektlarni, ularning joylashuvi, axboriy taxtalarning turar joyi, yoʻl koʻrsatkichlari, andoza va boshqa bezak unsurlarini belgilab chiqadi. Xarita tuziladi – turli maqsadlar uchun soʻqmoq chizmasi, pedagoglarga yordam tariqasida. Bolalar chizma-xaritasida ularga tushunarli boʻlgan koʻrinishdagi obyektlar, harakat yoʻnalishini tasdiqlovchi koʻrsatkichlardan iborat kichik maʼlumotlar oʻrin oladi. Soʻqmoqqa bolalar bilan mashgʻulotlarda tuzilgan va tabiatni asrashga qaratilgan turli belgilarni joylashtirish mumkin. Bezatish davomida himoya qilinadigan oʻsimliklarni qizil rang bilan ajratib koʻrsatish mumkin. Bolalarning yoshi qancha kichik boʻlsa, chizma ham shunchalik qisqa, ixcham boʻlishi lozim. Masalan, 3-4 yoshdagi bolalar uchun obyektlar yirik, yorqin tasvirlanadi: chizilgan qushcha, daraxt, ochiq rangdagi gullar. Oxirida bu rasmlar bir obyektdan boshqasiga yoʻl ochuvchi chiziq – yoʻlka bilan birlashtiriladi. Uchinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni bezatish va obodonlashtirish. Soʻqmoqda oʻrnatiladigan va tayyorlanadigan obyektlar roʻyxati aniqlab olingach, yoʻnalishni bezash loyihasi ishlab chiqiladi. Tashabbuskor guruh bir vaqtning oʻzida koʻrgazma taxtasi uchun badiiy matnlarni tayyorlash, ekologik soʻqmoqda axloq qoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Agar bir necha xil koʻrinishlar taklif etilsa, ular orasida eng yaxshisini ovoz berish orqali aniqlash mumkin. Ekologik soʻqmoq bezagi uchun yanada koʻproq pedagoglarni jalb etish maqsadida tashabbuskor guruh pedagog, bolalar va ota-onalar orasida har bir obyekt uchun eng yaxshi loyiha, har bir koʻrgazma taxtasi uchun eng yaxshi matn uchun tanlov tashkil etishi mumkin Bolalar bilan soʻqmoq “xoʻjayini” – ertak qahramonini birga tanlash. soʻngra hamkorlikdagi saʼy-harakatlar bilan ekologik soʻqmoqni obodonlashtirish ishlarini olib boradilar: chiqindilarni yigʻib, joyni tozalab, loyihaga asosan tayyorlangan barcha obyektlarni tabiat landshaftiga munosib ravishda oʻz joylariga oʻrnatadilar. Ekologik soʻqmoqni bezashda jamoa boʻlib ishlash orqali bolalar rejalashtirish, muammolarni birgalikda hal qilish va oʻzaro yordam koʻnikmalariga ega boʻladilar. Ekologik soʻqmoqni obodonlashtirishda shuni yodda tutingki, uni bezatish birdan-bir maqsad emas, balki yordamchi vosita. Ekologik soʻqmoqni koʻpgina lavhalar va reklama taxtachalari ilib tashlangan koʻchaga aylantirish kerak emas. Maʼlumot taxtachalari juda koʻp va qimmatbaho boʻlishi ham shart emas, ularni qoʻl ostingizda mavjud materiallardan tayyorlash mumkin. Eng muhim talab – taxtachalar va yoʻl koʻrsatkichlari manzara bilan hamohang tushishi lozim. Shuning uchun mahalliy tabiiy materiallardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Ekologik soʻqmoqni jihozlashning eng oddiy koʻrinishi quyidagicha. Soʻqmoq boshi va oxiriga nomlar yozilgan maʼlumotlar taxtasi, yoʻnalish va qoidalar haqidagi kichik axborotlardan iborat chizma-xaritalar oʻrnatiladi. Yoʻnalishning barcha asosiy joyiga obyekt raqamlari va nomlari yozilgan kichik taxtachalar yoki yoʻl koʻrsatuvchi ustunchalar joylashtiriladi. Yoʻnalishlar bezatilayotgan paytda ekologik soʻqmoq pasporti va ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tuziladi. Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqda ish boshlash. Bu vaqtga kelib ekskursiya uchun ekologik soʻqmoq tayyor boʻladi: yoʻnalish jihozlangan, ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tayyorlangan, ekologik soʻqmoq pasporti va uning ish rejasi tuzilgan hamda tasdiqlangan. Ekologik bayram oʻrnida ekologik soʻqmoqning ochilish marosimini nishonlash mumkin boʻladi. Tantanali ochilishidan keyin ekologik soʻqmoqda ekskursiyalar va ekologik tadbirlar oʻtkaza boshlaydilar. Ekologik soʻqmoqning tuzilish va maʼlumot bilan toʻldirish ishlari davom etaveradi. Vaqti-vaqti bilan bezak obyektlari inventarizatsiyasi va taʼmiri amalga oshiriladi, maʼlumotlar taxtasidagi matnlar yangilanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yurib va yugurib oʻynaladigan oʻyinlar

Yugurib keling oldimga Bolalar maydonchaning bir tomonida terib qoʻyilgan stullarda oʻtiradilar.Tarbiyachi qarama-qarshi tomonda turadi. U: “Yugurib keling oldimga, hammangiz – hammangiz, yugurib keling oldimga!” – deydi.  Bolalar tarbiyachiga qarab yugurishadi. Bolalar tarbiyachining yonida toʻplangach, u maydonchaning narigi tomoniga ketadi. U tomondan turib, yana: “Yugurib keling oldimga!” – deb, bolalarni chaqiradi. Oʻyin toʻrt-besh marta takrorlanadi. Keyin, tarbiyachi: “Oʻyingizga yuguring – deb, murojaat etadi. Bolalar shu zahotiyoq oʻz stullariga qarab yugurishadi. Tarbiyachi: «Yugurib keling oldimga!” – deb chaqiradi.  Bolalar yana uning yoniga yugurib borishadi. Yugurganda bir-birlarini turtmasligi, itarishmasligi, xalaqit bermasligi kerak.  KOʻRSATMALAR. Oʻyinga qatnashishni istagan bolalarni komandaga boʻlish mumkin: bir komanda oʻynaganda, ikkinchi komanda tomosha qilishi mumkin. Keyin ular oʻrin almashishadi.  Dastlab bolalar xohlagan stulni egallashlari mumkin, lekin bir necha bor oʻynaganlaridan keyin, tarbiyachi bolalarning oʻz stullariga borib oʻtirishlarini aytadi. Kim notoʻgʻri oʻtirsa, oʻyindan chiqariladi. Oʻz joyiga koʻproq toʻgʻri oʻtirgan komanda yengib chiqadi. Qushcha va uning bolalari Bolalar besh-oltitadan boʻlib, guruh-guruhga boʻlinadilar. Har bir guruh oʻz uychasiga – iniga ega boʻladi: (boʻr bilan chizilgan doira, polga tashlab qoʻyilgan katta chambarak, ikki uchi qoʻshib qoʻyilgan arqoncha va hokazolar in boʻlishi mumkin). Bolalar choʻqqayib oʻtirishadi – qushchani ifodalashadi: don choʻqishadi, yerni titkilashadi. Tarbiyachi qushcha boʻladi. Uning: “Qani uchdik, qanot qoqdik, uchaylik katta sayr qilaylik”, - degani bilan bolalar inlaridan qanot qoqib uchib chiqadilar va uzoqroq kelishga harakat qiladilar. Tarbiyachi: “Sayr tamom boʻldi, endi uyga qaytamiz”, - deb qichqiradi. Shunda hamma bolalar xayrlashib oʻz inlariga uchib keladilar. Oʻyin uch-toʻrt marta takrorlanadi.METODIK KOʻRSATMALAR. Tarbiyachi bolalarning – qushcha bolalari singari harakat qilishlarini kuzatib boradi. Begona inga kirish mumkin emasligini eslatib turadi. Qushchalarning uzoqroqqa uchishlarini daʼvat etib turadi. Kim sekinroq Oʻyinning maqsadi. Bolalarni barmoq uchida sekin yurishga oʻrgatish.  OʻYIN MAZMUNI. Bolalar tarbiyachi bilan birga bir tomonga borishadi.Kutilmagan vaqtda tarbiyachi: “Qani hozir biz kim juda sekin, oyoq uchida yura olishini bilib olamiz”, - deydi. (Qanday yurish kerakligini koʻrsatib beradi). Bolalar iloji boricha oyoq uchlarida shovqin chiqarmasdan yurishga harakat qiladilar. Ular belgilangan tomonga qarab yuradilar. Tarbiyachi bilintirmasdan chetga chiqib: “Endi hammangiz menga qarab chopinglar”, - deydi.  Bolalar tarbiyachiga qarab chopadilar va uni oʻrab oladilar. Tarbiyachi ularni quchoqlab gaplashadi va bir vaqtda sezdirmasdan sekin yurib boradi. Mashqni toʻgʻri bajargan bolalarni maqtaydi, qolganlarini xuddi shunday bajarishga undaydi. Oʻyin uch-toʻrt marta takrorlanadi.METODIK KOʻRSATMALAR. Baʼzi bolalar oyoq uchida yurganda boshini tabiiy ravishda, ikki yelkasi orasiga engashtiradi. Shu holatda sekin yurish mumkin deb oʻylashadi. Tarbiyachi albatta bunday holatni kuzatib, bolalarning bu xatosini tuzatib borishga harakat qilishi lozim.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kichik soha: Yirik motorika

Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi talablariga koʻra: Bola oʻz tanasi va uning aʼzolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi. Kutilayotgan natijalar: 0-1 yosh: Boshi va koʻkragini koʻtaradi; Orqasidan qorniga va qayta oʻgiriladi; Yordamsiz oʻtiradi; Oyoqlarini izlaydi va topib, ogʻziga tortadi; Turli yoʻnalishlarda harakatlanadi; Tirgakka suyangan holda oyoqda turadi; Kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi; Yura boshlaydi; Kichik toʻsiqlar ustidan hatlab oʻtadi. 1-2 yosh: Kattalar yordamisiz turli yoʻnalishlarda yuradi; Tizzasiga oʻtiradi; Yuradi; Engashib oʻyinchoqni oladi; Zinapoyadan yuqoriga qadamma-qadam koʻtariladi. 2-3 yosh: Bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi; Mustaqil zinapoyadan koʻtariladi va tushadi; Tepalikdan sirgʻanib tushadi; Ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi; Kichik toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi; Yopiq eshikni ochadi, eshikdan kirasi va chiqadi; Uch oyoqli velosipedda uchadi. Bolani rivojlantirish boʻyicha faoliyat 0-1 yosh: Bolani sevimli oʻyinchogʻi yaqiniga emaklab kelishini ragʻbatlantirish; Bola oʻtirgan holatdan yotgan holatga tushishi va koʻtarila olishi uchun yumshoq joyni taʼminlash; Bolani qorindan orqasiga aylanishi va qorniga oʻgirilishini ragʻbatlantirish; “men tomon emakla”, “oʻtir”, koʻrsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda oʻyinlar tashkil qilish; Bola hatlab oʻta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan taʼminlash; Vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) asta-sekin koʻpaytirib borish; Bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki hatlab yetishi uchun imkoniyat yaratish. 1-2 yosh: Bola tortish, choʻzish, koʻtarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish; Bola bilan qoʻl va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib oʻynash; Bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish; Bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik oʻyinchoq mashinalar bilan oʻynashni oʻrgatish; Bola bilan toʻgʻri yoʻnalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatlarini beradigan oʻyinlar oʻynash; Ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish. 2-3 yosh: Bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish; Bola bilan yoʻnalishni topishi va boʻsh joyda harakatlanishi uchun harakatli oʻyinlar oʻtkazish; Bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishda koʻmaklashish; Bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish; Tanish va harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishilgan holda bajarish; Polda turli kataklar, yoʻlakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bagʻishlaydigan mashqlar bajarish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sayyoramizni asrang!

Sayyoramizni asrang!.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTM hududida ekologik so‘qmoq tashkil etish

ekologik so'qmoq.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yer sayyorasi - umumiy uyimiz

земля_наш_общий_дом_uz_4.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tajriba va eksperimentlar

Тажриба ва экспериментлар.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
3-6 yoshli bolalar orasida futbol boʻyicha birinchi mashgʻulotlar

3_6_ЁШЛИ_БОЛАЛАР_ОРАСИДА_ФУТБОЛ.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Badminton o'quv dasturi

БАДМИНТОН.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari uchun qoʻllanma

Мактабгача таълим ташкилотларида жисмоний тарбия машғулотларини ташкил қилиш.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar

MAKTABGACHA_TA`LIM_TASHKILOTLARIDA_O‘TKAZILADIGAN_HARAKATLI_O‘YINLAR.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Badminton alifbosi

Азбука бадминтона.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yaxshi-yomon

yaxshi yomon.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar.pdf

Вид сайта
Размер шрифта