Bolani maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish
Bolani maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish uchun ariza berish
Bolaning navbatini tekshiring
Bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish
Bolani qo'llab-quvvatlash uchun ota-onalarning to'lovi
Bolani qo'llab-quvvatlash uchun ota-onalarning to'lovi
Yangiliklar
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov va Belarus Respublikasidagi respublika kasb-hunar taʼlimi instituti professori Arkadiy Shklyar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida vazirlikning bir qator boshqarma boshliqlari hamda Xorazm viloyati hokim oʻrinbosari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida vazirlik vakillari Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashkil etilishi tarixi va Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning hozirgi holati haqida qisqacha maʼlumot berishdi. Suhbat davomida belaruslik hamkorlarning diqqat markazida Oʻzbekiston hukumati tomonidan ushbu tizimga qaratilayotgan alohida eʼtibor boʻldi, mehmonlarning taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim tizimini alohida tizim qilib shakllantirilishi natijasida 5 yil davomida rekord darajadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining koʻpayishi va qamrovning oshishiga sabab boʻlgan. Bu albatta tahsinga sazovorligi mehmonlar tomonidan aytib oʻtildi. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshish yoʻlida qilinayotgan harakatlaridan xursandliklarini bildirishdi. Uchrashuv davomida Arkadiy Shklyar Xorazm viloyati, Urganch shahrida 140 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Aqlli hudud”ning qurilish loyihasi haqida soʻzlab berdi. Belorus vakili Arkadiy Shklyar taʼkidlaganidek, “Aqlli hudud”ning asl maqsadi, hayot davomida taʼlim tizimini tashkil etishda turli xil taʼlim muassasalari va tashkilotlari (bolalar bogʻchalari, maktablar, kollejlar, markazlar, universitetlar va boshqalar) ning faoliyatini yaxlit bitta ekotizimga aylantirishdir. Ayni kunlarda ushbu taʼlim tizimlari deyarli bir-biri bilan bogʻliq emas, ammo Oʻzbekistondagi barcha taʼlim tizimlarida standartlashtirilgan taʼlim dasturlari olib boriladi. Yangi ekotizim mavjud ekotizimni yoʻq qilmasdan, balki uni rivojlantirib, taʼlim tashkilotlariga, ish beruvchilarga va oʻquv jarayonining boshqa ishtirokchilariga yangi vazifalarni taklif qiladi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar shaxs, iqtisodiyot va taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy muammolariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak boʻlgan taʼlim-tarbiya tizimidagi sezilarli oʻzgarishlarga erishiladi hamda taʼlimga tayyorgarlikning sifati, mavjudligini oshirish vazifalarining ustuvor xususiyatiga ega boʻlgan tegishli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ushbu taʼlim kompleksi ichida 1500 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻziga xosligi shundan iboratki, maktabgacha taʼlim tashkilotining asl modelini amalga oshirishda, tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, STEM-taʼlim boʻyicha innovatsion dasturlarni ishlab chiqish va natijada “oʻrganishni oʻrgatish”ga qiziqishni ragʻbatlantirishga qaratilgan. Taʼlim jarayonida yuqori sifatni taʼminlash uchun quyidagi sharoit yaratish maqsadga muvofiqligi belgilangan, yaʼni: - “ Meta10I ” bolalarni oʻqitishning ilmiy - uslubiy tizim modelini bolaning qiziqishiga koʻra uning aql-idrokini rivojlantirish va tarbiyalanuvchilarning yuqori darajadagi bilim faoliyati, motivatsiyasini shakllantirish, undan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni joriy etish; -interaktiv treninglar, seminarlar, muhokamalar va munozaralarni tashkil etish, oilaviy tarbiyada muvaffaqiyatli tajriba almashish boʻyicha davra suhbatlarini oʻtkazish orqali ota-onalarning psixologik-pedagogik mahoratini ularning talab va qiyinchiliklarini inobatga olgan holda oshirishni taʼminlash. Shu bilan birga, “Bolalar va yoshlar uchun qoʻshimcha taʼlim majmuasi” taqdimoti oʻtkazildi. Ushbu majmuada nafaqat oʻtmishning, balki kelajakda foydali boʻlgan texnologiyalar, kasblar zamonaviy yutuqlarning ham oʻrganilishi haqida aytib oʻtildi. Bundan tashqari, majmuada bolalarning yanada chuqur va ilgʻor bilimlarga ega boʻlishi, foydali koʻnikmalarga hamda jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirilishiga alohida eʼtibor berilishi taʼkidlandi. Bu oʻzaro chambarchas ijtimoiy-madaniy majmua ota-onalar va mahalliy hamjamiyat, shuningdek madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport, dam olish va boshqa ijtimoiy sohalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi bilan ahamiyatlidir.Majmua tarkibida koʻplab tarmoqlarning mavjudligi ayni muddaodir, chunki unda bolaning tashabbuskorligi, ijodiy fikrlash va nostandart yechimlarni topish qobiliyati, professional yoʻlni tanlash qobiliyati, oʻqish uchun butun hayot davomida izlanishdan toʻxtamaslik kabi ijobiy xislatlari shakllantiriladi.Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha qurilishini koʻrib chiqishga kelishib oldilar va mazkur “Aqlli hudud” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan maʼqullangandan soʻng, “Aqlli hudud”da maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etilishida, belaruslik hamkorlar texnik topshiriqlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishlarini maʼlum qilishdi.Maktabgacha taʼlim vazirligi
Parijga tashrif chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Inklyuziv taʼlim milliy instituti oʻrtasida inklyuziv taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fransiyaning Inklyuziv taʼlim milliy instituti imkoniyati cheklanganlar uchun taʼlim siyosatini amaliy amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Institutning asosiy faoliyati inklyuziv taʼlim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, uch yoʻnalishda amalga oshiriladi: kadrlar tayyorlash, resurslar, ilmiy tadqiqotlar. Shuningdek, ushbu tadbir davomida hamyurtlarimiz Parij moda akademiyasining bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosida ishtirok etdi.
“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.
Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi. Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi. Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi. Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.
Xabaringiz bor, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichi joriy yilning 5-8 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16 iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun, 28-iyun kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o’rtasida shaxmat bo’yicha “O’zbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda shaxmatni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qoʻshish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan I, II va III oʻrin gʻoliblari aniqlandi va vazirlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Unda qiz bolalar oʻrtasida I oʻrinni Xusnitdinova Xusnoraxon (Toshkent shahar), II oʻrinni Jumayeva Iroda (Sirdaryo viloyati), III oʻrinni esa Nurillayeva Shirinoy (Xorazm viloyati) egalladi. Oʻgʻil bolalardan esa I oʻrin Muhammadiyev Xushnudbek (Qashqadaryo viloyati), II oʻrin Abdunaimov Akbarbek (Navoiy viloyati), III oʻrin esa Akmalov Behroʻzbek (Farg‘ona viloyati)ga nasib qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlikda 2022-yil 28-iyun kuni maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida “Pedagoglar guruhini tayyorlash” deb nomlangan qoʻshma loyihasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur loyihani vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektorining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi Yuliya Komarova ochib berdi. Ochilishda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori va masʼul xodimlar ham ishtirok etdi. Shu bilan birga, Bolalik instituti direktori Viktoriya Novitskaya bevosita ishtirok etdi. Loyihaning ochilish marosimidan soʻng, birinchi modul ishga tushirildi. Unda oʻqituvchilarimiz uchun 2 kun davomida onlayn asosida maktabgacha taʼlim tizimida bolalarga taʼlim-tarbiya jarayoni mavzularida oʻquv oʻtkaziladi. Shundan soʻng, taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislarga uy vazifalari bilan taʼtilga chiqishlari va joriy yilning sentyabr oyida oʻquv mashgʻulotlarni davom ettirilishi va umumiy oʻqish muddati 6 oy davom etilishi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan: Muvaffaqiyatli oʻqishni tugatgandan soʻng, ularning barchasi A.I.Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetining Rossiya diplomi va Maktabgacha taʼlim vazirligining sertifikati taqdim etilishi bildirildi. Rossiya Federatsiyasining Bolalik instituti dotsentlari ishtirokidagi maʼruzaning birinchi yarmini tinglandi. Oʻqish jarayonida oʻqituvchilarimiz 5 ta kichik guruhga boʻlinib, har bir oʻquv guruhiga 5 nafardan dotsent professor oʻqituvchilari biriktirilishi ogoxlantirildi.
Yangi hujjatlar
Statistika
0
MTT soni0
Tarbiyalanuvchilar0
Tarbiyachilar0
So'rovlar soni0
Arizalar soni0
Ishonch telefoniga qo'ng'iroqlarJamoat tashabbuslari uchun yagona platforma
Qiziqarli mavzular bo'yicha o'z takliflaringizni yuboring. Moderator tomonidan tekshirilgandan so'ng, ular Portalga joylashtiriladi.
1500
Apellyatsiyalar2
Tasdiqlangan38
Rad etildi24
Moderatsiya
Hududiy boshqaruv
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Usnatdinova Jumagul Sharapovna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziriXorazm viloyati
Yakubova Iroda Botirovna
Xorazm viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiFargʻona viloyati
Xodjayeva Yulduz Mansurovna
Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiSamarqand viloyati
Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich
Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiQashqadaryo viloyati
Donayev Sultonmurod Xolboyevich
Qashqadaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiAndijon viloyati
Azimov Azizbek Zaynabiddinovich
Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiSirdaryo viloyati
Dustov Davron Zulxaydarovich
Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiNamangan viloyati
Yusupova Xilola Karimjanovna
Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiToshkent shahar
Fazildjanova Nilufar Xikmatdjanovna
Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻiToshkent viloyati
Baratova Sayyora Raxmatovna
Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiJizzax viloyati
Soliyeva Feruza Qaxramonovna
Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘iBuxoro viloyati
Farxod Qurbonovich Latipov
Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiNavoiy viloyati
Tillayev Utkir Uktamovich
Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻiSurxondaryo viloyati
Xollieva Shohida Boymatovna
Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi