Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Olmazor tumanidagi 146-EDMTTga tashrif buyurdi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Olmazor tumanida joylashgan 146-son eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiriga ishtirok etdi. 

Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya, milliy urf-odatlar uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. 

Tadbir davomida Kengash a’zolari MTTda tashkil etilgan milliy urf-odatlarimiz “Arqon tortish”, “Oq terakmi – ko’k terak”, “Qarabtep (Lanka)”, “Kim oladiyo shuginaniyo”, “Buvijonlar maktabi” kabi milliy o’yinlar hamda bolajonlar uchun tashkil etilgan “Qo’g’irchoq teatri” loyihalari bilan tanishdi.  Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. 

Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.   

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. 

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida bolajonlar Kengash a’zolariga ona Vatanni, bolalikni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Kengash a’zolariga MTTda bolalarga beriladigan taomlardan taqdim etildi. Ular ovqatlarni tanovul qilib, o’z ijobiy fikrlarini bildirdi.

photo_2024-06-05_16-45-09.jpg                photo_2024-06-05_16-45-20.jpg 

photo_2024-06-05_16-45-17.jpg                  photo_2024-06-05_16-45-11.jpgphoto_2024-06-05_16-45-13.jpg                  photo_2024-06-05_16-45-22.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта