Bugun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio, Shveytsariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori o‘rinbosari Oyatillo Raxmatillayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov va boshqa mas'ullar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta'lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha "Surxondaryo tajribasi" bilan yaqindan tanishishdi.
Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro hamkorlik natijasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.