Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali" musobaqasining respublika bosqichi o'tkazildi

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son, 2023-yil 
8-maydagi “2026-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qarorlariga muvofiq Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining  maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqichi joriy yilning 4-5 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 11-12 iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-20 iyun kunlari oʻtkazildi.

Bugun, 4-iyul Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Shaxmat festivali” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sultonhusayn Babajobov — Xorazm viloyati — 1-o‘rinni, Dilshodbek Jalilov — Buxoro viloyati — 2-o‘rinni, Muhammadayyub Abdullayev — Farg‘ona viloyati 3-o‘rinni egalladi. Qiz bolalar o‘rtasida Larina Zarina — Qoraqalpog'iston Respublikasi — 1-o‘rinni, Zahro Esanboyeva — Navoiy viloyati — 2-o‘rinni, Kumushoy Uzoqova — Qashqadaryo viloyati — 3-o‘rinni egalladi. 

Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va agentlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.  

Eslatib o‘tamiz: Musobaqada maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari yakka tartibda ishtirok etishdi. Shuningdek, bu yil maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasi 4 marotaba o‘tkazildi. 

Ma’lumot uchun: Mazkur musobaqalarining 1-bosqichi tashkilot bosqichida 66 971 nafar tarbiyalanuvchi, 2-bosqichi tuman va shahar bosqichida 6 149 nafar, 3-bosqichi hududiy viloyat bosqichida 358 nafar, 4-bosqichi respublika bosqichida 28 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

photo_2024-07-04_16-57-46.jpg

 

photo_2024-07-04_16-58-18.jpg

 

photo_2024-07-04_16-58-15.jpg

 

photo_2024-07-04_16-58-03.jpg

 

photo_2024-07-04_16-58-00.jpg

 

photo_2024-07-04_16-58-12.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта