Sayt test rejimida ishlamoqda

Tanlovlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Приглашение к участию в торгах (Закупка строительных работ)

Представительство Корейского агентства международного сотрудничества (KOICA) в Узбекистане приглашает иностранных и местных участников на тендер для участия в проекте «Наращивание потенциала учителей дошкольного образования» (ECT) посредством создания Комплекса преподавания, обучения и развития (TLD) в Узбекистане Приглашение к участию в торгах.docx

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta:  1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va  tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"  bayrami arafasida  taqdirlanadi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat, ko'rik-tanlov!

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini 2023-yil                avgust-sentabr oylari davomida uch bosqichda o‘tkaziladi.       birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida 2023-yil 14-19-avgust kunlari;       ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida 2023-yil 4-9-sentabr kunlari;       uchinchi bosqich – Respublika miqyosida 2023-yil 20-21-sentabr.   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi quyida oltita nominatsiyada o‘tkaziladi. a) “Eng yaxshi metodist”, bunda oliy ma’lumotli metodistlarning maktabgacha ta’lim tizimiga oid yaratgan ilg‘or o‘qitish metodikasi bo‘yicha ishlari ko‘rib chiqiladi; b) “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, bunda oliy ma’lumotli tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy bilimlarga ega, kasbiy faoliyatiga yangicha yondashgan, ta’lim-tarbiya jarayonida fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsata olgan, shuningdek, o‘z faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘zining ilg‘or tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadigan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. v) “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangiliklari, yaratgan ijodiy ishlari, videoroliklari, ko‘rgazmali va didaktik materiallari bo‘yicha yutuqlari ko‘rib chiqiladi; g) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali qo‘llashga oid ishlari ko‘rib chiqiladi; d) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga ekologik bilim va tarbiya berishdagi noan’anaviy yondashuvlari, ekologik ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yaratgan yangi ijodiy mahsulotlari, ta’limiy materiallarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; e) “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi”, bunda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, maa’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. Tanlovning “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodist lavozimida hamda “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli va boshqa to‘rtta nominatsiya bo‘yicha tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli kamida          3 (uch) yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, ya’ni metodist va tarbiyachilar ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Har bir metodist va tarbiyachi faqat bitta nominatsiya bo‘yicha qatnashish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)dagi birinchi bosqichdan boshlab ishtirok etadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyalar faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi xulosasiga asosan quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi: - pasport nusxasi; - mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - maktabgacha ta’lim tashkilotining nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun Tavsiyanomasi; - my.mehnat.uz platformasidan olingan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Taqdim etilishi kerak ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi. Tanlovning har bir bosqichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi. Tanlovning uchinchi bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘oliblari e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini  takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta lotlar (1-9lotlar) bo‘yicha 33 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil: q.q.r-bayondan-kochirma-2-1Скачать Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati

Вид сайта
Размер шрифта