Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

news-detail

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta: 

1-shart: test

2-shart: video-portfolio tayyorlash

3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta:

Eng yaxshi metodist

Eng yaxshi fidokor tarbiyachi

Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi

Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi

Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi

Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va  tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi.

Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"  bayrami arafasida  taqdirlanadi.   

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта