Jamoatchilik kengashi
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi va aloqa raqamlari

Жамоатчилик кенгаши таркиби ва алоқа рақамлари.docx

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan   Jamoatchilik kengashi vakillari hamda OAV vakillari bilan birgalikda tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  Jamoatchilik kengashining kun tartibidagi masalalardan biri - 2030 yilgacha bolalarni 100 foizgacha qamrab olish vazifasi qo‘yilganligi, ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sifati, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi, yangi DXSH va oilaviy bog‘chalar barpo etish bilan bog‘liqligi, 2023-yilning o‘zida 1600 ta DXSH asosidagi oilaviy bog‘chalar yaratilishi hamda  Davlat dasturining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tildi. “Mamlakatdagi 2,9 million maktabgacha yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning 647 ming 655 nafari (90 foizi) 6 yoshli bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lsa, 2023-yil yakuniga qadar  92 foiz 6 yoshli bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025 yilga kelib 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi boshlang‘ich maktabga majburiy bir yillik bepul tayyorgarlov guruhlariga qamrab olinadi” –deydi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin.  “Barchaga ma’lum 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi, albatta ta’lim sohasida barcha sharoitlarning muhayyo bo‘lganligi juda yaxshi, lekin pedagog kadrlar salohiyati bu alohida mavzu” - deydi, ochiq muloqot davomida Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi – Sherzodxon Qudratxo‘ja.  Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 152 897 nafar rahbar va pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 34,1 foizi (52 085 nafar) oliy ma’lumotli kadrlarni tashkil etayotganligi ma’lum qilindi.  Jamoatchilik kengashining vakillari tomonidan o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi va oshirilayotganligi ta’kidlandi.  Ochiq muloqotda agentlikning boshqarma va bo‘linma rahbarlari ishtirok etishib, OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob berishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi aloqa raqamlari

Жамоатчилик кенгаши алоқа рақамлари.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashining 2023-yil uchun mo‘ljallangan ISH REJASI

Жамоатчилик_кенгаши_иш_режаси_.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligida “Ochiq muloqot” tashkil etilib, jamoatchilik kengashiga hisobot berildi.

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida yil yakuni bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilib, jamoatchilik kengashiga hisobot berildi. Mazkur tadbirda nafaqat bu yil yakunlari, balki so'ngi 5 yillikning yakuni bo‘yicha ham so‘z bordi. Ochiq muloqotda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda o‘rinbosari Husan Ermatov va Eʼtibor Sultanova, shuningdek, Bosh prokuraturaning masʼul xodimi Karimjon Musashayxov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi Sardor Mamanov ishtirok etishdi. Qariyb 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro OAVdan vakillar qatnashgan tadbirda quyidagi mavzular ham muhokama qilindi: ·         Maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha. ·         Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish holati. ·         "Maktabgacha taʼlim sohasi korrupsiyadan holi" mavzusida sohaga oid tartib taomillar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ("Ochiq eshiklar" kuni). ·         Maktabgacha taʼlim tashkiloti (bog‘cha) xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish. ·         Maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik  bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar. ·         "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirilgan Davlat dasturining ijrosi yuzasidan. Tadbir yakunida jurnalistlar hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tizimda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan rejalar tuzib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi yig'ilishi va OAV uchun matbuot anjumani

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ham ishtirok etishdi. Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar: 2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda. Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi koʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi. Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi. Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.  Muammolar Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan. Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi. Vazifalar Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish. Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani

2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi. 2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi. 2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda. Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi. Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda. 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi. 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi. 2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi. II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun: - har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish; - maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish; - qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish; - yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish; - nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish; - turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish. Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi. Buning uchun: - maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish; - maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun: A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish; A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish; maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish; - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish. Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun: - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish; - pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashining 2022-yil II yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ISH REJASI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashining 2022 yil II yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ISH REJASI   

Вид сайта
Размер шрифта