Sayt test rejimida ishlamoqda

“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi yig'ilishi va OAV uchun matbuot anjumani

news-detail

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ham ishtirok etishdi.

Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar:

2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda.

Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni
28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ko
ʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi.

5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi.

Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi.

Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.

 Muammolar

Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. JizzaxQashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida
7,4 mlrd so
ʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan.

Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda.

Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida
24,6
 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi.

Vazifalar

Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish.

Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi va Saudiya taraqqiyot jamg'armasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta'lim agentligida agentlik direktori o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga biznes tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligida Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 28-noyabr kuni Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" qo'shma loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ish tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligidagi Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan ishchi uchrashuvi o'tkazildi. Ma'lumot uchun: "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" loyihasi 2021-yildan boshlab Saudiya taraqqiyot jamg 'armasi (STR) mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda, uning doirasida kredit mablag'lari maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha mahalliy loyihalarni DXSH shaklida qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi. Loyiha summasi 41 million Saudiya rialini tashkil etadi (10,9 mln AQSH dollariga teng). Loyihani amalga oshirish muddati - 2021-2024 yillarga mo'ljallangan. Uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarni yo'lga qo'yish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning texnik jihatlari yanada batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar shartlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Вид сайта
Размер шрифта