Gender tengligi
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokara olib borildi

O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.      Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta:  1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va  tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"  bayrami arafasida  taqdirlanadi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
OAV biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.   Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa: 1- jamoa “Taraqqiyot sari”  2 – jamoa “Aqlvoy”  3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar”  4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada,  1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga 2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga 3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi.  O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211”dan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan

Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejida    77 ta tayyorlov guruhlari ochilgan boʻlib, ular oʻz navbatida xotin-qizlarga kunning yarmini band qilish va boʻsh vaqtlarining unumli tashkil etish imkonini beradi. Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan kelib tushgan murojaatlar monitoringi tashkil etilgan.              2022-yil boshidan “Ayollar masalalari boʻyicha ishonch telefoni 1211” (Call-sentr) tomonidan MTV ga 39 ta murojaat kelib tushgan va bu murojaatlarning barchasi zudlik bilan oʻrnatilgan tartibida hal etilgan. Shu bilan birga, oʻtgan vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida mehnat qilayotgan 122 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli isteʼdodli ayollarga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyalar berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil, 14-iyunda “Maktabgacha taʼlim tizimida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan boʻlib, ushbu reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida;  Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida taʼlim olayotgan soha mutaxassislari uchun oʻquv rejaga 8 soatlik “Huquqiy savodxonlik va korrupsiyaga qarshi kurashish” oʻquv moduli shuningdek, 4 soatlik “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” nomli maxsus darslar kiritilgan. Xozirgi kunda tinglovchilar uchun doimiy ravishda darslar oʻtib kelinmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining mamlakatda boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlar jarayonidagi gender siyosatini targʻib qilishga oid oʻquvlar tashkil etish borasida; Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan har haftaning juma kuni xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtiomiy-siyosiy faolligini oshirish, gender siyosatni targʻib qilish uchun hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.   Nodavlat makktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnaydigan “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

I. 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar va asosiy koʻrsatkichlar. Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish maqsadida 2017-yilning 30-sentyabr kuni (PF-5198) Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Toʻrt yil ichida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish ikki baravardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 247 nafari (27.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 1 829 328 nafarga (64.9%) yetdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni qariyb toʻrt baravarga oshib 24 922 tani (2017 yilda 5211 ta) tashkil etmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 223.5 mlrd. soʻmlik jihozlar, oʻyin va oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlandi. Maktabgacha taʼlimning muqobil turlari rivojlantirilib mobil bogʻchalar joriy etildi, jumladan “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan 142 ta MFYlarda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslari negizida 387 ta guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli Namangan va Xorazm viloyatlarida joriy etildi. Mazkur 8 ta guruhlarga jami 400 nafar bola qamrab olingan. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga chiqishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Bugungi kun holatiga respublikada jami 5 188 ta bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari, 11 283 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari va 6 304 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil yetish orqali 569 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 83,8 % maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Pedagog kadrlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi. Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va  “Ilk qadam” davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maqbullashtirilib, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari yaratildi. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilitatsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda Idoraviy qurilish normalari zamon talablariga mos ravishda toʻliq qayta koʻrib chiqildi. “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotasi ikki baravar oshirildi. Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish muddati 3 yil etib belgilandi. Toshkent shahrida Koreyaning “Puchon” universiteti filiali tashkil etildi. Joriy yilda filialning “Maktabgacha taʼlim”, “Arxetektura”, “Koreys tili va menejment” yoʻnalishlarida jami 1 159 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 916 nafar qiz bola talaba, 243 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi.   Maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi. 2021/2022 oʻquv yilida filial ilk bor “Pedagogik taʼlim”, “Psixologik-pedagogik taʼlim” (Maktabgacha taʼlim, Psixologiya va ijtimoiy psixologiya), “Maxsus pedagogika” (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika), “Psixologiya” hamda “Lingvistika” yoʻnalishlari boʻyicha jami 297 nafar oʻgʻil-qiz talabalikka qabul qildi. Ulardan 269 nafar qiz bola talaba, 28 nafar qiz bola talabalarni tashkil etadi.  Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, hozirgi kunda esa 143 794 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21.6 % dan 33.8 %gacha yetkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimida xotin-qizlar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash borasida maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va erkaklar ulushi tahlil qilindi. Unga koʻra: Hozirgi kunga kelib  maktabgacha taʼlim tizimida ayollarning ulushi  82.9% ni, erkak xodimlarning ulushi esa  17.1 % ni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning umumiy soni 245 696 tani tashkil etib, shundan 143 794 nafari pedagog kadrlar            (107.655 DMTT, 26.986 NMTT). Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar 203 599 nafarni (82.9%) erkaklar esa 42 097 nafarni                         (17.1 %) tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida 2 042 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan:                1 511 nafari ayollarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar 2 041 278 nafarni tashkil etib, ularning 1 030 929 (50.5%) nafari oʻgʻil bolalar boʻlsa, 1 010 929 (49.5%) nafari qiz bolalardir. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tizimining tuman, shahar, viloyat miqyosidagi boshqaruv organlarida xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi oshmoqda. Hozirgi kunda viloyat (viloyat) boshqarmasining 14 nafar rahbaridan teng yarimi yaʼni 8 nafari ayollarni 6 nafari erkaklarni tashkil etadi.  96 ta pedagogika kollejlarining direktorlarida 22 nafari (22.9%) ayol rahbarlardir. Erkak direktorlarning soni 74 nafarni  (77.1%) tashkil etadi.    6.207 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6.129 tasida (98,8%) ayol direktorlar, qolganida 78 erkak (1.2 %) rahbarlar faoliyatini olib boradi. Tuman miqyosida 207 nafar boshliqlardan 111 nafari ayollar (53.6%) va 92 nafari erkaklar (44.4%). Shunday qilib, 19489 oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 38 978 nafar (100%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 360 135 nafar (70.6%) tarbiyalanuvchilar ham imtiyozli asosda qamrab olingan. 1154  ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari DXSHda 10 240 nafar (98%) xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlib, ularda 28 601  nafar (24. 6%) bola ham imtiyozli asosda qamrab olingan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida  2021-yilda yaratilgan ish oʻrinlari haqida maʼlumot: Jami: 9 209 ta shundan 1 737 (18.9 %)  nafar erkak,  7 763 (85.4%)  nafar ayol ish bilan taʼminlangan.  Umumiy ish bilan taʼminlangan pedagoglar soni 6 012 nafar ulardan ayollar 5 531 (60.1% ) qolgan   481 (5.2%)   erkaklarni tashkil etadi. DMTTga 3 588 nafar texnik xodim sifatida ishga qabul qilingan boʻlib ulardan ulardan ayollar 2 332 (25.3 % ) qolgan   1 256 (13.6%)   erkaklarni tashkil etadi. Prognoz: 2022da yil maktabgacha taʼlim vazirligi 7 951nafar fuqaroni maktabgacha taʼlim tizimida ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan.  Davlat MTTlarda 3 746,  nodavlat MTTlarda 4 205 nafar xodim ish bilan taʼminlanadi.   Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-son “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar roʻyxatiga (imtiyozli roʻyxat) kiritiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIK BORASIDA 2020 YILDA OLIB BORILGAN ISHLAR HISOBOTI

Gender tenglikni ta’minlash masalasi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davrda O‘zbekistonda ham bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir. Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosatni amalga oshirilishini ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jamiyatning har bir sohasi singari maktabgacha ta’lim tizimida ham gender tenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Vazirlik tizimidagi pedagog-xodimlar va tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qiz bolalarning barcha sohalarda teng imkoniyatlar hamda imtiyozlarga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Vazirlik tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimizning “Shu o‘rinda meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi. Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart.”-degan fikrlari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyoyevning 2020 yil 14 iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutasaddi vazirlik va hokimliklarga bergan topshiriqlari, bu borada belgilab bergan yo‘nalishlari bizning vazirlik tizimida gender masalalarini ijobiy hal etish borasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘ldi. Prezidentimiz qo‘ygan ushbu masalalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida ham yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimida jami 223 620 nafar xodim faoliyat yuritib, shundan 48 815 nafari, ya'ni 21,8%ini  18-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasi o‘ta muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga aksariyat hollarda mintalitetimizdan kelib chiqqan holda ayollar jalb etilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning umumiy soni hozirgi kunda 193 439 ta bo‘lib, shulardan 190 731tasi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan pedagog xodimlarni tashkil etadi. Qaysidir ma’noda ayollarning bandligi maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan erkaklar sonidan ustun desa ham bo‘ladi. Misol tariqasida hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 3507 nafar pedagog erkak o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ulardan: Viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari – 8; Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari - 89; Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari- 75; Pedagogika kollejlari direktorlari-71; MTT metodistlari – 8; MTT tarbiyachilari – 8; Defektolog-logopedlar – 59; Psixologlar – 94; Chet tili o‘qituvchilari-168; Musiqa rahbarlari – 2329; Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari – 598. Jami umumiy pedagoglar sonining 3.6 % ni erkak pedagoglar tashkil etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 28 mayda maktabgacha ta’lim vazirining 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashini tashkil etish haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tarkibi vazirlikda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Mahallar va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan malakali mutaxassilaridan iborat tarkibda shakllantirildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zumradoylar davrasi” to‘garagi doirasida, syujetli-rolli spektakllar va boshqa sahnalashtirilgan chiqishlarni tashkil etish maqsadida, 50 dan ziyod ssenariylar yaratildi. Ushbu ssenariylar milliy qadriyatlarga boy, urf-odatlarimiz, ota-ona, farzandlar, qizbola va o‘g‘il bola o‘rtasidagi munosabatlarni, gender tenglikni maktabgacha yoshdagi bolalar ongida shakllantirishga qaratilgan vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender tenglikni shakllantirish” nomli uslubiy tavsiyanoma Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 49,7 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Afsuski, maktabgacha ta’limda gender bo‘yicha tarbiya erkaklar ishtirokisiz kechmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida erkak pedagoglar tizimga jalb qilinmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il bolalarda jasurlik, mardonavorlik kabi xususiyatlar erkak pedagoglar tomonidan shakllantirilsa kelajakda albatta o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Batafsil
Вид сайта
Размер шрифта