Videogalereya
ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan olma va mayizli bo‘tqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Qovurma sho‘rva Karam do‘lma "Vitamin" salati Na’matak kompoti Bug‘doy noni IKKINCHI TUSHLIK Qo‘lbola-xonaki somsa Asal choy Ma’lumot uchun: “Yagona mavsumiy taomnoma” O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (SanQvaM 0016-21-son) hamda “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar resepti” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan.
BatafsilMaktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi. Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgani quvonarli holdir.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“Aqlvoy” avtobusi - olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va qishloqlardagi bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovatsion yechimdir. Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar loyihaning 1 va 2 bosqichlari davomida 65 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida 7 mingga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olinib, 387 ta mobil guruhlari tashkil etilgan edi. Loyihaning uchinchi bosqichida janub viloyatlariga yuborilgan jami 7 ta avtobuslar yana 672 nafar bolalarni qamrab olib, 42 ta mobil guruhlarni tashkil etish imkonini beradi.
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bogʻot, Shovot, Xiva tumanlarida va Urganch shahrida bittadan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Gurlan tumanidagi «Oyilma» mahallasida esa 120 oʻringa moʻljallangan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 2 yarim milliard soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurildi. Urganch shahridagi 38-sonli mahallada ham yana bir «Shaxzoda» nomi bilan yangi DXSH asosidagi nodavlat MTT 100 nafar bola quvvatida faoliyat yurita boshladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 100 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi. Ushbu nodavlat bogʻchaning ochilishi natijasida Urganch shahridagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 100 foizga yetdi. Xiva tumanida yana bir yangi foydalanishga topshirildi. “Indavak” mahallasidagi bolalarning endilikda 295 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Buning hisobiga tumanda bolalar qamrovi 61.3 foizga yetdi. Yangi ochilgan davlat xususiy sherikligi asosidagi ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 100 nafar bolajon uchun xizmat qiladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 446 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi.
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Talaba ishga joylashadi” shiori ostida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, boshqarma tasarrufidagi tuman boʻlimi mudirlari ishtirok etdilar. Boshqarma tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavjud 109 ta vakant oʻrinlarga 200 dan ziyod talabalardan murojaat qabul qilindi. Qabul qilingan murojaatlar boʻyicha boshqarma hamda institutning maktabgacha taʼlim fakulteti bilan memorandum imzolandi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashining 34-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Sessiya davomida viloyat hokimining buyrugʻi bilan Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi uchun alohida bino ajratildi.
Bola 6 oyga to’lgandan keyin qanday mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga kiritilish zarur?Bizning 7-mahorat darsimiz juda muhim mavzu – kichkintoylarning ovqatlanishiga bag’ishlangan. Bu va boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassis fikrini video orqali bilib oling.#OtaOnalarOyligi
Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga taʼsiri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida koʻproq bilib oling.#OtaOnalarOyligi
BatafsilOta-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?Bizning 5-mahorat darsimiz sizga bola rivojlanishida o’yinlar roli haqida gapirib beradi.
Koʻkrak suti bilan oziqatlantirish chaqalogʻingiz uchun nafaqat ozuqa sifatida qabul boʻladi, balki xavfsizlik va himoya hissini beradi.Emizishning ahamiyati haqida batafsilroq bilib olish uchun bizning 2-mahorat darsimizni tomosha qiling.#OtaOnalarOyligi
Kichik bolalarga tilni oʻzlashtirish va nutqni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun ular bilan qanday suhbat qurish kerakligini bilasizmi? Bu savolga javob topish uchun bizning 4-mahorat darsimizni tomosha qiling. #OtaOnalarOyligi
Navoiy viloyati MTB tomonidan tayyorlangan “Quvnoq alifbo” turkumidagi videodars mashgʻulotlari. Darslar MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan. Ushbu lavha Navoiy TRKning “Assalom, yangi kun” dasturi orqali efirga uzatilmoqda.
Energiya tejamkorlik — energiyadan oqilona foydalanish demakdir. Uydagi energiya resurslarini tejash borasida birgina oila a’zosi ham sezilarli darajada o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.