1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bogʻot, Shovot, Xiva tumanlarida va Urganch shahrida bittadan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Gurlan tumanidagi «Oyilma» mahallasida esa 120 oʻringa moʻljallangan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 2 yarim milliard soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurildi.
Urganch shahridagi 38-sonli mahallada ham yana bir «Shaxzoda» nomi bilan yangi DXSH asosidagi nodavlat MTT 100 nafar bola quvvatida faoliyat yurita boshladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 100 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi. Ushbu nodavlat bogʻchaning ochilishi natijasida Urganch shahridagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 100 foizga yetdi.
Xiva tumanida yana bir yangi foydalanishga topshirildi. “Indavak” mahallasidagi bolalarning endilikda 295 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Buning hisobiga tumanda bolalar qamrovi 61.3 foizga yetdi. Yangi ochilgan davlat xususiy sherikligi asosidagi ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 100 nafar bolajon uchun xizmat qiladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 446 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi.