Xalqaro hamkorlik
Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.
Batafsil«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf
Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar. Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” (2023-2025 yillar) dasturi bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 18 nafar maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda. Mazkur o‘quv tadbirlari davomida mahalliy mutaxassislar maktabgacha ta’lim sohasida Koreya modelining zamonaviy tendensiyalari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yo‘naltirilgan muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu dastur so‘nggi 3 yil davomida Koreya tomonidan amalga oshirilib, buning natijasida respublikamizning 90 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim xodimlari qamrab olindi.
19-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi, Jahon bankining ta'lim sohasidagi global amaliyoti rahbari Rita Almeyda xonim boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi. Missiyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish. Rita Almeyda xonim "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari portfelida amalga oshirilishini baholash bo'yicha birinchi o'rinni egallashini ta'kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha hisobotlarni, bajarilgan ishlarni, shuningdek joriy vazifalarni amalga oshirish holatini muhokama qildilar. Ma'lumot uchun: "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi 2019-yildan 2024-yilgacha davr uchun mo'ljallangan bo'lib, asosan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 59,5 mln. AQSh doll. kredit mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan beshta komponentga bo'lingan. Taklif etilayotgan loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida quyidagi ikkita grant tasdiqlandi: (I) Ta'lim sohasida Global hamkorlik granti (TGH) Moliyalashtirishni to'ldirish jamg'armasi mablag'laridan 9,5 mln. AQSh doll.; va (II) Moliyalashtirishga asoslangan yondashuvlar bo'yicha Global hamkorlik granti (MAYBGH) 4,85 mln. AQSh doll. miqdorida, natijada jami mablag 73,85 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihaning maqsadlari quyidagilardan iborat: erta yoshda ta'lim olishga bo'lgan imkoniyatni yaxshilash, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhiti sifatini oshirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun ta'lim sifatini tizimli ravishda nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish. O'zbekiston tomoni maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar to'plamini taqdim etdi, uning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida" gi PF-158-sonli farmonida aks etgan tashabbuslari qabul qilindi. Xususan, yuqoridagi vazifalarga samarali erishish uchun hamkorligimizni oshirish maqsadida quyidagi istiqbolli yo'nalishlar taklif etildi: 1) maktabgacha ta'limning muqobil shakllari sonini ko'paytirish orqali maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini oshirishda hamkorlik qilish; 2) MTTlarda kompyuter sinflarini tashkil etish, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlash bo'yicha hamkorlik; 3) zamonaviy sanitariya-gigiyena tizimini tashkil etishda, shuningdek, MTTlar o'rtasida suv ta'minoti tizimini takomillashtirishda hamkorlik. Tomonlar, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish (shu jumladan nodavlat sektorda ham), o'quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, didaktik materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish (shu jumladan didaktik materiallar to'plamini raqamli mahsulotlar bilan to'ldirish), MTTlarni boshqarish bo'yicha bo'yicha "EMIS" (hozirgi "Bolalar Bog'chasi") axborot tizimini takomillashtirish kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratdilar. Uchrashuv yakunida Rita Almeyda xonim tomonidan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qaratilgan barcha takliflarning ahamiyati qayd etildi. Bundan tashqari, missiya rahbari qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga to'liq tayyorligini bildirdi.
Bugun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi. Unga ko'ra, trening kursining kun tartibi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi: 1-kun mavzusi: Katta yoshdagi auditoriyani o‘qitish, treningni samarali o‘tkazish va maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentorlik (murabbiylik) qilish; 2-kun mavzusi: Pedagoglarga "Ilk Qadam" davlat o‘quv dasturi asoslarini o‘qitish; 3-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshidansavodxonlikni rivojlantirish metodlarini o'rgatish; 4-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom jismoniyrivojlanishi va sog’lom turmush tarzi uchun ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish; 5-kun mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalar sog’lom turmush tarzi amaliyoti vagigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillarini pedagoglarga o‘rgatish; 6-kun mavzusi: Birinchi yordam ko‘rsatish. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozishmalakalarini rivojlantirish pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsionalovqatlanish,va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish yondashuvlarni, bolashaxsiga yo‘naltirilgan differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish bo‘yichatrenerlarning nazariy va amaliy kompetensiyalarni oshirish va ularni mustaqil samaralitrening va murabbiylik o‘tkazishga tayyorlashdan iboratdir. Eslatib o'tamiz: Loyiha AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistondagi Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi. Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afg'on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. 5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlar mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni o'rganish barobarida qizg'in va noodatiy tarzda kechgan mashg'ulotlar orqali o'zaro tajriba almashishmoqda. Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi. Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar - bu yerda: https://t.me/mdokanal/9178
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi. Tashrif doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib, ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi. Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan. Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. YUNISEF (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.
Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifning so'nggi kunida A.Shin Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori janob Lim Xyon Muk bilan uchrashdi. Kun tartibidagi asosiy masala Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali mintaqaviy markaz tashkil etishda APCEIUning konsultativ ko'magi haqida bo'ldi. Uchrashuv davomida janob Lim 2000-yilda APCEIU tashkil etilish tarixi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar, xalqaro hamkorlik va global miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar haqida to‘liq ma’lumot berdi. APCEIU direktori O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, Toshkent deklaratsiyasining muhimligini va u kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni isloh qilish yo‘lida ko‘rsatma va strategiyalar to‘plami ekanligini, Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasining kuchli siyosiy irodasiga dalil ekanini alohida ta’kidladi. APCEIU YUNESKOning dunyodagi yetakchi mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani tashabbuslari va boshqa mintaqaviy, xalqaro va global ta'lim sa'y-harakatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini targ'ib qilish va mustahkamlash, xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik sohasida falsafa, o'qitish usullari va o'quv dasturlari bilan bog'liq tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo'yicha 23 yildan ortiq tajribaga ega. Uchrashuv so‘ngida janob Lim Xyon Muk markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlarni markaz bo‘ylab ekskursiyaga taklif qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, taʼlimni rivojlantirish va BRM-4ga erishishga hissa qoʻshish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Joriy yilning 24 avgust kuni Puchon shahrida "Puchon universiteti - O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda yuksalish uchun salohiyatni mustahkamlash boʻyicha Global forum” o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, gubernatorlar hamda mahalliy hokimlar ishtirok etdi. Forumda Puchon universiteti prezidenti Xan Chon Sok, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin , Kyongido provinsiyasining 1-vitse-gubernatori – O Byon Gvon, Puchon shahri meri - Song Je Xvan, Chaseng tibbiyot fondi raisi -Shin Min Sik tabrik so'zlari bilan chiqish qildilar. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 6 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida so'zladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorligiga aniq misollar keltirdi. Shu bilan birga, Agentlik direktori forum ishtirokchilariga Toshkent shahridagi Puchon universiteti innovatsion tipdagi universitetga aylangani va kadrlar, ilmiy-uslubiy va axborot-texnologiya vositalari orqali pedagoglar ta’limi milliy tizimini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi. A.Shin o‘z nutqida, shuningdek, 2022-yil 14-16-noyabrda Toshkent shahrida “Kichik yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha ikkinchi jahon konferensiyasi” bo‘lib o‘tganligi, uning maqsadi barcha bolalarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini tasdiqlash, kichik yoshdagi bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish, shuningdek, uni uzluksiz ta'lim va rivojlanishning muhim asosi sifatida e'tirof etish, kichik bolalar bilan bog'liq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda a'zo mamlakatlarning yutuqlarini baholash, ilg'or tajriba va innovatsiyalar almashinuvi, ustuvor vazifalar va strategiyalarni aniqlash, erta bolalik ta'limiga investitsiyalarni ko'paytirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoq ruhidagi yaqin hamkorlik asosida bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
A.Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Janubiy Koreyaga tashrifining 3-kunida Puchon universitetida bo'ldilar. Puchon universitetiga 1958-yil Xan Hang Gil tomonidan texnika maktabi sifatida asos solingan. Hozirgi kunda universitet hududida ikkita kampus joylashgan: asosiy bino va Koka kampusi. Universitet prorektorlari delegatsiyani 3 ta - Kosmetologik parvarish va dizayn, Aviatsiya xizmati, Sog'lom ovqatlantirish yo'nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Har bir yo'nalish bo'yicha o'quv jihozlari mukammal ta'minlangan bo'lib, talabalar amaliyotda sinab ko'rishlari uchun mo'ljallangan. Tomonlar bilan muloqot davomida kelgusida Toshkent shahridagi Puchon universitetining filialida Kosmetologiya va Sog'lom ovqatlantirish fakultetlarini ochish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Ma'lumot uchun, Toshkent shahridagi Puchon universitetida talabalar Maktabgacha ta’lim, Arxitektura, Koreys tili va menejment, Dietologiya va nutritsiologiya, Axborot texnologiyalari, Elektron biznes, Multimedia va o’yin kontenti yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda.
Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi, suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi. Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan.
Kuni kecha Toshkent shahridagi Puchon universitetida bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil talabalar universitetni "Maktabgacha ta’lim" (141 nafar), "Menejment va koreys tili" (85 nafar), "Arxitektura" (86 nafar) yo'nalishlari bo'yicha muvaffaqiyatli tamomladilar. Bitiruvchilarni tabriklash uchun tadbirga ko‘plab oliy martabali mehmonlar - Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi Sang, elchixonaning ta'lim bo'yicha birinchi kotibi Pek Seung Xi, Toshkentdagi Sejong instituti direktori Xo Song Xyun, Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin, direktorning birinchi o'rinbosari Farruh Boboyev hamda o'rinbosar Oyatillo Rahmatillayev, Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Sergey Barchenko tashrif buyurishdi. Tantanavor va ko'tarinki ruhda o'tgan marosimda mehmonlar o'zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, O‘zbekiston Respublikasining jahon miqyosida rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritdilar. Iqtidorli talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'zbekistonda o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish orqali erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlash Expert va Master trenerlarni tayyorlash Dasturi Aralash ta'lim yondashuvidan foydalangan holda O’yinga asoslangan ta’lim Modul Ushbu 5 kunlik (40 soat) maqsadli yo’naltirilgan amaliy mashgulotlarda ishtirok etish orqali ishtirokchilar o'yinga asoslangan ta’lim modulini joriy qilish boyicha aralash ta'lim yondashuvidan foydalanishni o’rganishga muvaffaq bo’ladilar (Erta ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarni kasbiy malakasini oshirish dasturining 1-moduli). Besh kunlik trening yakunida ishtirokchilar qodir buladi : · Erta ta'lim tizimlarida sifatning asosiy xususiyatlarini va maktabgacha tarbiyachilarning ushbu sifat maqsadlariga erishishdagi rolini tavsiflash. · Sifatli erta ta'lim xizmatlarining negizida aynan bolaga yo’naltirilgan ta’lim tajribalari muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish. · O'yinga asoslangan pedagogika bolalarga yo'naltirilgan amaliyotlarda juda muhimligini tushuntirish. · O'yinga asoslangan pedagogika nima ekanligini va u bolalarning o'qishi va rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlashini aniqlash. · O'yin orqali o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun rag'batlantiruvchi tadbirlarni tavsiflash va namoyish etishga muvaffaq boladilar. Quyidagi ko'nikmalarni rivojlantirgan holda ular: · Hududiy darajadagi murabbiylarni tayyorlash maqsadida tumanlarda o'qituvchilarini o'qitish va qo’llab quvvatlagan holda aralash ta’lim, jumladan yuzma-yuz va onlayn o'qitish yondashuvi (Moodle yordamida) va qo’shimcha vositalar (telegram, zoom, google hujjatlar) yordamida 1-Modul bo’yicha o'yinga asoslangan ta’lim treningni fasilitatsiya[1] qilish ya’ni maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshiradilar. · Dasturning samarasi va sifatli natijalarga ega bo’lishda trening ishtirokchilariga samarali usullardan foydalangan holda murabbiylik va mentorlik yordamini taqdim etish (yuzma-yuz yoki onlayn) hamda O'qituvchilarni ta’lim doiralarini tashkil etishga (tuman darajasida) rahbarlik qiladilar va kasbiy (tengdosh) ta'limni rag'batlantirib qo'llab-quvvatlaydilar. · O'qituvchilarning doimiy o'sishi va rivojlanishi uchun o'z ustida ishlash amaliyotini rag'batlantirish. Birinchi kun: o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish fasilitatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish yuli bilan. Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Kattalar ta'limining yondashuvlari va tamoyillari. · Ta’lim tsiklini haqida tushuncha hosil qilish (tajriba va reflekslar) · O'yinga asoslangan ta'lim va o'quvchiga yo’naltirilgan amaliyotni modellashtirish. · Yoshi katta tinglovchilar uchun samarali o'rganishga yo'naltirilgan muhit yaratish. · O'qituvchilarning amaliy ko’nikmalarini kuchaytirish maqsadida murabbiylik, mentorlik va o'qituvchilar to'garaklaridan foydalanish. · Texnik vositalarni o'rganish va ulardan foydalanish. Ikkinchi kun: Erta ta'lim sifati va o'yinga asoslangan pedagogikaga kirish (nazariy asos) Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Erta ta’limda sifatning ahamiyati qanday? · Erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlashda o'qituvchining ro’li · O'yinga asoslangan ta'lim nima va nima uchun sifatni o'rganish muhim? (Uning asosiy tamoyillari nima?) · O'yinga asoslangan fikrlashni joriy qilish (qanday qilib o'rganish va o'qitishni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin) · O'yin doirasi va u o'qituvchi amaliyoda nimani anglatishini o'rganish. · O’yinga asoslangan ko'rsatkichlarni o’rganish va Ilk Qadam Uchinchi kun: O'yinga asoslangan pedagogika va uning amaliyoti haqidagi bilimlarini concepciya: o'yinga asoslangan pedagogikadan bilimlarni chuqurlashtirish va amalltiyotda bajarish Bu erda yoritilishi kerak bo'lgan asosiy mavzular: • O'yinning asosiy tushunchalarini o'rganish va tajriba qilish. • O'yin spektrini va bu o'qituvchi amaliyoti uchun nimani anglatishini o'rganish. • O'yinga asoslangan ko'rsatkichlarni va Ilk Qadamni o'rganish. • Maktabgacha ta'lim muassasasida o'yin o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun darslarni loyihalash. • Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. To'rtinchi kun: Modulni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun turli ko'nikmalar Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Bolalarning o'rganishi uchun scaffolding mahoratini mustahkamlash. · Bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: o‘yinga asoslangan ta’lim nazariyasini Ilk Qadam dasturga qo‘llash. · O'sish va o'rganishni rag'batlantirish uchun murabbiylik siklini qo'llash. · O'yinga asoslangan ta'lim uchun guruhlarda va tashqi muhitdan foydalanishni rag'batlantirish. · O'yinni rag'batlantirish uchun kundalik buyumlar va materiallardan foydalanish. · Bolalarning ta'lim yutuqlarini o'lchash va baholash. · Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. Beshinchi kun: bilimlarni va kunikmalarni birlashtirish – amalga oshirishga tayyorgarlik. Bu kun mashqlarga qaratilgan. Ishtirokchilar so'nggi to'rt kun ichida o'rganganlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Topshiriqlar qisqa taqdimotlar qilish, shuningdek, simulyatsiya qilingan muhitda o'yin jarayoni orqali o'rganishni o'z ichiga oladi. Ushbu tadbirlar baholanadi va ularni mutaxassis va katta murabbiy sifatida umumiy tayyorgarliklarining ajralmas qismi hisoblanadi. Amaliyotga kirishga tayyorlanish. Ishtirokchilar amaliyotga kirganda, rivojlantirilgan ko’nikmalarni qanday qilib tadbiq qilish va barcha vositalarini tayyorlashni aniq bilishlari uchun ro'yxatlar va manbalarni tayyorlaydilar. Qo'shimcha ta'limni qo'llab-quvvatlash: · Murabbiylik va mentorlik: yuzma-yuz mashg'ulotlardan tashqari, ishtirokchiga yakkama-yakka murabbiylik va mentorlik qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bu ularga ta'limni chuqurlashtirish va amaliyotini mustahkamlash imkoniyatini beradi. · Onlayn platformaga kirish va undan foydalanish: o'quv natijalarini qo'llab-quvvatlash va ishtirokchilarni aralash ta'lim yondashuvining barcha vositalari va mazmuni va o'yin orqali o'rganish moduli bilan tanishtirish uchun ular o'quv dasturi davomida Moodle platformasiga jalb qilinadilar. Har kuni platforma orqali ishlash uchun bir soat ajratiladi. Bu jarayon ularning bilimlarini kuchaytirgan holda, ularni platformaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtiradi. [1]Ishtirokchilarning Murabbiy nazorati ostida har bir modul boyicha o’quv dastur vazifalarini mustaqil ravishda bajarib, belgilab berilgan ta’lim resurslaridan foydalanishlari mumkin bolgan ish jarayoni. Bunda Murabbiylar o’quvchilarni belgilangan ko’nikmalarni rivojlantirib vazifalarni samarali bajarishlarida savollarga javob berib ularni to’gri yo’naltirib turadilar.
BatafsilIlmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimizning olis tumanlari va chekka hududlarida maktabgacha ta’limning yangi — muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kolleji va Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida tajriba-sinov tariqasida har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhini o‘z ichiga olgan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi Янги Ўзбекистон №147.pdf
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi. “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan. (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tadbir yakunida doirasida Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.
Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra, "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda. Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:
12-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim, Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentda o‘tkazilgan “Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning YUNESKO shafeligida 2-toifali mintaqaviy markazni ochish bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishga qaratilgan masalalarni ko'rib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuvning kirish qismida tomonlar jahon konferensiyasi davomida YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasiga kiritilgan shartlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan 2-toifali mintaqaviy markazga maktabgacha ta’lim bilan birgalikda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish masalalarini kiritilishi lozimligi to‘g‘risida”gi taklif kiritildi. Yig‘ilishning asosiy qismi hududiy markazni ochish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishga qaratildi. Mazkur markazni ochish uchun texnik-huquqiy shart-sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha missiyaning loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi bilan birgalikdagi faoliyatini davom ettirishi qayd etildi va missiya yakunida yakuniy yig‘ilish tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Batafsil12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, YUNISEF, YUNESKO hamda Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashdi. Xalqaro ekspertlar ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston Respublikasida 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish”ning yangi loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish”ga oid masalalarni muhokama qildilar. Loyiha maqsadi: Loyiha Hamkorlik kelishuvi hujjatida belgilangan umumiy ustuvorliklarni, jumladan, sifatli ta’limdan teng foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning ta'siri ixcham hujjatdan quyidagicha namoyon bo'ladi: "2026-yilga kelib, barcha qizlar va o'g'il bolalar samarali, hisobdor va inklyuziv ta'lim tizimida kompetentsiyaga asoslangan ta'lim sifatidan foydalanadilar". Kun tartibida maktabgacha ta'lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni muvofiqlashtirish va xarajatlarni tarkibiy qismlarga ajratish vazifasi qo‘yildi. Tomonlar, shuningdek, har bir kichik komponent bo‘yicha faoliyatning barcha texnik va tashkiliy tafsilotlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.
“Euronews” telekanali orqali “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rib, mamlakatning chekka hududlaridagi bolalarni qamrab olish qaroridan hayratda qoldim. Bugun esa men Samarqand viloyatidagi tashrifimiz davomida o‘z ko‘zim bilan noyob loyihani ko‘rdim, shuningdek bizda hali mavjud bo‘lmagan erta rivojlanish markazlarida ham bo‘ldim. Bugun biz qardosh mamlakatlarimiz bilan maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlik qilib, tajriba o‘rganayotganimizdan juda xursandmiz! Tojikiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Majidiy Yusuf “Euronews” telekanalida efirga ketgan “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin: https://is.gd/AvHGDF
Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali vakillari uchun “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherri Le Motti xonim moderatorlik qildi. Seminarda muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirokchilarni faol jalb etgan holda interaktiv shaklda o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar - Nima uchun erta bolalik rivojlanishining sifati muhim? Erta yoshdagi bolalarning ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlashda – maktabgacha ta’lim tarbiyachisining roli nimada? kabi ko‘plab savollar muhokama qilindi. Seminar natijalari va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida masofaviy ta'lim sifatining asosiy tarkibiy qismlari: ta’lim muhiti, masofaviy ta’lim pedagogining kasbiy darajasi, mavjud o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati va o‘ylangan, xavfsiz o‘yin maydonlari haqida fikr almashinildi.
Farg'ona viloyati shahar va tumanlarida Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi “Bilim Makon” Innovatsion markazi hamda BMTning “YUNISEF” Bolalar fondi bilan hamkorligidagi "Bebbo" nomli mobil ilovani tizimga joriy etish yuzasidan o'quv-amaliy seminarlari bo'lib o'tdi. Joriy yilning 5-9-iyun kunlari bo'lib o'tgan mazkur seminarning yakuni Qo'qon shahridagi Pedagogika kollejida bo'lib o'tdi. Unda Qo'qon shahri va atrof tumanlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan metodistlar ishtirok etdi. Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi uchun moslashtirilgan “Bebbo” mobil ilovasini tizimda qo'llash, uning afzalliklari, ilova ichiga joylashtirilgan onlayn boshqarish funksiyalarini ishlatish haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bolakadem.uz platformasidan foydalanish yuzasidan ham qo'shimcha bilimlarga ega bo'ldi. Besh kun davom etgan mazkur o'quv-amaliy seminarlarda Farg'ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdilar.
Maktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar. Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.