Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

19-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi, Jahon bankining ta'lim sohasidagi global amaliyoti rahbari Rita Almeyda xonim boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi.

photo_2023-09-19_17-52-12.jpg

photo_2023-09-19_17-52-31.jpg

Missiyaning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish.

Rita Almeyda xonim "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi Jahon bankining O'zbekistondagi loyihalari portfelida amalga oshirilishini baholash bo'yicha birinchi o'rinni egallashini ta'kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha hisobotlarni, bajarilgan ishlarni, shuningdek joriy vazifalarni amalga oshirish holatini muhokama qildilar.

photo_2023-09-19_17-52-53.jpg

photo_2023-09-19_17-52-49.jpg

Ma'lumot uchun: "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasi 2019-yildan 2024-yilgacha davr uchun mo'ljallangan bo'lib, asosan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 59,5 mln. AQSh doll. kredit mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan beshta komponentga bo'lingan. Taklif etilayotgan loyihani birgalikda moliyalashtirish maqsadida quyidagi ikkita grant tasdiqlandi: (I) Ta'lim sohasida Global hamkorlik granti (TGH) Moliyalashtirishni to'ldirish jamg'armasi mablag'laridan 9,5 mln. AQSh doll.; va (II) Moliyalashtirishga asoslangan yondashuvlar bo'yicha Global hamkorlik granti (MAYBGH) 4,85 mln. AQSh doll. miqdorida, natijada jami mablag 73,85 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihaning maqsadlari quyidagilardan iborat: erta yoshda ta'lim olishga bo'lgan imkoniyatni yaxshilash, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim muhiti sifatini oshirish va asosli qarorlar qabul qilish uchun ta'lim sifatini tizimli ravishda nazorat qilish imkoniyatlarini yaratish.

O'zbekiston tomoni maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar to'plamini taqdim etdi, uning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida" gi PF-158-sonli farmonida aks etgan tashabbuslari qabul qilindi. Xususan, yuqoridagi vazifalarga samarali erishish uchun hamkorligimizni oshirish maqsadida quyidagi istiqbolli yo'nalishlar taklif etildi: 1) maktabgacha ta'limning muqobil shakllari sonini ko'paytirish orqali maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini oshirishda hamkorlik qilish; 2) MTTlarda kompyuter sinflarini tashkil etish, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlash bo'yicha hamkorlik; 3) zamonaviy sanitariya-gigiyena tizimini tashkil etishda, shuningdek, MTTlar o'rtasida suv ta'minoti tizimini takomillashtirishda hamkorlik.

Tomonlar, shuningdek, o'qituvchilarning malakasini oshirish (shu jumladan nodavlat sektorda ham), o'quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, didaktik materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish (shu jumladan didaktik materiallar to'plamini raqamli mahsulotlar bilan to'ldirish), MTTlarni boshqarish bo'yicha bo'yicha "EMIS" (hozirgi "Bolalar Bog'chasi") axborot tizimini takomillashtirish kabi tarkibiy qismlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida Rita Almeyda xonim tomonidan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga qaratilgan barcha takliflarning ahamiyati qayd etildi. Bundan tashqari, missiya rahbari qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga to'liq tayyorligini bildirdi.

photo_2023-09-19_17-52-45.jpg

photo_2023-09-19_17-52-56.jpg

photo_2023-09-19_17-52-59.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта