Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida yil yakuni bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilib, jamoatchilik kengashiga hisobot berildi. Mazkur tadbirda nafaqat bu yil yakunlari, balki so'ngi 5 yillikning yakuni bo‘yicha ham so‘z bordi.
Ochiq muloqotda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda o‘rinbosari Husan Ermatov va Eʼtibor Sultanova, shuningdek, Bosh prokuraturaning masʼul xodimi Karimjon Musashayxov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi Sardor Mamanov ishtirok etishdi.
Qariyb 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro OAVdan vakillar qatnashgan tadbirda quyidagi mavzular ham muhokama qilindi:
· Maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha.
· Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish holati.
· "Maktabgacha taʼlim sohasi korrupsiyadan holi" mavzusida sohaga oid tartib taomillar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ("Ochiq eshiklar" kuni).
· Maktabgacha taʼlim tashkiloti (bog‘cha) xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish.
· Maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar.
· "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirilgan Davlat dasturining ijrosi yuzasidan.
Tadbir yakunida jurnalistlar hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tizimda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan rejalar tuzib olindi.