Sayt test rejimida ishlamoqda

Tender oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

news-detail

Tender nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga mebel jihozlarni elektron shaklda xarid qilish.

Tender predmeti (tovar) – 2023-yilda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebel jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish.

Tender tashkilotchisi: Maktabgacha taʼlim agentligi.

Tenderda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, mebel jihozlarni ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda lot boʻyicha koʻrsatilgan miqdorlarda ishlarni bajarish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tender savdolari ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, ishlarni bajaruvchi obekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi hamda tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni bajarishi kerak.

Tender ishtirokchilari maxsus axborot portaliga (https://etender.uzex.uz/home)  joylashtirilgan elektron shakldagi tender hujjatlarini yuklab olishlari va unda koʻrsatilgan talablar bilan tanishib chiqqan holda oʻz takliflarini topshirishlari lozim. Tenderda takliflarning shakli va topshirish shartlari tender hujjatida koʻrsatilgan.

Tender takliflari elektron shaklda taqdim etiladi, tender hujjatlarida koʻrsatilgan
1–shaklga muvofiq tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Avans toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 (toʻqson) kalendar kun muddatda jihozlarni tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish Tender gʻoliblaridan talab etiladi.

Tender jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender ishtirokchilari, eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Maktabgacha taʼlim agentligining quyidagi manzili boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani,

Amir Temur shoh koʻchasi 17-uy, tel: (+99891 010-71-77). e-mail : equip@mpe.uz

Masʼul: J.Mamanazarov, B.Nabixoʻjayev

Tender takliflari zakalat koʻrinishida:

mahalliy va xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchilari tomonidan tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1,0 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda maxsus hisob raqamiga oʻtkazishi shart.

Tender ishtirokchisi mahsulot namunalarini eʼlon muddati tugagunga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) taqdim etishi lozim.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122-uy,
tel.: (+99891 010-71-77)

Tender takliflari maxsus axborot portalida koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan holda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.

2023-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan mebel jihozlarining eng yuqori summasi

 

Lot raqami

Lot nomi

Jihozlar soni

Eng yuqori summasi

Boʻnak summasi
( 1,0% )

Jami:

 

4 263 528 000

42 635 280

Lot

№ 1

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mebellar (Respublikaning 4 ta hududi boʻyicha)

Roʻyxat boʻyicha

4 263 528 000

 

42 635 280

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта