Namanganda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi

news-detail

 

Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami munosabati bilan Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Navbahor” stadionida davlat maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida V-velomarafon o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin, YXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori, elchi Antti Karttunen, O‘zbekiston velosport Federatsiyasi ma'sullari, viloyat va shahar hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdi. 

Maktabgacha ta'lim agentligi, O'zbekiston Respublikasi velosport Federatsiyasi, YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ko'magida Namangan viloyati Namangan shahridagi 29 ta tajriba-sinov maydonchasi sifatida belgilangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 100 nafar tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. 

Velomarafon tadbirlarida ishtirok etish uchun YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori ko'magida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 500 ta begovellar yetkazib berildi.

Velomarafonda ishtirok etish uchun 29 ta tayanch tashkilotlardan tor mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda sog‘lom deb topilgan bolalar tanlab olindi.

Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi.   

v1.jpg 
v2.jpg 
v3.jpg 
v4.jpg 
v5.jpg 
v6.jpg 
v7.jpg 

v9.jpg 

vo.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта