Sayt test rejimida ishlamoqda

Tanani boshqarish va foydali jismoniy koʻnikmalar

news-detail

Maqsad: bolalarga tanani (gavdasini) samarali boshqarish va foydali jismoniy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun yordam beradi.

Kundalik hayotda ishlatiladigan barcha harakatlar, masalan, yurish, yugurish, sakrash kabi koʻnikmalar, shuningdek, vaznni boshqarish hamda tezlik va yoʻnalish oʻzgarishi bilan harakatlanish qobiliyatlari va tushunchalari foydali jismoniy koʻnikmalardir. Ushbu koʻnikmalarning baʼzilari bolalarga jihoz, uskunalar ustida yoki fazoda muallaq harakatlanayotganda oʻz tanalarini boshqarishda yordam berish uchun ishlatiladi. 

Boshqa xil koʻnikmalar esa, gimnastika, yengil atletika, sport oʻyinlari kabi sport va raqs mashgʻulotlarida qatnashadigan murakkab mashq va harakat shakllarini shakllantirish uchun bir yoki bir nechta lokomotor va harakat qobiliyatlari bilan birgalikda qoʻllaniladi. Oʻzlashtiriladigan koʻnikma va mahoratning mohiyati va turidan qatʼiy nazar, ular odatda tizimli oʻquv dasturi orqali oʻrgatiladi.Kordinatsion harakatlar, muvozanat va barmoqlarning tezkorligi kabi sust rivojlangan vosita qobiliyatlari jismoniy mashqlar bilan bogʻliq muvaffaqiyatni jiddiy ravishda cheklaydi.

Bolalar oʻzlarining jismoniy sifatlarini imkon qadar koʻproq rivojlantirishlari kerak. Atrof-muhitdagi tashqi omillar asosiy vosita sifatlarini rivojlantirishga taʼsir qilganligi sababli, jismoniy tarbiya darslari ham jismoniy mahoratini oshirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Yaxshi rivojlangan jismoniy sifatlarga ega boʻlgan inson harakat qobiliyatlarini egallashga ehtiyoj sezadi.

Samarali jismoniy harakatlarning, ayniqsa sport va raqs harakatlarining ijobiy taʼsiri juda koʻp. Serharakat, chaqqon va jozibali harakatlarni namoyish etadigan bolalar odatda jismonan tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turadi. Bundan tashqari futbol, basketbol yoki suzish kabi sport faoliyat turlarida natija koʻrsatgan bola odatda koʻp yillar davomida ushbu faoliyat bilan shugʻullanadi. Ota- onalar ushbu jismoniy harakatlardan iborat mashgʻulotlarni yaxshi tushunishlari va farzandlari sogʻligiga ijobiy taʼsirini bilishlari kerak, chunki inson odatda oʻz qobiliyatini va jismoniy sifatlarini namoyish etadigan tadbirlarda qatnashish istagida boʻladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта