Avvalroq, bolalar rivojining kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz.
Bular quyidagilar:
- ona tilini eshitadi va tushunadi;
- ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi;
- chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi;
- chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;
- badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;
- so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi;
- gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi;
- ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
Eslatib o'tamiz:
Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.
Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...