Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnomasi

news-detail

  1. Ushbu yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-son Qonuni hamda Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 649-son qarori asosida ishlab chiqilgan.
  2. Vazirlik binosining barcha qavatlari xizmat, maishiy va yertoʻla xonalari yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 17-noyabrdagi №182-son buyrugʻiga asosan javobgar etib belgilangan.
  3. Har bir xodim, shu jumladan yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxslar mazkur yoʻriqnomani bilishlari hamda undagi qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilishlari shart.
  4. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosi xizmat, maishiy va yertoʻla xonalarida yongʻin kelib chiqish oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
  • binoning xizmat, maishiy, yertoʻla xonalari va yoʻlaklarida chekish, spirtli ichimliklar ichish;
  • barcha turdagi elektr qurilmalarni (yoritish chiroqlari, televizor, kompyuter, orgtexnikalar va h.k) ish kuni yakunlangandan soʻng elektr manbaidan ajratmaslik;
  • nosoz elektr qurilmalaridan foydalanish, elektr uzatuvchi simlarni yengil alangalanuvchi turkimiga kiruvchi materiallar bilan yopib qoʻyish;
  • yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari xususiyatlari, yongʻindan himoya qilishning texnik vositalari va ulardan foydalanish, shuningdek, yongʻinni oʻchirishda texnika xavfsizligi talablarini bilmaslik;
  • bino yertoʻla yoʻlaklarida va jihozlar saqlash uchun belgilangan maxsus xonalardan tashqari joylarda portlovchi, yengil alangalanuvchi yoqilgʻi maxsulotlari va materiallarni saqlash;
  • ishlar boshqaruvchisi yoki vazirlik yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxs bilan kelishilmagan holda chilangarlik (gaz, elektr) ishlarini olib borish;
  • ish kuni yakunlanganidan soʻng eshiklarni berkitib, xizmat xona kalitlarini qoʻriqlash xizmati xodimiga topshirimaslik.

5. Vazirlikning har bir mansabdor shaxs (ishchi) xodimlari yongʻin yoki yonish alomatlari (elektr simlari qisqa tutushuv hidi, tutun bosishi va h.k) aniqlanganda quyidagilarga majburlar:

  • bu haqda darhol (aloqa vositasi yordamida) 882 raqami orqali Ishlar boshqaruvchisiga yoki 884 raqami orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mutaxassisga xabar berish (deraza va eshiklarni yopish);
  • imkoniyat darajasida odamlarni evakuatsiya qilish, moddiy tovar boyliklarini asrash va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanib yongʻinni oʻchirish;
  • yongʻin oʻchogʻini qurshab olishning imkoni boʻlmasa evakuatsiya rejasiga asosan binoni tark etish;
  • zarur boʻlgan hollarda 101 raqami orqali tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishga.

Xonaning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari

6. Xonaning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga majburlar:

  • xonada mansabdor shaxslarning yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini nazorat qilish;
  • ish kuni yakunlanganidan soʻng mansabdor shaxslardan ish joylarini yonuvchi materiallardan tozalash va elektr asboblarining (kompyuter va orgtexnikalarni) tarmoqdan uzilishini talab qilish;
  • yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfsizligi meʼyorlarining buzilganligi haqida muassasa (tashkilot) rahbariyatini xabardor qilishga.

7. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта