1. Kirish
1.1. Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat - salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
1.2. Har bir xodim, shu jumladan rahbarlar ishga qoʻyilishidan oldin mehnatni muhofaza qilish va ishni bexatar olib borish boʻyicha yoʻriqlardan oʻtkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.
2. Xavfsizlikning umumiy talablari
2.1. Kompyuter va orgtexnikalardan foydalanish uchun 18 yoshdan kichik boʻlmagan, ishga qabul qilinganda “Kirish” hamda ishni boshlashdan oldin “Ish joyida”gi mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma olgan shaxslarga ruxsat etiladi.
2.2. Kompyuter va orgtexnikalarda vaqtincha ish olib boradigan shaxslar ham mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma oladilar.
2.3. Kompyuter va orgtexnikalar bilan ish olib borishda har bir kishiga talab qilinadigan xona maydoni 6.0 metr kvadratdan, kub hisobidan esa 20 metr kubdan kam boʻlmasligi talab etiladi.
2.4. Kompyuter va opgtexnikalarda ishlash uchun ruxsat etilgan shaxslarga ish joylarida chekishlari (elektron sigaret) va ish vaqti davomida spirtli ichimliklar isteʻmol qilish maʻn etiladi.
2.5. Kompyuter va orgtexnikalarda ishlashga begona shaxslarga ruxsat etilmaydi.
2.6. Uskuna ishlashida sezilgan barcha nosozliklar haqida darhol uning xavfsiz ishlatilishi uchun javobgar boʻlgan shaxslarga xabar beriladi.
2.7. Yongʻin sodir boʻlganda kompyuter va orgtexnikalarni elektr qurilmalari uchun maxsus oʻt oʻchirgichdan foydalanish tavsiya etiladi.
3. Ish vakgida xavfsizlik talablari
3.1. Kompyuterda ishlaganda koʻzning koʻruvchi analizatorni toliqmasligi uchun koʻzdan kompyutergacha boʻlgan masofa 60-70 sm ni tashkil qilishi lozim.
3.2. Nam qoʻllar bilan kompyuter va orgtexnikalarda ishlash man etiladi.
3.3. Ish jarayonida diqqatni bir joyga jamlash va boshqalarni ham chalgʻitmaslik lozim.
3.4. Sakkiz soat ish kunida xodimlarning uzluksiz ish vaqti har 45-50 daqiqadan soʻng 10-15 daqiqalik tanaffuslar bilan davom etishi lozim.
3.5. Kompyuter va orggexnikalar bilan ishlaganda ish va dam olish vaqtlari davomiyligi bajarilayotgan ishning uzluksizligi va xarakteriga sozlanadi.
3.6. Uzluksiz ravishda maʻlumotlar kiritish, programmalar tuzish, ekrandagi maʻlumotlarni oʻqish, videomonitor bilan ishlash jarayonida esa kunlik ish davomiyligi 4 soatdan oshmasligi lozim. Ish kunining qolgan vaqti boshqa ishlar bilan shugʻullanish uchun sarf etilishi lozim.
3.7. Operator oʻzini yomon his qilganda darhol, ishni toʻxtatishi va bevosita oʻz boshligʻini bu haqda ogohlantirishi va lozim boʻlgan tibbiyot xodimiga murojaat qilishi lozim.
4. Avariya holatida xavfsizlik talablari
4.1. Kompyuter va orgtexnikalarda ishlayotganda begona tovush chiqqanda, avariya holatlari yuzaga kelganda yoki sababsiz oʻchib qolganda quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
-ishni darhol toʻxtatish;
- axborot kommunikasiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi mutaxassisiga xabar berish.
4.2. Insonlar bilan baxtsiz hodisa sodir boʻlganda, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrish va bevosita oʻz boshligʻiga xabar berish.
5. Ishni tugatishda xavfsizlik talablar
5.1. Kompyuter va orgtexnikalarni elektr manbaidan ajratiladi (printer, prosessor, monitor).
5.2. Ish joyi tartibga keltiriladi.
5.3. Ish kuni davomida aniqlangan barcha nosozliklar haqida bevosita oʻz boshligʻiga xabar berish talab etiladi.
6. Yoʻriqnomani bajarmaganlik uchun javobgarlik
6.1. Xodimlar xavfsiz mehnatni tashkil qilish uchun ushbu yoʻriknomada koʻrsatilgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalarni bajarishlari shart.
6.2. Ushbu yoʻriqnomani bajarmagan shaxslar ichki mexnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar.