Sayt test rejimida ishlamoqda

Sport: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

 Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar  tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

 Musobaqa yakuniga koʻra:

-“Eng yaxshi kompozitsiya” – Yunusobod tumanidagi 500-son DMTTning “Kamalak”;

-“Eng yaxshi dinamika” – Shayxontoxur tumanidagi 448-son DMTTning “Toʻmaris ajdodlari”;

-“Eng yaxshi obraz”- Sergeli tumanidagi 565-son DMTTning “Istiqlol”;

-“Eng yaxshi xoreografiya” – M.Ulugʻbek tumanidagi 403-son DMTTning “Sharq goʻzali”;

-“Takrorlanmas kompozitsiya” - Yakkasaroy tumanidagi 150-son DMTTning “Gʻoliblar”;

-“Eng uygʻun jamoa” - Yashnobod tumanidagi 165-son DMTTning “Doʻstlik”;

-“Gimnastika elementlaridan eng yaxshi foydalangan jamoa” - Bektemir tumanidagi 578-son DMTTning “Zilola”;

-“Eng jozibador libos” -  Uchtepa tumanidagi 244-son DMTTning “Samo yulduzchalari”;

-“Eng hissiyotli jamoa” -  Yangihayot tumanidagi 121-son DMTTning “Kuz malikalari”;

-“Eng ahil jamoa” – Chilonzor tumanidagi 284-son DMTTning “Tong yulduzi”;

-“Eng shijoatkor jamoa” - Mirobod tumanidagi 66-son DMTTning “Uchqunchalar”;

-“Gʻalabaga ishtiyoqmand jamoa” - Olmazor tumanidagi 478-son DMTTning “Quvnoq qizchalar” jamoalari nominatsiyalari bilan taqdirlanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil
23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan, ushbu
musobaqa joriy yilning 16-oktabridan 30-oktabriga qadar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта