Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi.

Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,  Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. 

Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта