Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori mazmun-mohiyati

news-detail

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori bilan Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2021 yil 1 sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda quyidagi tizim joriy etiladi:

  1. Voyaga yetmagan shaxsning qarorvsiz qolganligini aniqlash
    voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari – xizmat hududida, mahalla raislari – oilalarda o‘rganish o‘tkazish orqali qarovsiz qolgan bolalarni aniqlaydi;
    ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari mas’ul hisoblanadi;
    bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi.
  2. Qarovsiz qolgan bolalarni Markazga joylashtirish
    profilaktika inspektori qarovsiz qolgan bolalar aniqlanganligi haqida tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga navbatchilik qismi orqali xabar beradi;
    profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzib uni ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;
    profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolgan deb xulosaga kelsa, xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga beradi, u bolani Markazga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma tayyorlab uni yuboradi;
    Markaz 5 soatda maxsus transportda bolani qabul qiladi va joylashtiradi;
    Markaz boshlig‘i hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini qarovsiz bolani qabul qilganlik to‘g‘risida xabardor qiladi;
    sog‘liqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;
    tekshiruv natijasiga ko‘ra bola davolanishga yuborilishi mumkin;
    Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini o‘rganadi va ijobiy xulosaga bo‘lsa ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;
    Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulqi, oilaviy muhitini 1 yil monitoring qiladi;
    monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan ko‘p 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi;
    iltimosnoma 24 soatda Markazda sayyor yoki onlayn yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi;
    sud bolaning ota-onasi rozi bo‘lmaganida ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborishni ko‘rib chiqadi;
    bolaning doimiy yashash joyi boshqa joyda bo‘lsa, Markaz 48 soatda uni tegishli Markazga olib boradi.
  3. Qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilish
    hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i so‘rovi bo‘yicha Markazd voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi va bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinib nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;
    tegishli vazirlik yoki idora 3 kunda bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmani o‘ziga bo‘ysunuvchi ta’lim muassasasiga va Markazga yuboradi;
    Markaz 48 soatda bolani tegishli ta’lim muassasasiga topshiradi;
    ta’lim muassasasi bolani 5 foizlik qo‘shimcha kvota asosida sinov va imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.
  4. Bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng ular bandligini ta’minlash
    ta’lim muassasasi bolaning o‘qishi tugashiga 3 oy qolganda Markazga xabar beradi;
    hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga o‘qishga kirishiga ko‘maklashadi;
    o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar 1 oyda hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;
    bolalar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida bepul o‘qitiladi;
    o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi bolalar qabul qilinadi:
ota-ona (o‘rnini bosuvchi shaxslar) nazoratisiz va qarovisiz qolgan;
ijtimoiy xavfli oilada yashayotgan va davlat, jamoatchilik yordamiga muhtoj;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;
jinoyat qilgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmalanlar yoki ruhiy holati sabab javobgarlikka tortilmaydigan bolalar;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlar;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi sud tomonidan hal etilayotganlar;
sud ajrimiga asosan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.

Manba: Adliya vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Parijga tashrif chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Inklyuziv taʼlim milliy instituti oʻrtasida inklyuziv taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fransiyaning Inklyuziv taʼlim milliy instituti imkoniyati cheklanganlar uchun taʼlim siyosatini amaliy amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Institutning asosiy faoliyati inklyuziv taʼlim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, uch yoʻnalishda amalga oshiriladi: kadrlar tayyorlash, resurslar, ilmiy tadqiqotlar. Shuningdek, ushbu tadbir davomida hamyurtlarimiz Parij moda akademiyasining bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosida ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijda

Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi. Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi. Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi. Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.

Вид сайта
Размер шрифта