“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–322-son, 14.07.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan:
oilaviy nodavlat bogʻchalarda:
- qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
- tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
- tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi;
davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:
- byudjetdan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
- ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi;
tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bogʻchalarga ham toʻlanadi.