Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanining bir qator yoshlari bilan uchrashgan edi.
Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida muammoli vaziyatlar o‘rganildi.
Yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, ushbu yoshlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar organlari rahbari A.Sultonov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.Hasanbayev, mahalla raislari bilan hamkorlikdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida har bir yosh bilan muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish maqsadida toifalangan tartibda ishlashga kelishib olindi.