Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha ta’lim agentligida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

  Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa:

1- jamoa “Taraqqiyot sari” 

2 – jamoa “Aqlvoy” 

3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar” 

4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada, 

1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga

2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga

3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi. 

O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi va Saudiya taraqqiyot jamg'armasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta'lim agentligida agentlik direktori o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga biznes tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligida Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 28-noyabr kuni Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" qo'shma loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ish tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligidagi Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan ishchi uchrashuvi o'tkazildi. Ma'lumot uchun: "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" loyihasi 2021-yildan boshlab Saudiya taraqqiyot jamg 'armasi (STR) mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda, uning doirasida kredit mablag'lari maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha mahalliy loyihalarni DXSH shaklida qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi. Loyiha summasi 41 million Saudiya rialini tashkil etadi (10,9 mln AQSH dollariga teng). Loyihani amalga oshirish muddati - 2021-2024 yillarga mo'ljallangan. Uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarni yo'lga qo'yish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning texnik jihatlari yanada batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar shartlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Вид сайта
Размер шрифта