“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunning(O‘RQ–792-son, 29.09.2022-y.) mohiyati va ahamiyati haqida

news-detail

Joriy yilning 29-sentabrida “Elektron tijorat togrisida”gi ORQ–792-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Elektron tijoratda sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar shuningdek elektron tijoratda tovarlarning xaridori, isteʼmolchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.

Sotuvchi elektron tijoratni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Xaridor quyidagi huquqlarga ega:

- shartnomalar tuzish orqali tovarlarni sotib olish;

- tovarlar, ishlab chiqaruvchi va tovarlarni sotib olishning boshqa shartlari toʻgʻrisida toʻliq axborot olish;

- elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etish uchun shartlarning tengligini talab qilish;

- oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini talab qilish.

Xaridor:

- shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinganidan keyin shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etishi;

- toʻlov tizimlari operatorlariga toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart.

Xaridor qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

- telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

- elektron savdo maydonchalari operatorlari;

- toʻlovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar;

- elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.

Elektron tijoratda shartnoma taraflar oʻrtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yoʻli bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi.

Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qogʻozdagi shunga oʻxshash hujjatlarga tenglashtiriladi.

Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi.

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, oʻz yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.

Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.

Elektron tijorat sohasida toʻlovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

- naqd pul mablagʻlari bilan – naqd pul mablagʻlari toʻlov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;

- pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali – pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan (shu jumladan bank kartalarining hisobvaragʻidan) oʻtkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat koʻrsatish tizimi) orqali yoki toʻlov tashkilotining tizimi orqali oʻtkazish vositasida;

- elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablagʻlarini oʻtkazish vositasida.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта