Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo viloyatlaridagi MTTlarida faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlarga oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi. Jumladan:
✅Toshkent viloyati – 8 nafar;
✅Sirdaryo viloyati – 4 nafar;
✅Qashqadaryo viloyati – 6 nafar;
✅Navoiy viloyati – 4 nafar;
✅Buxoro viloyati - 7 nafar;
✅Surxondaryo viloyati - 6 nafar.
Ma’lumot uchun, bu tartib Prezident Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasi Qaroriga binoan amaliyotga tadbiq qilinmoqda.
Imtiyozli tavsiyanoma olgan pedagog-tarbiyachilar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.