“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

news-detail

Ushbu kunga belgilangan yakuniy, Respublika bosqichiga viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan 70 nafar mutaxassis tarbiyachilar saralab olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich kasbiy ko'rik tanlovining Respublika bosqichiga start berilishidan oldin so’zga chiqib, qatnashchilarga omad tiladi.

photo_2022-10-20_12-51-45.jpg

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovi 2019-yildan beri bosqichma-bosqich tarzda tuman (shahar) va viloyat miqyosida o‘tkazilib kelinmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 16-maydagi 113-son buyrug‘i bilan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq ishtirokchilar endilikda 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining faoliyati davomida erishgan yutuqlari va tajribalarini namoyon etishlari mumkin.

Bular:

“Eng yaxshi metodist tarbiyachi”;

“Eng yaxshi kreativ tarbiyachi”;

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;

“Eng yaxshi loyiha muallifi”;

“Mohir qo‘l ustasi”

Nominatsiyalarni ko’paytirishdan maqsad, tizimda mehnat qilayotgan tarbiyachi-metodistlarni ham amaliy, ham ham nazariy, ham ruhan qo'llab quvvatlashdir.

photo_2022-10-20_12-56-31.jpg

photo_2022-10-20_12-54-58.jpg

photo_2022-10-20_12-55-43.jpg

Ma’lumot uchun, kasbiy ko‘rik-tanlovning mutlaq g'olibi bo'lgan o‘rta maxsus ta’limini olgan MTT tarbiyachilariga oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun yo'llanmalar taqdim qilinadi.

Tanlovning Respublika bosqichida g'olib bo'lgan tarbiyachilar tegishli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga taqsimlanib, tanlovdan tashqari test sinovlarisiz hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida o'qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта