
"Zamin” fondi tomonidan o’tkazilayotgan "Men eshitishni xoxlayman" nomli xayriya aksiyasida eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarga eshitish apparatlari topshirildi.
Jumladan, Namangan viloyatida 17 nafar bog’cha tarbiyalanuvchilariga 34 ta eshitish apparatlari berilgan.
Andijon viloyatida esa 7 nafar bog’cha tarbiyalanuvchisiga 14 nafar eshitish apparatlari topshirildi.
Shuningdek, Farg’ona viloyatida ham shunday xayrli ish amalga oshirildi. Viloyatda eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bog’cha yoshidagi bolalaring 25 nafariga 49 dona eshitish apparatlari taqdim qilindi.
O’tgan xayriya tadbirida Maktabgacha ta'lim Vazirligi hamda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, mazkur eshitish apparatlari mutlaqo bepul bo’lib, shifokor ko’rigidan o’tgan eshitishida nuqsoni bor bo’lgan bolalarga beriladi.