Sirdaryoda “Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

news-detail

“Ma’naviyat festivali” karvoni bu safar Sirdaryo viloyatiga safar qildi. Guliston shahri 17-sonli MTMda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida o‘tkaziligan tadbirda “Zukko Bolajon” fotoalbomining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. 

d0006810dced3bc100252.jpg

“Ma’naviyat festivali”da O‘zbekiston xalq artistlari, ziyolilar, olimlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ham qatnashib, bog‘cha tarbiyachilariga o‘zgacha kayfiyat berishmoqda.

Jumladan, Sirdaryodagi “Manaviyat festivali”da O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova, Dilorom Karimova hamda Aziz Rajabiy bolajonlar uchun o‘z ijodidan namunalar ijro etishdi.

photo_2022-10-13_17-42-01.jpg

4b9e4c5b4b528c27fbb43.jpg

Tarbiyalanuvchilar esa “Go‘zal O‘zbekistonim”, “Mard yigitlar o‘ynasin”, “Olti xolfa” raqslarini ijro etib, tadbirni bayramga aylantirishdi.

2febd57951f4cb3e87ea0.jpg

820830391bdf0b43ad600.jpg

Fotoalbom taqdimoti davomida Sirdaryo viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari aks etgan burchaklar, bolajonlar uchun faoliyat yuritayotgan kulolchilik ustaxonasi, qo‘g‘irchoq teatri ijrosi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

01826922e0ae290855691.jpg

208773074502c049852e1.jpg

003c02460cb2c8c72e422.jpg

Ma’lumot uchun “Zukko Bolajon” fotoalbomi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamda Oliy majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida chop qilingan.

Albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xulosalar asosida to‘ldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitilgan.

1d4091406a7f4745fe356.jpg 055f99d74230a0b9517e6.jpg

99813afa5776fe8aebb8d.jpg

b1ae5f3d938aa568778c5.jpg

e4492fb376fe748775fbd.jpg

photo_2022-10-13_13-02-24.jpg

photo_2022-10-13_17-41-59.jpg

photo_2022-10-13_17-52-42.jpg

photo_2022-10-13_17-52-50.jpg

“Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimoti bungacha Toshkent shahar hamda Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ham o‘tkazilgan.



Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта