MTV: “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

news-detail

 

 2022-yil 3-26 - oktyabr kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” nomli loyihasi doirasida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-trening mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

photo_2022-10-04_17-32-35.jpg

O‘quv-trening mashg‘ulotining asosiy maqsadi - O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish, ularni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash borasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan Yaponiya - O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida tajriba almashish va tavsiyalarni qabul qilishdir.

photo_2022-10-04_17-32-35 (2).jpg

O‘quv-treningda inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy masalalari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1. Inklyuziv ta’lim falsafasi va amaliyoti/Maxsus ta’lim ehtiyojlari.

2. Nogironlik nima?

3. Qulaylik yaratish/o‘qish uchun qulay sharoit yaratish (Yaponiya misolida).

4. Alohida ta’lim ehtiyojli bolalar uchun korreksion sinf/Resursxonasi/multidistiplinar mutaxassislar komandasi.

5. O‘quv dasturini moslashtirish.

6. Ko‘rish, eshitish qobiliyatlarining buzilish xususiyatlari va o‘qitish metodikasi (Yaponiya misolida).

7. Intellektual/aqliy zaif nogironlik xususiyatlari va o‘qitish metodikasi (Yaponiya misolida).

8. Inklyuziv muhit bo‘yicha master klass. Kam ta’minlangan nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash.

9. Oilaviy sharoitlarini o‘rganish.

10. Individual ta’lim rejasi va ta’lim dasturini bola extiyojiga moslashtirish.

11. O‘quv-trening davomida har bir ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan tanishish.

photo_2022-10-04_17-32-36.jpg

 

photo_2022-10-04_17-32-38 (3).jpg

 

 

 

photo_2022-10-04_17-32-38.jpg

 

O‘quv-trening ishtirokchilari bilan Yaponiya misolida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha metodik hamda amaliy masalalarni atroflicha muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

 

photo_2022-10-04_17-32-38 (2).jpg

 

O‘quv-trening ishtirokchilarining xulosalari asosida ular tomonidan ishlab chiqiladigan yakuniy tavsiyalar respublikamizdagi inklyuziv ta’lim yo‘nalishini zamonaviy talablar darajasida rivojlantirish yo‘lidagi alohida ahamiyatga ega bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта