Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida

2022-yil 28-iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida qatnamaydigan 2014-yilda tugʻilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bogʻchaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga koʻra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan. Tushlik paytida opa – singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib oʻynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʻlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʻrsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, koʻp qon yoʻqotish natijasida vafot etgan. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi oʻrganish olib bormoqda. Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi boʻlib oʻtdi

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi. Unda Yuridik boshqarma boshligʻi tomonidan oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Jumladan, “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni Prezidentimiz tomonidan imzolandi. Qonunga koʻra, mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkalari 10 foiz etib belgilandi (ilgari 15 foiz edi). Qonunga koʻra, talabalarning Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini tashkil etishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi. Shuningdek, oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan mablagʻ xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi. Soliq toʻlovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlariga yoʻnaltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni imzolandi. Farmonga koʻra, aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Unga koʻra, ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida koʻrsatish amaliyoti joriy etiladi. Shu bilan birga “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi Qarorga muvofiq, davlat xaridiga doir tender xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlar xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi. Qayd etilishicha, oʻtgan hafta mobaynida “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni ham qabul qilindi. Farmonga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi. Shuningdek “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori imzolandi. 2022/2023 oʻquv yilidan yangi avlod oliy taʼlim muassasasi – «Smart Universitet» konsepsiyasi asosida Universitet faoliyati transformatsiya qilinadi. Shu bilan birga “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori oʻz kuchini yoʻqotdi. Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTT tarbiyalanuvchisi WKF turi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi

Joriy yilning 23-24-iyul kunlari Namangan viloyati Namangan shahrida World karate Federation turi boʻyicha Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi. Unda Termiz shahar 31- sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Shuhratov Muhammadbilol Surxondaryo viloyati sharafini himoya qildi. U 20 kg vaznda barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-oʻrinni egalladi hamda oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda tadbirkor oʼzini daladagi daraxtga arqon bilan osib oʼldirdi” sarlavhasi ostida Andijon viloyati Boʻston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S tomonidan, marhum akasi N.Sattorov Boʻston tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbar va mutasaddi xodimlari faoliyatidan norozi boʻlib videomurojaat orqali shikoyat qilgan. Mazkur holat Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli mutaxassislari tomonidan oʻrganilganda qoʻyidagilar aniqlandi. Andijon viloyati Boʻston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S. Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga Boʻston tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimlarining xatti-harakatidan norozi boʻlib murojaat qilgan. Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining 13.07.2022-yildagi (75-x/s-sonli) buyrugʻi bilan ishchi guruh shakllantirilib, masala joyida oʻrganilgan. Oʻrganish davomida tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi hamda “Boʻz Iqbol chorvasi” MCHJ oʻrtasida 925.6 mln. soʻmga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilganligi, shuningdek, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan “Boʻz Iqbol chorvasi” MCHJ hisobiga 925.6 mln. soʻm mablagʻlar oʻtkazib berilganligi maʼlum boʻlgan. Ishchi guruh tomonidan aniqlangan maʼlumotlar, Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining 2022-yilning 22-iyuldagi(01-15/02-861-son) xati bilan Boʻston tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish va surushtiruv ishlarini olib borish maqsadida hamda murojaatchining yashash manziliga tegishli xat yuborilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarni qonuniyligi va taʼminotchi korxona bilan maktabgacha taʼlim boʻlimi oʻrtasidagi toʻlov munosabatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilayotganligi maʼlum qilinadi. Ammo, oʻrganish va tergov jarayonlari tugatilmasidan marhumning qarindoshlari tomonidan turli video murojaatlar tarqalmoqda. Hurmatli jurnalist va blogerlar, holatga huquqiy baho berilmaguniga qadar xulosa chiqarmaylik, dalillarga asoslangan maʼlumotlarni ommaga tarqatish masalasida ehtiyot boʻlaylik.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“2022-yilda Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” mavzusidagi matbuot anjumani

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “2022-yilda Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi (Global forum)ni yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Ushbu matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi boshligʻi Chakrun Borxen va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Diavara Roxayalarning qatnashdilar. Odatda har 10 yilda bir marta oʻtkaziladigan tadbir Toshkent shahrida oʻtkazilishi mamlakatimizda erishilgan yutuq va marralarni namoyish etish, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish modelini namoyish etish, eng yaxshi fikr va tajriba almashish imkonini beradi. Matbuot anjumanida II Butunjahon konferensiyasi haqida maʼlumotlar eʼlon qilinib, quyidagilar: -YUNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida qabul qilingan hamda 18,25,33 va 37-sessiyalarida takomillashtirilgan “YUNESKOning uchrashuvlar turkumlari va umumiy klassifikatsiyasi toʻgʻrisidagi qonuni”ga koʻra, ushbu yigʻilish ikkinchi turkumga mansubligi; -yigʻilishning maqsadi aʼzo davlatlarning kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimiga ziyoli jamiyat qurish va muntazam rivojlanish strategiyalarining muhim qismi sifatida qarovchi yangilangan siyosiy qarashlarini takomillashtirish va sarmoyalarini oshirilishi; “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha butunjahon konferensiyasi”ning milliy va mahalliy tayyorlov jarayoniga asoslangan holda strategiyalar, sheriklik, mablagʻlar va bu masalada oʻrnak koʻrsatayotgan tashkilotlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilayotganligi; U 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari 4.2 ga yetish va BRMning kichik yoshdagi bolalar bilan bogʻliq boshqa maqsadlariga erishishga xizmat qilishi; Xulosalovchi hujjat konferensiyaning “Kuchli poydevor sari: kichik yoshdagi bolalarning sifatli tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha rivojlanishlar va mavjud qiyinchiliklar” nomli maʼlumotnoma hisobotiga, konferensiya arafasida tashkil qilinadigan mahalliy uchrashuvlar va koʻp sonli maslahatlashuvlar natijasiga asoslanishi; Xulosalovchi hujjatning yakuniy varianti tegishli tomonlar, xususan, YUNESKOga aʼzo davlatlar va taraqqiyot boʻyicha asosiy hamkor agentliklardan iborat loyihalash guruhi tomonidan tasdiqlanishi maʼlum qilindi. Shu bilan birgalikda, ijrochi kengash tomonidan qabul qilingantegishli qarorga muvofiq, yigʻilish qatnashuvchilari aʼzo davlatlar hamda hamkor davlatlar vakillaridan iborat boʻladi. Shuningdek, aʼzo boʻlmagan davlatlar, YUNESKO oʻzaro aʼzolik kelishuvlarini yakunlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasalarning vakillari, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlari va tizimlari, jamgʻarmalar, ikki tomonlama muassasalar va shu kabi institutlar yigʻilishga kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi. Umumiy qatnashuvchilar soni vakillar, kuzatuvchilar va YUNESKO Kotibiyati aʼzolari va onlayn qatnashuvchilar bilan birgalikda 1500 tani tashkil etishi va onlayn orqali 500 nafar ishtirokchilar ham kuzatishi kutilmoqda. Bugungi matbuot anjumanida YUNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz taʼlim siyosati va tizimlari boʻlimi direktori Borxen Chakrun va YUNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Roxaya Diavaralar ishtirok etdi. Yuneskoning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Jahon konferensiyasini oʻtkazadigan mamlakat sifatida tanlandi, soʻnggi 12 yil ichida ketma-ket ikkinchi va birinchi boʻlib, erta rivojlanish sohasidagi muvaffaqiyatlar, mamlakat rahbariyatining yosh bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga boʻlgan sadoqati tufayli Oʻzbekiston bu sohada “Jahon chempionlaridan biri” boʻldi deb eʼlon qilindi. Maʼlumot uchun: 2010-yil 27-29-sentyabr kunlari Moskvada YUNESKOning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va taʼlim boʻyicha Butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtdi, uch kun davomida uning ishtirokchilari butun dunyo boʻylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. «Konferensiyaning asosiy maqsadi - barcha bolalarni, shu jumladan, kam taʼminlangan qatlamlar va jamiyatning ijtimoiy kam taʼminlangan tarmoqlari uchun barcha bolalar uchun rivojlanish va oʻrganish sohasida qulay boshlangʻich imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan erta bolalikni parvarish qilish va taʼlim sohasidagi siyosatni ishlab chiqishdir; «deyildi, YUNESKO bayonotida.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ham ishtirok etishdi. Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar: 2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda. Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi koʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi. Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi. Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.  Muammolar Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan. Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi. Vazifalar Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish. Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTT da ekologik soʻqmoq tashkil etish bosqichlari

Davlat talablariga, “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturiga va “Yer sayyorasi – bizning umumiy uyimiz” dasturiga muvofiq ekologik soʻqmoq yaratilar ekan, oʻz hududingiz va MTT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan tanishishishdagi zaruriy obyektlarni tanlash va inobatga olish muhim hisoblanadi. Pedagog uchun tavsiya: Ekologik soʻqmoq tashkil etish bir nechta bosqichlarda oʻtkazilishi tavsiya etiladi: Birinchi bosqich – tashkiliy Ikkinchi bosqich – yoʻnalish va xarita-chizmalarni tuzish Uchunchi bosqich – bezatish va obodonlashtirish Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni ishga tushirish Pedagoglar maktabgacha yoshdagilar uchun ekologik soʻqmoq yaratishning oʻziga xos xususiyatlari mavjudligini yodda tutishlari kerak va quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi: faktlarga asoslangan materiallarga koʻmib yubormaslik mashgʻulotlarni maʼruza shaklida oʻtmaslik, pedagog obyektni koʻrsatib, u haqida gapiradi, bolalar esa uning monologini jim tinglaydilar. soʻqmoq obyektlari anchayin xilma-xil boʻlishi kerak. Soʻqmoqdagi hamma narsaning mukammal boʻlishiga intilish: kuzda toʻkilgan barglarni butkul tozalash, yovvoyi oʻtlarni yulib tashlash tavsiya etilmaydi. Unutmang, ekologik soʻqmoq – gulzor emas! Muhimi, unda imkon qadar koʻproq tabiat obyektlari mavjudligi, muhit xilma-xilligi esa tabiatning oʻzidagi kabi boʻlmogʻi darkor. Quyida MTT sharoitida ekologik soʻqmoq yaratish borasida uslubiy tavsiyalar taqdim etilgan. Birinchi bosqich – tashkiliy. Bu bosqichda tavsiya etiladi: maʼmuriyat, pedagoglar, ota-onalar va bolalardan iborat tashabbuskor guruh tuzish; oldinda turgan ishdagi har bir shaxsning vazifasi, ish koʻlami, harakatlar tartibi va joyini aniqlab olish; ekologik soʻqmoq yaratish boʻyicha umumiy reja ishlab chiqish. Ikkinchi bosqich – ekologik soʻqmoq yoʻnalishini ishlab chiqish va xarita-chizmalarni tuzish. Tashabbuskor guruh MTT hududini mufassal oʻrganadi va nisbatan qiziqarli obyektlarni, ularning joylashuvi, axboriy taxtalarning turar joyi, yoʻl koʻrsatkichlari, andoza va boshqa bezak unsurlarini belgilab chiqadi. Xarita tuziladi – turli maqsadlar uchun soʻqmoq chizmasi, pedagoglarga yordam tariqasida. Bolalar chizma-xaritasida ularga tushunarli boʻlgan koʻrinishdagi obyektlar, harakat yoʻnalishini tasdiqlovchi koʻrsatkichlardan iborat kichik maʼlumotlar oʻrin oladi. Soʻqmoqqa bolalar bilan mashgʻulotlarda tuzilgan va tabiatni asrashga qaratilgan turli belgilarni joylashtirish mumkin. Bezatish davomida himoya qilinadigan oʻsimliklarni qizil rang bilan ajratib koʻrsatish mumkin. Bolalarning yoshi qancha kichik boʻlsa, chizma ham shunchalik qisqa, ixcham boʻlishi lozim. Masalan, 3-4 yoshdagi bolalar uchun obyektlar yirik, yorqin tasvirlanadi: chizilgan qushcha, daraxt, ochiq rangdagi gullar. Oxirida bu rasmlar bir obyektdan boshqasiga yoʻl ochuvchi chiziq – yoʻlka bilan birlashtiriladi. Uchinchi bosqich – ekologik soʻqmoqni bezatish va obodonlashtirish. Soʻqmoqda oʻrnatiladigan va tayyorlanadigan obyektlar roʻyxati aniqlab olingach, yoʻnalishni bezash loyihasi ishlab chiqiladi. Tashabbuskor guruh bir vaqtning oʻzida koʻrgazma taxtasi uchun badiiy matnlarni tayyorlash, ekologik soʻqmoqda axloq qoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Agar bir necha xil koʻrinishlar taklif etilsa, ular orasida eng yaxshisini ovoz berish orqali aniqlash mumkin. Ekologik soʻqmoq bezagi uchun yanada koʻproq pedagoglarni jalb etish maqsadida tashabbuskor guruh pedagog, bolalar va ota-onalar orasida har bir obyekt uchun eng yaxshi loyiha, har bir koʻrgazma taxtasi uchun eng yaxshi matn uchun tanlov tashkil etishi mumkin Bolalar bilan soʻqmoq “xoʻjayini” – ertak qahramonini birga tanlash. soʻngra hamkorlikdagi saʼy-harakatlar bilan ekologik soʻqmoqni obodonlashtirish ishlarini olib boradilar: chiqindilarni yigʻib, joyni tozalab, loyihaga asosan tayyorlangan barcha obyektlarni tabiat landshaftiga munosib ravishda oʻz joylariga oʻrnatadilar. Ekologik soʻqmoqni bezashda jamoa boʻlib ishlash orqali bolalar rejalashtirish, muammolarni birgalikda hal qilish va oʻzaro yordam koʻnikmalariga ega boʻladilar. Ekologik soʻqmoqni obodonlashtirishda shuni yodda tutingki, uni bezatish birdan-bir maqsad emas, balki yordamchi vosita. Ekologik soʻqmoqni koʻpgina lavhalar va reklama taxtachalari ilib tashlangan koʻchaga aylantirish kerak emas. Maʼlumot taxtachalari juda koʻp va qimmatbaho boʻlishi ham shart emas, ularni qoʻl ostingizda mavjud materiallardan tayyorlash mumkin. Eng muhim talab – taxtachalar va yoʻl koʻrsatkichlari manzara bilan hamohang tushishi lozim. Shuning uchun mahalliy tabiiy materiallardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Ekologik soʻqmoqni jihozlashning eng oddiy koʻrinishi quyidagicha. Soʻqmoq boshi va oxiriga nomlar yozilgan maʼlumotlar taxtasi, yoʻnalish va qoidalar haqidagi kichik axborotlardan iborat chizma-xaritalar oʻrnatiladi. Yoʻnalishning barcha asosiy joyiga obyekt raqamlari va nomlari yozilgan kichik taxtachalar yoki yoʻl koʻrsatuvchi ustunchalar joylashtiriladi. Yoʻnalishlar bezatilayotgan paytda ekologik soʻqmoq pasporti va ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tuziladi. Toʻrtinchi bosqich – ekologik soʻqmoqda ish boshlash. Bu vaqtga kelib ekskursiya uchun ekologik soʻqmoq tayyor boʻladi: yoʻnalish jihozlangan, ekskursiya qilinadigan obyektlar tavsifi tayyorlangan, ekologik soʻqmoq pasporti va uning ish rejasi tuzilgan hamda tasdiqlangan. Ekologik bayram oʻrnida ekologik soʻqmoqning ochilish marosimini nishonlash mumkin boʻladi. Tantanali ochilishidan keyin ekologik soʻqmoqda ekskursiyalar va ekologik tadbirlar oʻtkaza boshlaydilar. Ekologik soʻqmoqning tuzilish va maʼlumot bilan toʻldirish ishlari davom etaveradi. Vaqti-vaqti bilan bezak obyektlari inventarizatsiyasi va taʼmiri amalga oshiriladi, maʼlumotlar taxtasidagi matnlar yangilanadi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kusherbayevga_murojaat telegram kanalida “Prezident selektorida ishdan ketgan mudir yana oʻz joyiga qaytdi” mavzusida tarqalgan xabarga Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy munosabati

@Kusherbayevga_murojaat telegram kanalida “Prezident selektorida ishdan ketgan mudir yana oʻz joyiga qaytdi” mavzusida tarqalgan xabarga Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy munosabati. Mavzu yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-may kuni maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi past boʻlgan hududlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida videoselektor orqali yigʻilish oʻtkazilgan. Yigʻilishda bir qator tashkilotlarga topshiriqlar berilgan asosida vazirlikka bayonnoma taqdim etilgan. Maʼlumot uchun: Ushbu yigʻilish bayonining 10-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilishi hamda yangi rahbar lavozimga tayinlanguniga qadar ularning vazifasi vaqtincha bajaruvchiga yuklatilishi koʻrsatib oʻtilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasining “Tezkor maʼlumotlarni hisobga olish” tizimi orqali 207 nafar tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hujjatlari oʻrganilganda 38 nafar boʻlim mudirlarida Qonunining 44-moddasi boʻyicha cheklov borligi (muqaddam sudlanganligi holati ) aniqlangan. Jumladan, R.Karimovga nisbatan Qonunining 44-moddasida belgilangan talablari boʻyicha cheklov mavjudligi sababli R.Karimov Buxoro viloyati Shofirkon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri vazifasi vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanmagan. Ammo, R.Karimov qabul qilingan qarordan norozi boʻlib Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudiga (Maktabgacha taʼlim vazirligi Mirobod tumanida joylashganligi sababli) murojaat qilgan, mazkur sudning tegishli qarori bilan qayta lavozimga tiklangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga R.Karimov yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 2021-yil 21-sentyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan apellyatsiya shikoyati kiritilgan boʻlib, sudlov hayʼati apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishdan rad etgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi. Unda Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Nodir Muslitdinov hamda Yuridik boshqarma boshligʻi Xurshid Boʻriyev oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlari haqida maʼlumot berishdi. Xususan, Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Nodir Muslitdinov vazirlikning markaziy apparat xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-iyul kuni imzolangan "Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, 2022-yil 25-iyul kuniga qadar qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi kelib tushdi. Masʼul boshqarma tomonidan ishlar olib borilmoqda. Shundan soʻng "Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori yuzasidan Yuridik boshqarma boshligʻi maʼlumot berdi. Qonunchilikka koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida banklarga Davlat byudjetidan mablagʻ ajratishningyangi tizimi joriy etilgan. Qarorga koʻra: taʼlim kreditlari 14 foiz stavkada ajratiladi; taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiyoʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi; taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaigaega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlariuchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Shuningdek, darsda qayd etilishicha, Navbatdagi huquqiy savodxonlik darsimizni boshlimiz. Barchangizni xabaringiz bor 2022-yilning 14-iyun kundanto 14-iyul kuniga qadar Vazirlik tomonidan “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilmoqda. Uning doirasida Fargʻona, Buxoro va Urganch shaharlarida davra suhbatlari tashkil etildi. Bugungi kunda hududiy boshqarmalar tomonidan davra suhbatlari va seminarlar koʻrinishida tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Maʼlumki, prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida “Ilk qadam” jurnali taʼsis etilgan edi. “Ilk qadam” 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish, ularning tarbiyasi hamda psixologiyasida yaqindan koʻmak beruvchi Oʻzbekistondagi ilk yirik media loyiha hisoblanadi.Axborot asri boʻlgan XXI asrda ommaviy axborot vositalari vakillarining yuksak professionalligi, qobiliyati, xolisligi, tezkorligi va haqiqatparvarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Toʻgʻri, media olamning jilovi internet saytlari va elektron nashrlarga oʻtayotgan bir paytda bosma nashrlar, xususan gazeta va jurnallarning oʻz mavqeyini, oʻquvchisini saqlab qolishi mushkul vazifa hisoblanadi.Soʻnggi paytlarda “internet bor, ijtimoiy tarmoqlar faol, gazeta-jurnallarning davri oʻtdi” degan iddaolar ham bot-bot quloqqa chalinmoqda. Bu xuddi bir paytlar “televizor kashf etildi, endi teatrning keragi yoʻq” degan gapga oʻxshaydi. Vaholanki, oradan necha yuz yillar oʻtsada, hayotimizda ikkalasining ham oʻz oʻrni, bajaradigan funksiyasi bor. Aytmoqchimanki, bosma nashrlar — tarix, bosma nashrlar — qadriyat, jamiyatimizga bosma matbuot kerak va uning rivoj topishi, yana qaddini tiklashi uchun barcha ishlarni amalga oshirishimiz zarur.“Ilk qadam” jurnali taʼsis etilganidan buyon qisqa muddatda bolajonlarimiz va MTT tarbiyachilarining eng yaqin hamrohiga aylangani rost. Oʻzbek va rus tillarida chop etilayotgan mazkur nashrning maʼno-mazmuni, dizayni yildan yilga boyib bormoqda. Muhtaram Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, “...oʻqituvchi oʻz ustida ishlashi, bilim va mahoratini oshirishi uchun qoʻshimcha metodik yordamni qayerdan oladi? Albatta, bu sohaga oid kitob va qoʻllanmalardan, maxsus pedagogik nashrlardan oladi. Afsuski, biz keyingi yillarda majburiy obuna bahonasida ixtiyoriy obunani ham yoʻq qildik...»Endilikda Davlatimiz Rahbarining joriy yil 27-iyunda “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan byudjet tashkilotlariga ulardagi “kutubxona fondi” xarajat moddasi orqali davriy bosma nashrlar, ularning elektron shakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna boʻlish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat berildi. Bu ham sizu bizni oʻqishga boʻlgan undov emasmi?Ha, gazeta va jurnallarga obuna boʻlish ixtiyoriy ravishda, obunani aholi orasida targʻib qilish, gazeta va jurnallarning sifati, jozibadorligi va oʻqishiligini taʼminlash, ularni internetga integratsiyalashuvini tezlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu borada majburlash soʻzining oʻzi salbiy maʼno kasb etadi, chunki bu bevosita sizu biz ishlab turgan soha, hayotimizning bir boʻlagiga, kundalik turmushimizning asosiy taʼminotiga aylangan sevimli faoliyatimiz. Biz bu sohada ishlashni oʻzimizga sharaf deb bilar ekanmiz, uni matbuot, ommaviy axborot vositalarida tez-tez yoritilishini, har jabhasida faollikni koʻrishni istaymiz. Shunday ekan, avvalo, oʻz tizimimiz nashrining nufuzi ortishi, oʻquvchilarining koʻpayishiga hissa qoʻshishimiz kerak emasmi? Taʼkidlash joizki, bosma matbuot ishonchli, qolaversa, varaqlab oʻqilgan maʼlumot insonga huzur bagʻishlaydi, koʻz va miyangiz toliqmaydi.Orangizda ilm yoʻlidan boraman, ilmiy ish qilaman deganlar talaygina. “Ilk qadam” jurnali bunga ayni muddao. Chunki mavzuyingizga mazmunan mos boʻlgan nashrda ilmiy ishlaringizni eʼlon qilib borasiz, jurnal esa bu talabga aynan toʻgʻri keladi.Bugungi kunda tarbiyachilar oʻrtasida ham turli tanlovlar oʻtkazilib kelinayotgani quvontiradi. Mazkur tanlovlar uchun dars ishlanmalari, bayram ssenariylari, bolalar tarbiyasiga oid materiallarni jurnalga chop etish uchun berish, oʻylaymanki, soha xodimlari uchun ham ayni muddao. Oʻzimizning sifatli nashr turganda boshqa nashrlarni izlashingizga hojat yoʻq.Bolajonlar uchun jurnalda chop etilayotgan materiallar ham oʻquv-tarbiya jarayonida foydalanishga moʻljallangan, ayniqsa, ingliz tilida beriladigan mashgʻulot materiallari juda qiziqarli. Qolaversa, bola psixologiyasi, jismoniy rivojlanishiga oid tavsiyaviy maqolalar, yetakchi mutaxassis vrachlarning koʻrsatmalari barcha uchun birdek foydali.Eng chekka hududlarimizgacha jurnalning yetib borishi muhim, chunki jurnal u yerdagi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun metodik qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.Oʻtgan yili chop etilgan jurnalning maxsus soni maktabgacha taʼlim faoliyatining 4 yilligiga bagʻishlandi. Muhim siyosiy tadbir – saylov jarayonlarida xorij vakillarining eʼtiboriga sazovor boʻldi, ular jurnal vositasida Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.Soʻz yakunida sizlarga yana bir bor taʼkidlaymizki, jurnalga ixtiyoriy obuna bu avvalo oʻzimizning rivojimiz uchun, oʻqish saviyamizni oshirish, qolaversa, tizimni qoʻllab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Avval oʻzimiz oʻrnak boʻlaylik, kitobga mehr qoʻyaylik, sohamizga oid gazeta-jurnallarga obuna boʻlaylik. Axir gap borku, katta-katta daryolar ham kichik-kichik jilgʻalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Obunani uyushqoqlik bilan tashkil eting, tahririyat bilan samarali hamkorlik olib boring, imkoniyatlardan keng foydalaning.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Kichik soha: Yirik motorika

Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi talablariga koʻra: Bola oʻz tanasi va uning aʼzolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi. Kutilayotgan natijalar: 0-1 yosh: Boshi va koʻkragini koʻtaradi; Orqasidan qorniga va qayta oʻgiriladi; Yordamsiz oʻtiradi; Oyoqlarini izlaydi va topib, ogʻziga tortadi; Turli yoʻnalishlarda harakatlanadi; Tirgakka suyangan holda oyoqda turadi; Kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi; Yura boshlaydi; Kichik toʻsiqlar ustidan hatlab oʻtadi. 1-2 yosh: Kattalar yordamisiz turli yoʻnalishlarda yuradi; Tizzasiga oʻtiradi; Yuradi; Engashib oʻyinchoqni oladi; Zinapoyadan yuqoriga qadamma-qadam koʻtariladi. 2-3 yosh: Bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi; Mustaqil zinapoyadan koʻtariladi va tushadi; Tepalikdan sirgʻanib tushadi; Ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi; Kichik toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi; Yopiq eshikni ochadi, eshikdan kirasi va chiqadi; Uch oyoqli velosipedda uchadi. Bolani rivojlantirish boʻyicha faoliyat 0-1 yosh: Bolani sevimli oʻyinchogʻi yaqiniga emaklab kelishini ragʻbatlantirish; Bola oʻtirgan holatdan yotgan holatga tushishi va koʻtarila olishi uchun yumshoq joyni taʼminlash; Bolani qorindan orqasiga aylanishi va qorniga oʻgirilishini ragʻbatlantirish; “men tomon emakla”, “oʻtir”, koʻrsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda oʻyinlar tashkil qilish; Bola hatlab oʻta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan taʼminlash; Vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) asta-sekin koʻpaytirib borish; Bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki hatlab yetishi uchun imkoniyat yaratish. 1-2 yosh: Bola tortish, choʻzish, koʻtarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish; Bola bilan qoʻl va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib oʻynash; Bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish; Bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik oʻyinchoq mashinalar bilan oʻynashni oʻrgatish; Bola bilan toʻgʻri yoʻnalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatlarini beradigan oʻyinlar oʻynash; Ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish. 2-3 yosh: Bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish; Bola bilan yoʻnalishni topishi va boʻsh joyda harakatlanishi uchun harakatli oʻyinlar oʻtkazish; Bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishda koʻmaklashish; Bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish; Tanish va harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishilgan holda bajarish; Polda turli kataklar, yoʻlakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bagʻishlaydigan mashqlar bajarish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
13-iyundan Qoraqalpogʻistondagi MTT yoʻllanmalarining amal qilish muddatlari vaqtincha toʻxtatildi

Barchaga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida internetga ulanishda kuzatilayotgan ayrim nosozliklar va uzilishlar tufayli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish uchun shakllangan yoʻllanmalarni elektron tizim orqali rasmiylashtirishda muammolar kuzatilmoqda. Shularni inobatga olgan holda joriy yilning 13-iyunidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga shakllangan yoʻllanmalarning amal qilish muddatlari hisobi internetga ulanishda muammolar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turiladi hamda internet tarmogʻining barqaror ishlashi taʼminlangan kundan boshlab amaldagi tartibga koʻra amal qilish muddati hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

7 yil 2022-iyul kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim va Fransiya elchixonasining taʼlim va universitetlarda hamkorlik boʻyicha attashesi Janob Serj Bellini bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi. Bushez xonim Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Fransiya Inklyuziv taʼlim Milliy instituti oʻrtasida vazirlik delegatsiyasining Parijga soʻnggi tashrifi chogʻida tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini olqishladi. Uchrashuvda tomonlar inklyuziv taʼlim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi metodikani joriy etish orqali fransuz tilini oʻqitish, shuningdek, fransuzlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek Fransiya taʼlim telekanali va “Aqlvoy” telekanali oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Oʻzbekistonda fransuz modeli asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish imkoniyati toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi oʻrtasida maktabgacha taʼlim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
EduLink Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Bosh Ijrochi direktor Chungrim Xon boshchiligidagi Koreyaning EduLink Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Koreya tomoni tomonidan begʻaraz asosda ishlab chiqilgan va yosh bolalarni tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha oʻqituvchilar, ota-onalar, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun maʼlumot almashish uchun yagona axborot makonini ifodalovchi “S-Board” taʼlim platformasini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, ushbu uchrashuv doirasida pilot loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlariga ingliz tilini oʻqitish boʻyicha zamonaviy innovatsion oʻquv dasturlarini joriy etish va respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalari uchun ingliz tilida 10 000ta darslik ishlab chiqish va Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etish. Ushbu pilot loyihalar Koreya tomonidan begʻaraz yordam doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Huquqiy savodxonlik oyligi” davom etmoqda

Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirish maqsadida, 2022-yilning 14-iyundan 14-iyulgacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorazm viloyatida tizim xodimlari hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining Yuridik boshqarma boshligʻi va Kadrlar boshqarma boshligʻi ishtirokida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim Vazirligi Kadrlar boshqarma boshligʻi nutq soʻzladi. Shundan soʻng, kadrlar tizimini shakllantirishga doir mavzular, tizimdagi ogʻriqli nuqtalar, asosiy yechimini kutayotgan masalalar , ijro intizomi, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻladimi yoki nodavlat undagi kadrlarning malakasi va toʻgʻri faoliyati haqida fikrlar almashildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yosh rassomlarni taqdirlash va yangi kitob taqdimoti o‘tkazildi

Har yili 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan SHHTga a’zo davlatlar bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi.  Respublikamizda bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida bu yil ham respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zaminda tinchlik - bizning qo‘limizda” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 30 may - 2 iyun kunlarida “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi mutasaddilari qatnashdilar. 4 kun davomida ko‘rgazmaga tashrif buyurgan minglab mehmonlar jajji rassomlarning nafaqat yurtimizda balki yer kurrasida tinchlik, dunyo xalqlarining farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini o‘z rasmlarida namoyon etgan  ijod namunalaridan bahramand bo‘ldilar. Shu yilning 5 iyul sanasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonaning Mediya-markazida ko‘rgazmasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbir doirasida SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi, “Barkamol avlod” Respublika bolalar maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tadbir yakunida Markaz tashabbusi bilan nashr etilgan va markazning 4 yillik faoliyatini aks ettiruvchi “Yurakdan-yurakka intiluvchi diplomatiya” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi. НОМИНАЦИЯЛАР_якунийЗаминда_тинчлик_бизнинг_қўлимизда (2).docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga maxsus yoʻriqnoma topshirdi

Sogʻliqni saqlash sifatini mustahkamlash orqali butun mamlakat boʻylab erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini yaxshilash maqsadida, bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy yordamni tashkil etish” nomli 8100 ta yoʻriqnomani topshirdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi, sogʻliqni saqlash vazirligi, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi UNICEF ning texnik koʻmagi bilan bolalar uchun xavfsiz va sogʻlom sharoitlarni taʼminlash uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ushbu qoʻllanmani ishlab chiqdi. Mazkur nashr maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tibbiyot xodimlari uchun qʼollanma boʻlib, ular faoliyatining asosoiy turlarini qamrab oladi. Yoʻriqnoma toʻgʻri gigiyena, oziqlanish va profilaktika choralari, jumladan immunizatsiya boʻyicha muhim maʼlumotlarni jamlagan. Unda bolalarning oʻsishi va rivojlanishini nazorat qilish masalalariga, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. «Taʼlim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun, avvalambor, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining barcha xodimlari bolaning salomatligi, jismoniy va ruhiy salomatligi toʻgʻrisida kundalik gʻamxoʻrliklari zarur,” dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirishning navbatdagi bosqichi sifatida, UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligini onlayn taʼlim dasturini ishlab chiqishda qoʻllab-quvvatladi. Bu dastur qisqa vaqt ichida 8000 dan ortiq hamshiralarni qamrab olib, ularni oʻqitish imkonini beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sammit doirasida UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar muhokama qilindi. Ketrin Rassel shu yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga taklif etildi.  Ketrin Rassel Oʻzbekiston hukumati tomonidan maktabgacha taʼlimning ahamiyatini xalqaro miqyosda targʻib etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Toshkentda global konferensiya taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy ong yuksalsa, jamiyat taraqqiyotiga yoʻl ochiladi

Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirish maqsadida tizimda, 2022-yilning 14-iyunidan 14-iyuligacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi belgilandi. “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasidagi oʻtkazilayotgan davra suhbatlarining navbatdagi manzili Buxoro viloyati boʻldi. Davra suhbatida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Buxoro viloyati Prokuraturasi, Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarga oid qonunchilik hujjatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida aniq va batafsil maʼlumotlar berildi. Samimiy ruhda oʻtkazilgan davra suhbatida Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga vazirlikning Yuridik hamda Kadrlar boshqarmasi boshliqlaridan javob oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari muhokamasida

Maʼlumki, 25-iyundan 5-iyulga qadar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan ham Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvdan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar, umuman, mamlakatimizning takomillashtirilayotgan Bosh qomusi mazmun–mohiyati va uni keng targʻib etishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Buxoro shahridagi “Yoshlar markazida” oʻtgan yigʻilishda Maktabgacha taʼlim vazirligi, Buxoro viloyati Prokuraturasi, Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar Yangi Konstitutsiyaning oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilish nazarda tutilayotgan tegishli bob va moddalari yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bayon etdi. Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda taʼkidlanganidek, taʼlim boʻyicha kiritilayotgan oʻzgarishlar, pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam koʻrsatishning boshqa turlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan past miqdorda boʻlishi mumkin emasligi aniq koʻrsatilmoqda. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishning taʼqiqlanishi, bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab boʻlishi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida oʻz aksini topganligi aytib oʻtildi. Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi, teng huquqlilikka asoslanishi, bolalarning jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishi ekanligi konstitutsiya loyihasida mustahkamlab qoʻyilganligi eʼtiborga sazovordir. Yigʻilganlar Qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohaza va takliflari bayon etdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqandda “Zukko bolajon!” Fotoalbomi taqdimoti oʻtkazildi

Bugun «Yangi Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt» shiori ostida Samarqand viloyatida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Samarqand shahridagi 36-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida “Zukko Bolajon!” fotoalbomini 36-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga hadya etildi. “Zukko Bolajon!” loyihasi doirasida fotokoʻrgazma hamda Samarqand qoʻgʻirchoq teatri tomonidan tomoshalari namoyish etildi. Kulolchilikka qiziqishi boʻlgan bolalar uchun ajoyib darslar tashkil qilindi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼlim yoʻnalishida xalqaro uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov va Belarus Respublikasidagi respublika kasb-hunar taʼlimi instituti professori Arkadiy Shklyar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida vazirlikning bir qator boshqarma boshliqlari hamda Xorazm viloyati hokim oʻrinbosari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida vazirlik vakillari Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim vazirligining tashkil etilishi tarixi va Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning hozirgi holati haqida qisqacha maʼlumot berishdi. Suhbat davomida belaruslik hamkorlarning diqqat markazida Oʻzbekiston hukumati tomonidan ushbu tizimga qaratilayotgan alohida eʼtibor boʻldi, mehmonlarning taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim tizimini alohida tizim qilib shakllantirilishi natijasida 5 yil davomida rekord darajadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining koʻpayishi va qamrovning oshishiga sabab boʻlgan. Bu albatta tahsinga sazovorligi mehmonlar tomonidan aytib oʻtildi. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshish yoʻlida qilinayotgan harakatlaridan xursandliklarini bildirishdi. Uchrashuv davomida Arkadiy Shklyar Xorazm viloyati, Urganch shahrida 140 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Aqlli hudud”ning qurilish loyihasi haqida soʻzlab berdi. Belorus vakili Arkadiy Shklyar taʼkidlaganidek, “Aqlli hudud”ning asl maqsadi, hayot davomida taʼlim tizimini tashkil etishda turli xil taʼlim muassasalari va tashkilotlari (bolalar bogʻchalari, maktablar, kollejlar, markazlar, universitetlar va boshqalar) ning faoliyatini yaxlit bitta ekotizimga aylantirishdir. Ayni kunlarda ushbu taʼlim tizimlari deyarli bir-biri bilan bogʻliq emas, ammo Oʻzbekistondagi barcha taʼlim tizimlarida standartlashtirilgan taʼlim dasturlari olib boriladi.   Yangi ekotizim mavjud ekotizimni yoʻq qilmasdan, balki uni rivojlantirib, taʼlim tashkilotlariga, ish beruvchilarga va oʻquv jarayonining boshqa ishtirokchilariga yangi vazifalarni taklif qiladi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar shaxs, iqtisodiyot va taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy muammolariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak boʻlgan taʼlim-tarbiya tizimidagi sezilarli oʻzgarishlarga erishiladi hamda taʼlimga tayyorgarlikning sifati, mavjudligini oshirish vazifalarining ustuvor xususiyatiga ega boʻlgan tegishli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ushbu taʼlim kompleksi ichida 1500 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻziga xosligi shundan iboratki, maktabgacha taʼlim tashkilotining asl modelini amalga oshirishda, tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, STEM-taʼlim boʻyicha innovatsion dasturlarni ishlab chiqish va natijada “oʻrganishni oʻrgatish”ga qiziqishni ragʻbatlantirishga qaratilgan. Taʼlim jarayonida yuqori sifatni taʼminlash uchun quyidagi sharoit yaratish maqsadga muvofiqligi belgilangan, yaʼni: - “ Meta10I ” bolalarni oʻqitishning ilmiy - uslubiy tizim modelini bolaning qiziqishiga koʻra uning aql-idrokini rivojlantirish va tarbiyalanuvchilarning yuqori darajadagi bilim faoliyati, motivatsiyasini shakllantirish, undan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni joriy etish; -interaktiv treninglar, seminarlar, muhokamalar va munozaralarni tashkil etish, oilaviy tarbiyada muvaffaqiyatli tajriba almashish boʻyicha davra suhbatlarini oʻtkazish orqali ota-onalarning psixologik-pedagogik mahoratini ularning talab va qiyinchiliklarini inobatga olgan holda oshirishni taʼminlash. Shu bilan birga, “Bolalar va yoshlar uchun qoʻshimcha taʼlim majmuasi” taqdimoti oʻtkazildi. Ushbu majmuada nafaqat oʻtmishning, balki kelajakda foydali boʻlgan texnologiyalar, kasblar zamonaviy yutuqlarning ham oʻrganilishi haqida aytib oʻtildi. Bundan tashqari, majmuada bolalarning yanada chuqur va ilgʻor bilimlarga ega boʻlishi, foydali koʻnikmalarga hamda jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirilishiga alohida eʼtibor berilishi taʼkidlandi. Bu oʻzaro chambarchas ijtimoiy-madaniy majmua ota-onalar va mahalliy hamjamiyat, shuningdek madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport, dam olish va boshqa ijtimoiy sohalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilganligi bilan ahamiyatlidir.Majmua tarkibida koʻplab tarmoqlarning mavjudligi ayni muddaodir, chunki unda bolaning tashabbuskorligi, ijodiy fikrlash va nostandart yechimlarni topish qobiliyati, professional yoʻlni tanlash qobiliyati, oʻqish uchun butun hayot davomida izlanishdan toʻxtamaslik kabi ijobiy xislatlari shakllantiriladi.Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha qurilishini koʻrib chiqishga kelishib oldilar va mazkur “Aqlli hudud” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan maʼqullangandan soʻng, “Aqlli hudud”da maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etilishida, belaruslik hamkorlar texnik topshiriqlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishlarini maʼlum qilishdi.Maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Parijga tashrif chogʻida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Inklyuziv taʼlim milliy instituti oʻrtasida inklyuziv taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fransiyaning Inklyuziv taʼlim milliy instituti imkoniyati cheklanganlar uchun taʼlim siyosatini amaliy amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Institutning asosiy faoliyati inklyuziv taʼlim, ijtimoiy va kasbiy integratsiyaga yoʻnaltirilgan boʻlib, uch yoʻnalishda amalga oshiriladi: kadrlar tayyorlash, resurslar, ilmiy tadqiqotlar. Shuningdek, ushbu tadbir davomida hamyurtlarimiz Parij moda akademiyasining bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosida ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
20 ta MTTda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi

“Mehribonlik korpusi” tomonidan 20 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan qoʻl yuvish stansiyalari oʻrnatildi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) turli yuqumli kasalliklar patogenlari tarqalishining oldini olish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va Mehribonlik korpusi loyihasi doirasida AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining (USDA) moliyaviy koʻmagi bilan uskunalar sotib olindi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi yigirmata MTT da (har bir viloyatda 10 tadan) quyosh panellari asosida kompleks qoʻl yuvish stansiyalarining montaj ishlari toʻliq yakunlandi. Ushbu qoʻl yuvish stansiyalari mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olayotgan 3 mingdan ziyod oʻquvchi uchun iliq oqar suvdan foydalanish imkonini beradi. Quyosh panellari asosida qoʻl yuvish stansiyalarini oʻrnatish bilan birga 48 nafar texnik xodim “Mehribonlik korpusi” dasturi doirasida yangi uskunalardan toʻgʻri foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijda

Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi. Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi. Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi. Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi. Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTT tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat bo‘yicha 2022-yilgi "O'zbekiston birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining  maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichi joriy yilning 5-8 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 12-16 iyun kunlari, viloyat bosqichi 19-22 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun, 28-iyun kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o’rtasida shaxmat bo’yicha “O’zbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda shaxmatni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qoʻshish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichi, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan I, II va III oʻrin gʻoliblari aniqlandi va  vazirlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Unda qiz bolalar oʻrtasida I oʻrinni Xusnitdinova Xusnoraxon (Toshkent shahar), II oʻrinni Jumayeva Iroda (Sirdaryo viloyati), III oʻrinni esa Nurillayeva Shirinoy (Xorazm viloyati) egalladi. Oʻgʻil bolalardan esa I oʻrin Muhammadiyev Xushnudbek (Qashqadaryo viloyati), II oʻrin Abdunaimov Akbarbek (Navoiy viloyati), III oʻrin esa Akmalov Behroʻzbek (Farg‘ona viloyati)ga nasib qildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Pedagoglar guruhini tayyorlash” deb nomlangan qoʻshma loyihasining ochilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlikda 2022-yil 28-iyun kuni maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida “Pedagoglar guruhini tayyorlash” deb nomlangan qoʻshma loyihasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur loyihani vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektorining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi Yuliya Komarova ochib berdi. Ochilishda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori va masʼul xodimlar ham ishtirok etdi. Shu bilan birga, Bolalik instituti direktori Viktoriya Novitskaya bevosita ishtirok etdi. Loyihaning ochilish marosimidan soʻng, birinchi modul ishga tushirildi. Unda oʻqituvchilarimiz uchun 2 kun davomida onlayn asosida maktabgacha taʼlim tizimida bolalarga taʼlim-tarbiya jarayoni mavzularida oʻquv oʻtkaziladi. Shundan soʻng, taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassislarga uy vazifalari bilan taʼtilga chiqishlari va joriy yilning sentyabr oyida oʻquv mashgʻulotlarni davom ettirilishi va umumiy oʻqish muddati 6 oy davom etilishi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan: Muvaffaqiyatli oʻqishni tugatgandan soʻng, ularning barchasi A.I.Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetining Rossiya diplomi va Maktabgacha taʼlim vazirligining sertifikati taqdim etilishi bildirildi. Rossiya Federatsiyasining Bolalik instituti dotsentlari ishtirokidagi maʼruzaning birinchi yarmini tinglandi. Oʻqish jarayonida oʻqituvchilarimiz 5 ta kichik guruhga boʻlinib, har bir oʻquv guruhiga 5 nafardan dotsent professor oʻqituvchilari biriktirilishi ogoxlantirildi.

Вид сайта
Размер шрифта