Har yili 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan SHHTga a’zo davlatlar bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi.
Respublikamizda bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida bu yil ham respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zaminda tinchlik - bizning qo‘limizda” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 30 may - 2 iyun kunlarida “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi mutasaddilari qatnashdilar.
4 kun davomida ko‘rgazmaga tashrif buyurgan minglab mehmonlar jajji rassomlarning nafaqat yurtimizda balki yer kurrasida tinchlik, dunyo xalqlarining farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini o‘z rasmlarida namoyon etgan ijod namunalaridan bahramand bo‘ldilar.
Shu yilning 5 iyul sanasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonaning Mediya-markazida ko‘rgazmasi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir doirasida SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi, “Barkamol avlod” Respublika bolalar maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tadbir yakunida Markaz tashabbusi bilan nashr etilgan va markazning 4 yillik faoliyatini aks ettiruvchi “Yurakdan-yurakka intiluvchi diplomatiya” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi.
НОМИНАЦИЯЛАР_якунийЗаминда_тинчлик_бизнинг_қўлимизда (2).docx