Parijda bo'lib turgan vazir Agrippina Shin boshchiligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Parijdagi "Sumerlin" davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.
Tashkilot direktori janob Sharli Jegonde delegatsiyani tashkilot faoliyati bilan tanishtirdi.
Ushbu davlat ta'lim tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan. U Parijning 20-okrugida joylashgan. Unda 140 nafarga yaqin bola tahsil oladi.
Shuningdek, ushbu bolalar bog'chasi Parijdagi 12 ta tashkilotni o'z ichiga olgan mahalliy inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlari klasterini boshqaradi.
Shu bilan birga vazirlik delegatsiyasi taʼlimgacha boʻlgan oʻzgarishlar boʻyicha sammit doirasida SUR-4'ga erishishni tezlashtirish uchun hukumatlar va hamkorlar taʼlim inqirozini hal qilish uchun zarur boʻlgan shoshilinch choralarni muhokama qilish uchun tadbirda ishtirok etdi.
Butun dunyo ta'lim vazirlari ta'limni tiklash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar bilan o'rtoqlashdi va ta'lim inqirozini qanday hal qilish bo'yicha aniq misollar keltirdilar.