Sayt test rejimida ishlamoqda

Kichik soha: Yirik motorika

news-detail

Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi talablariga koʻra: Bola oʻz tanasi va uning aʼzolarini boshqaradi, maqsadli toʻgʻri harakatlanadi.

Kutilayotgan natijalar:

0-1 yosh:

  • Boshi va koʻkragini koʻtaradi;
  • Orqasidan qorniga va qayta oʻgiriladi;
  • Yordamsiz oʻtiradi;
  • Oyoqlarini izlaydi va topib, ogʻziga tortadi;
  • Turli yoʻnalishlarda harakatlanadi;
  • Tirgakka suyangan holda oyoqda turadi;
  • Kattalar yordamida va yordamisiz oyoqda turadi;
  • Yura boshlaydi;
  • Kichik toʻsiqlar ustidan hatlab oʻtadi.

1-2 yosh:

  • Kattalar yordamisiz turli yoʻnalishlarda yuradi;
  • Tizzasiga oʻtiradi;
  • Yuradi;
  • Engashib oʻyinchoqni oladi;
  • Zinapoyadan yuqoriga qadamma-qadam koʻtariladi.

2-3 yosh:

  • Bir oyoqda turib muvozanatni saqlaydi;
  • Mustaqil zinapoyadan koʻtariladi va tushadi;
  • Tepalikdan sirgʻanib tushadi;
  • Ikki oyoqlab bir joyda sakraydi, oldinga siljib sakraydi;
  • Kichik toʻsiqlar ustidan sakrab oʻtadi;
  • Yopiq eshikni ochadi, eshikdan kirasi va chiqadi;
  • Uch oyoqli velosipedda uchadi.

Bolani rivojlantirish boʻyicha faoliyat

0-1 yosh:

  • Bolani sevimli oʻyinchogʻi yaqiniga emaklab kelishini ragʻbatlantirish;
  • Bola oʻtirgan holatdan yotgan holatga tushishi va koʻtarila olishi uchun yumshoq joyni taʼminlash;
  • Bolani qorindan orqasiga aylanishi va qorniga oʻgirilishini ragʻbatlantirish;
  • “men tomon emakla”, “oʻtir”, koʻrsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda oʻyinlar tashkil qilish;
  • Bola hatlab oʻta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan taʼminlash;
  • Vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) asta-sekin koʻpaytirib borish;
  • Bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki hatlab yetishi uchun imkoniyat yaratish.

1-2 yosh:

  • Bola tortish, choʻzish, koʻtarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish;
  • Bola bilan qoʻl va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib oʻynash;
  • Bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish;
  • Bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik oʻyinchoq mashinalar bilan oʻynashni oʻrgatish;
  • Bola bilan toʻgʻri yoʻnalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatlarini beradigan oʻyinlar oʻynash;
  • Ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish.

2-3 yosh:

  • Bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish;
  • Bola bilan yoʻnalishni topishi va boʻsh joyda harakatlanishi uchun harakatli oʻyinlar oʻtkazish;
  • Bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishda koʻmaklashish;
  • Bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish;
  • Tanish va harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishilgan holda bajarish;
  • Polda turli kataklar, yoʻlakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bagʻishlaydigan mashqlar bajarish.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
Rasmiy munosabat

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Toma» mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan noxush voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Dastlabki o‘rganish bo‘yicha, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. 2022-yil 3-avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Xonqa tumani Tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordami chaqirilgan va tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan. Biroq Tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etildi.  Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida tarbiyalanuvchining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini ta’kidlagan.  Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida

2022-yil 28-iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida qatnamaydigan 2014-yilda tugʻilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bogʻchaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga koʻra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan. Tushlik paytida opa – singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib oʻynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʻlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʻrsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, koʻp qon yoʻqotish natijasida vafot etgan. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi oʻrganish olib bormoqda. Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

Вид сайта
Размер шрифта