Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar muhokama qilindi.
Ketrin Rassel shu yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga taklif etildi.
Ketrin Rassel Oʻzbekiston hukumati tomonidan maktabgacha taʼlimning ahamiyatini xalqaro miqyosda targʻib etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Toshkentda global konferensiya taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.